Ish haqi to`lash Reja



Download 86 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi86 Kb.
#793804
  1   2
Bog'liq
Ish haqi to`lash


Ish haqi to`lash
Reja:


1. Ish haqi tushunchasi va umumiy ta`rifi
2. Ish haqi tizimi va turlari
3. Ish haqi to`lash tartibi. Ish haqidan ushlab qolish qoidalari


Ish haqi aholining asosiy daromad manbalaridan biri bo`lib qolayotgan hozirgi sharoitda mehnatga haq to`lashni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, uning mehnat unumdorligi, mahsulot sifatini, xodim moddiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyatini oshira borish muhim ahamiyatga ega. Ish haqi xodim mehnatiga haq to`lash shaklidir. Iqtisodiy toifa sifatida ish haqi milliy daromadning xodimlarga berilishi kerak bo`lgan, qayd etilgan qismidan iborat. Ishlab chiqarish korxonalarida olingan sof daromad, davlat muassasalarida esa davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag`lar ish haqining manbai hisoblanadi.
Huquqiy nuqtai nazardan ish haqi mehnat shartnomasi tomonlarning o`zaro huquqlari va majburiyatlarini ifodalaydi. Ish haqi xodim bajargan ishning miqdori va sifatiga, ishning yakuniy natijasiga ko`ra belgilanadi va uning eng ko`p miqdori cheklanmagan. Xodimlar va ularning oila a`zolari huquqlarini himoya qilish maqsadida ish haqining eng kam miqdori belgilab qo`yiladi va bu miqdor narx-navoning oshib borishiga mutanosib ravishda indeksatsiyalanib, oshirib boriladi.
Bozor munosabatlariga o`tish davrida ish haqi yollanma mehnatkashlarga hech bir kamsitishlarsiz, belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda to`lanadigan haqdan iborat. Ish haqi to`lashning xalqaro-huquqiy, umumdemokratik va umuminsoniy prinsiplari BMTning «Iqtisodiy, ijtimoiy va ma`daniy huquqlar to`g`risida»gi Paktida (7-modda), Xalqaro Mehnat Tashkilotining 95-sonli «Mehnatga haq to`lashlikni muhofazalash haqida»gi, 100-sonli «Erkak va ayollarga teng mehnat uchun teng ish haqi to`lash to`g`risida»gi (1951 y.) Konvensiyalari, bir qator tavsiyalari bilan belgilab qo`yilgan. Ish haqi tarkibi asosiy va qo`shimcha qismlardan tashkil topadi. Ta`rif razryadi yoki mansab maoshi ish haqining asosiy qismini, ishning natijalari bo`yicha to`lanadigan mukofotlar va boshqa ustama to`lovlar esa qo`shimcha qismini tashkil etadi.
Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik chegarasidan pastga tushmagan holda ish haqi miqdorini belgilashni qonun xodim va ish beruvchilarning bevosita o`zlariga havola etib qo`ygan bo`lib, ish haqi to`lash shartlarini belgilash, usullarini aniqlash, ishbay yoki vaqtbay ish haqi to`lash shaklini tanlash xodimlar vakillik organlari bilan ish beruvchilarning o`zaro kelishuviga ko`ra, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlarida belgilab qo`yish yo`li bilan aniqlanadi.
Jumladan, Mehnat Kodeksining 153-moddasida aytilishicha:
«Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas va uning eng ko`p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi».
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlari, qo`shimcha to`lovlar, ustamalar, rag`batlantirish tarzidagi to`lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.
Budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta`minlanadigan muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek davlat korxonalarining xodimlari mehnatiga haq to`lash shartlarining eng kam darajasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo`lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilinadigan joylarning ro`yxati, shuningdek ularni qo`llanish tartibi va miqdori O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
Mehnatga haq to`lashda hozirgi paytda amalda bo`lgan yagona ta`rif jadvalining ahamiyati katta bo`lib, uning vositasida bir xil miqdorda va sifatga ega bo`lgan mehnat uchun bir xil haq to`lash, ish haqi sohasida yagona siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy adolatni ta`minlashga erishiladi. Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida mehnatga haq to`lashdagi asoslanmagan tegsizliklarning oldini oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 iyundagi «Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorini oshirish to`g`risida»gi Farmonida hamda ushbu Farmon asosida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 iyundagi «Mehnatga haq to`lash bo`yicha yagona ta`rif jadvalini yanada takomillashtirish haqida»gi 247-sonli qarori bilan xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida «0» dan «22»gacha ta`rif razryadlari (23 ta) joriy etilgan bo`lib, barcha kasblar, ishlar, lavozimlar ushbu razryadlar shkalasiga muvofiq tarifikatsiya qilinadi. Bunda hech qanday malaka talab qilmaydigan eng oddiy ish «0» razryad bilan tarifikatsiya qilingan bo`lib, unda ish haqi eng kam oylik ish haqiga teng bo`ladi. Talab etiladigan malaka ortib borgani va bajariladigan ish murakkablashib borgan sari razryadlar va unga to`lanadigan haq miqdori ham ortib boradi. Bunday ortib borish «0» razryadga nisbatan amalga oshadi. Quyidagi jadvalda ish haqining ta`rif razryadiga mutanosib ravishda ortib borishi ko`rsatilgan:


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish