Konstruktoiiik loyiha huyatlari. Sanoatning barcha tarmoqiari uchun konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqarish jarayonlariga qarab, buyum chizmalari ikki asosiy toifaga, ya’ni loyiha chizmalariga va ish chizmalariga bo’linadi.
Loyiha chizmalar o‘z navbatida eskiz loyiha (E) chizmalariga va texnik loyiha (T) chizmalariga bo’linadi. Eskiz loyiha chizmalari buyumning tuzilishi va ishlashi to‘g‘risida umumiy tushunchalar beradi. Texnik loyiha chizmalari asosan umumiy ko'rinishlardan va yig'ish chizmalaridan iborat bo'ladi, lekin yig ish chizmalari shunday taxt qiiinishi kerak-ki, u bo'yicha ish chizmalarini bajarish mumkin bo'lsin.
Buyumni tayyor qilish yoki ta’mirlash va nazorat qilish uchun zanir bo'lgan hamma narsalarni texnik shartlar bilan birgalikda o‘z ichiga oladigan chizmalar ish chizmalari deyiladi. Ish chizmalari ommaviy ishlab chiqarish chizmalariga, yakka tartibda (1) ishlab chiqarish chizmalariga va ta’mirlash (R) chizmalariga bo'linadi. Buyumning tuzilishiga yoki texnologiya jihatidan ishlanishiga va ishlab chiqarishning o‘zlashtirilishi jarayoniga qarab ommaviy ishlab chiqarish chizmalari: tajriba qilib ko‘riladigan namunalarning chizmalariga, tajriba qilib ko‘riladigan ommaviy ishlab chiqarish chizmalariga, ko'rsatma beradigan (A) chizmalariga va joriy qilingan ommaviy ishlab chiqarish (B) chizmalariga bo’linadi.
Spetsifikatsiya. O'zDSt: 108:97 ga muvofiq har bir yig'ish birligi, komplcks va komplektlaming yig'ish va montaj (o'rnatish) chizmalari uchun spesifikasiya tuziladi. Uning shakli, o'lchamlari va uni to'lg'azish tartibi standart bilan belgilangan.
Spetsifikatsiya alohida A4 bichimda bajariladi va unda yig'ish birligi tarkibiga kiruvchi qismlarini aniqlash va ularni tayyorlash, yig'ish va montaj qilishda zarur bo'lgan ma’lumotlar beriladi.
O'quv yurtlarida soddalashtirilgan spetsifikatsiyadan foydalaniladi (4.166- chizma):
1. Vaziyat ustuniga yig'ish birligidagi detaining vaziyav nomeri yoziladi.
2. Nomi bo'limiga yig'ish birligidagi detaining nomi yoziladi.
3. Soni ustuniga yig'ish birligidagi detal nechta bo'lsa, shuncha yoziladi.
4. Ashyo (material) bo'limiga yig'ish birligidagi detal qanday ashyodan tayyorlanganligi yoziladi.
5. Eslatma bo'limiga yig'ish birligidagi detal uchun qo'shimcha ma’lumot talab qilinadigan bo'lsa, masalan, tishli g'ildirak uchun uning moduli, tishlarining soni kabilar berilishi mumkin.
Yig'ish birligiga o'zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa, kiritilgan detallar spetsifikatsiyadagi qo‘shimcha grafalarga yoziladi. Shu boisdan, spetsifikatsiya ortiqcha qatorlarni hisobga oigan holda chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |