Ish haqini tashkil etish va uni isloh qilish Reja: Ish haqining mohiyati


Tarif tizimi – ish haqini tashkil etishunsuri sifatida



Download 16,17 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi16,17 Kb.
#841308
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ish haqini tashkil etish

4. Tarif tizimi – ish haqini tashkil etishunsuri sifatida
Tarif tizimi deganda, bajarilayotgan ishlarning murakkablik darajasini, mehnat sharoitlari va intensivligini, uni qo‘llash sohalarining ahamiyatini va mehnat jarayonining yollanib ishlovchilar mehnat bilan qo‘shadigan ulushini baholashning u yoki bu tizimida «tarif yasovchi» deb ataladigan ba’zi bir boshqa ko‘rsatkichlarini hisobga olish imkonini beradigan jami haq to‘lash shartlari tushuniladi.
Tarif yasovchi asosiy omillar. Ular orasida eng muhimlaridan biri – bajarilayotgan ishlarning murakkablik darajasi va shunga muvofiq holda xodimlarning bu ishlarni bajarish qobiliyatidir. Tarif tizimi orqali, eng avvalo, ushbu omilga bog‘liq holda haq to‘lash darajalashtirilishi kerak. Malakali ishchi boshqa sharoitlar teng bo‘lganida, bir xil vaqt mobaynida malakasi kam ishchiga qaraganda ancha ko‘p moddiy boyliklar yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malakali ishchi malakasiz xodim bajara olmaydigan ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Malakali ishchiga o‘z ko‘nikmalari va bilimlarini qo‘lga kiritishi, saqlab turishi va oshib borishi uchun malakasiz ishchiga qaraganda ko‘proq xarajat talab qilinadi. Bularning barchasi, bir tomondan, malakaliroq ishga malakasi kamroq ishga qaraganda ko‘p haq to‘lashni talab qiladi, ikkinchi tomondan esa, buning uchun imkoniyat yaratadi.
Ish haqi tarif tizimi orqali ishni bajarishning ishlab chiqarish-texnika sharoitlaridagi farqni ham aks ettirishi kerak. Mehnat intensivligi o‘rtachadan yuqoriroq bo‘lgan, mehnatning jismoniy va ruhiy og‘irligi yuqoriroq bo‘lgan, hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlayotganlar uchun oshirilgan haq to‘lash joriy etilishi kerak. Mehnat sharoitlari omilining ijtimoiy ahamiyati texnikaviy va sotsial taraqqiyot kuchayib borgan sari o‘zgaradi. Bir tomondan, texnika taraqqiyoti og‘ir jismoniy ishlarning qisqarishiga, salomatlik uchun yomon oqibatlarga olib keladigan va ishlovchilarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan mehnat turlari kamayishiga olib kelmoqda. Ikkinchi tomondan, ish beruvchilar va xodimlar ishlovchining yo‘qotgan salomatligini hech qanday pul bilan qoplab bo‘lmasligini tushunib bormoqdalar. SHu sababli bu omil tarif yasovchi omil sifatida hozirgi sharoitda o‘z ta’sirini asta-sekin yo‘qotmoqda. Biroq, texnikaviy himoyaga, ish tartibiga, mehnat faoliyati jarayonida salomatlikni tibbiy nazorat qilishga, ovqatlanish va dam olishuchun zararli va salomatlik uchun xavfli bo‘lgan mehnat sharoitlariga qo‘yiladigan talablar oshib bormoqda.
Tarif bo‘yicha haq to‘lash va uning vazifalari. Tarif tizimi asosida xodimga tarif bo‘yicha to‘lanadigan haq, ya’ni u mehnat normasini (mehnat majburiyatlarini) bajarganligi uchun to‘lanadigan haq shakllantiriladi. Xodimning amaldagi ish haqi mehnat normalarini qanchalik bajarayotganligiga bog‘liq holda tarif bo‘yicha to‘lanadigan haqqa teng bo‘lishi, undan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Mehnatga tarif bo‘yicha haq to‘lash ish haqining takror ishlab chiqarish, rag‘batlantirish va boshqarish vazifalarini bajarishiga yordam berishi kerak.
Tarif tizimining vazifasi mehnatsifati (malakasi) va sharoitiga, ishlab chiqarish tarmog‘ining ahamiyati hamda korxonalar hududiy joylashuviga qarab xodimlarning ish haqini tartibga solishni ta’minlashdan iborat. Bu vazifa tarif tizimining ayrim tarkibiy qismlarini to‘g‘ri tuzish, ya’ni tarif-malaka ma’lumotnomasini ishlab chiqish, tarif jadvali va tarif stavkasini tuzish yo‘li bilan hal etiladi.
Tarif razryadlari ishning murakkabligi, aniqligi va ularni bajarish mas’uliyatigaqarab belgilanadi. Ishning murakkabligi texnologik operatsiyalarning mazmuni, murakkabligi, shuningdek, muayyan mehnatni tashkil etish sharoiti va ishda zarur mustaqillik darajasi bilan aniqlanadi. Tarif-malaka ma’lumotnomalarning mohiyati shundaki, mehnat jarayoni har qanday mehnat turiga xos ayrim ishchi funksiyalariga bo‘linadi:
a) hisob funksiyasi, ya’ni ishchining ish jarayoni boshlanishidan oldingi hamda ish jarayoni vaqtidagi barcha yumushlarni bajarishi;
b) ish joyini tayyorlash yoki asbob-uskunalarni tanlash va sozlash;
v) ish jarayonini yuritish, ya’ni ishchining mehnat predmetini ishlashga, uning holatini o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati;
g) ish jarayonida uskunalarni boshqarish.
Bundan tashqari, ishlar murakkabligini baholashda ijroning ishonchliligi va xodimning mas’uliyati hisobga olinadi.

Download 16,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish