Ish hajmi va qurilish materiallarga bo’lgan talabni aniqlash



Download 205,23 Kb.
bet17/20
Sana01.06.2022
Hajmi205,23 Kb.
#625851
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1Ablimitov O SHYKEQ va J kursavoy

SIFAT NAZORATI
Yo’l poyini qurishdan oldin loyihada ko’rsatilgan va haqiqatda bor konlardagi, zaxiralardagi, o’ymalardagi, tabiiy asoslardagi gruntlarning ko’rsatkichlari (zarra kattaligi, loysimon gruntlarning plastikligi) va holati (namligi, zichligi) tekshiriladi.
Yo’l poyi qurilishini tezkor nazorat qilishda quyidagilarni tekshirish lozim:

  • yo’l poyi yuzasining o’qi planda va bo’ylama kesimda to’g’ri joylashgani;

  • qirqiladigan o’simlik qatlamining qalinligi;

  • yo’l poyi asosidagi gruntning zichligi;

  • gruntning namligi;

  • yotqiziladigan qatlamning qalinligi;

  • ko’tarma qatlamidagi gruntning bir xilligi;

  • ko’tarma qatlamlaridagi gruntning zichligi;

  • yuza ravonligi;

  • yo’l poyi ko’ndalang kesimining geometrik o’lchamlari;

  • zax qochiruvchi qurilmalar, quvurlarning to’g’ri joylashtirilganligi;

  • yo’l cheti va yonbag’ir qiyaliklarini mustahkamlash to’g’ri bajarilganligi va h.k.

Yo’l poyining o’qi, balandligi, ko’ndalang kesimi, qatlam qalinligining to’g’ri joylashtirilganligi, asosan ish jarayonida har 100 m dan kam bo’lmagan masofada geodezik asboblar va boshqa asbob-uskunalar bilan tekshiriladi. Grunt zichligi va namligini o’lchash miqdori zichlanayotgan qatlam qalinligiga, uning eni va ko’tarma balandligiga bog’liq.
Eni 20 m dan kam bo’lgan ko’tarmalarda yo’lning ko’ndalang kesimi o’qidan bitta va ko’tarma qoshlaridan 1.5-2.0 m ichkarilab zichlik va namlik o’lchab boriladi.
Ko’tarmaning eni 20 m dan ko’p bo’lsa, 5 tadan ortiq tekshiriladi, ya’ni 1 ta o’qda, 2 ta ko’tarma qoshidan 2 m ichkarilab va ular oralig’ida teng masofalarda olib boriladi.
Bo’ylama tekshirishlar oralig’i 3 m gacha bo’lgan ko’tarmalarda 200 m, undan balandlarida 50 m oralab tekshiriladi.
ShNQ 3.06.03-08 da ko‘rsatilgan tayyor asfaltbeton qoplamalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- qoplama tekis bo‘lishi kerak;
-qoplamalar yuzasi bir jinsli tekis ko‘rinishli, bo‘shliqsiz va buzilishlarsiz, ulanish choklari bilinmas, tekis va chetlari to‘g‘ri bo‘lishi, qoplamaning kengligi loyihadagi ko‘rsatkichdan ±10 cm dan ko‘p farq qilmasligi kerak, qalinligi oddiy mashinalar qo‘llanilganda ±5% dan ko‘p farq qilmasligi kerak.
Ko‘ndalang nishabliklar ruxsat etilgan o‘zgarishlar o‘lchami kamida 80% ni tashkil qilishi lozim; oddiy kompleks mashinalar ishlatilganda ±10%ga o‘zgarishi va nishabliklarning ruxsat etilgan chegarasi -0.20dan +0.03gacha oraliqdan chetga chiqishi mumkin emas. Avtomat nazorat moslamaslik mashina qo‘llanilganda ruxsat etilgani 0.005, chegara ko‘rsatkichidan 0.010 va 0.015 dan chetga chiqmasligi lozim;
Qoplamalarning qatlamlari bir-biri bilan va asos bilan yaxshi yopishgan bo‘lishi lozim, namunalar olinganda, har bir qatlam bilan mustahkam yopishgan bo‘lishi kerak;
- issiq va issiq qorishmalardan qoplamalar yotqizilgandan 10 sutka o‘tgandan so‘ng pastki qatlam zichlik koeffitsiyenti 0.98 dan, yuqori qatlamniki esa 0.99dan; V, G va D turlari uchun 0.98 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Avtomobil g‘ildiraklarining nam asfaltbeton qoplamasi bilan ish yakunlanganda ilashish koeffitsiyenti 10.9-jadval talablariga javob berishi lozim.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash jarayonida quyidagilar nazorat qilinadi; materiallar sifati, mineral materiallarning va bitumlarni me’yorlash aniqligi; asfaltbeton qorishmasini va bitumlarni isitish tartibi; mineral materiallarning bitum bilan qo‘shib aralashtirish vaqti; tayyor asfaltbeton qorishmasining harorati; uning sifatining o‘rna-tilgan tartib va standart talabiga javob berish.
Materiallar hususiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, asfaltbeton qorishmasining tarkibiga o‘zgarishlar kiritiladi.
Asfaltbeton qorishmasi uchun ishlatiladigan materiallar sifati mavjud usullarda va standartlar bilan tekshiriladi. Bunda chaqirtosh va shag‘al maydalanish, barabanda yoyilish va sovuqqa chidamlik talablariga javob berish kerak.
Chaqirtosh sifati maydalangan formalari bo‘yicha (umalatilgan va maydalanmagan zarralar), donalar tarkibi, mavjud changsimon va loyli zarralar miqdori bilan baholanadi. Har bir fraksiyadan kamida bir marta besh kun davomida va yangi chaqirtosh partiyasi keltilganda tekshirish uchun olinadi. Ishonchsiz ko‘rsatkichlarda chaqirtosh markasi, bo‘sh va uvalangan donalar soni aniqlanadi.

Download 205,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish