“Kasb ta’limi metodikasi” fanining boshqa kasbiy ta’lim fanlari bilan
aloqalari
Mustaqil О‘zbekistonning muhim masalasi – ta’lim jarayonini isloh qilish.
Ta’kidlash joizki, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar о‘tkazish va ularning asosiy
yо‘nalishlarini belgilab olish lozim. Bu borada ta’lim jarayonini fanlararo
aloqadorlikda yoki integratsiya asosida tashkil etish о‘z samarasini beradi. Ta’lim
12
jarayonida fanning о‘rni va u qanday aloqadorlikda о‘z samarasini berishi haqida
mulohaza yuritamiz. Ta’lim jamiyatni harakatlantiruvchi kuch sifatida ta’kidlanadi.
Ta’lim borasida yutuqlarga erishilmasa, jamiyat о‘z harakatini davom ettira
olmasligi barchaga ma’lum. Behbudiy «Ilm va hunarsiz xalqning boyligi, yeri va
asbobi kundan-kun qо‘lidan ketganidek, axloq va obrо‘yi ham qо‘ldan chiqar,
hatto dini ham zaif bо‘lur» deb bayon qilganlar [3. – B. 164].
L.Pasterning ta’kidlashicha, «Fan vatanning eng kichik qiyofasi bо‘lmog‘i
zarur, zotan barcha xalqlar ichida fikr va aqliy faoliyat sohasida boshqalardan о‘zib
ketgan xalqgina birinchi о‘rinni oladi» [3. – B. 172]. «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»da «fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi»
deb ta’riflangan [3. – B. 144].
Demak, fan jamiyat rivojlanishidagi asosiy kuch hisoblanadi. Kishilik
dunyosini fan nuqtai nazaridan izohlash, garchi keyinroq boshlangan bо‘lsa-da,
uning ayrim oddiy unsurlari jamiyatning kelib chiqish davridan mavjud. Bu
bilimlar avval eng sodda kо‘rinishda bо‘lib, kishilar dunyosi haqidagi eng umumiy
qarashlarnigina oddiy tarzda ifodalangan. Kishilar tevarak-atrofidagi о‘simliklar va
hayvonlar tо‘g‘risida ma’lum bilimlarga ega bо‘lsalar-da, ularning jamiyat
haqidagi bilimlari juda qiyinchilik bilan, uzoq davrlar davomida tо‘planib borgan.
Mazkur kuch samarali bо‘lishi uchun ta’lim jarayonida fanlar aloqasi muhim.
Ma’lumki, ta’lim jarayonida fanlar о‘z о‘rganish obyektlari va predmetlariga
kо‘ra yirik guruhlarga bо‘lingan. Lekin moddiy va ma’naviy olamni о‘rganuvchi
turli fanlarning о‘zaro hamkorligi tabiiy jarayon bо‘lib, ularning taraqqiyotida 2
obyektiv
tendensiya,
ya’ni
differensatsiya (tarmoqlanish)
va
integratsiya
(qо‘shilish) namoyon bо‘ladi. Natijada, olamning yaxlit, umumiy ilmiy manzarasi
yaratilishida imkon yaratadi. Fanlar integratsiyasi asosida sivilizatsiyaning noyob
yutuqlari о‘rganilmoqda. Demak, ta’lim jarayonida fanlararo aloqadorlik va
integratsiya sо‘zlari uchrab turadi.
Tadqiqotchilarning
integratsiyaga
oid
tadqiqot
ishlari
bilan
tanishib
chiqqanimizda integratsiya tushunchasining mohiyatini G.Isayeva psixologik-
13
pedagogik nuqtai nazar asosida ijtimoiy-psixologik jarayon bо‘lib, biror bir
yangilikni ijtimoiy sohaga tezkorlik bilan tatbiq etish va ta’lim jarayonini
jadallashtirish deb ta’kidlagan [9. – B. 42]. Mazkur tahlilimizda yangilik sо‘zi
bilan chegaralanib qolgan, nafaqat yangilik, balki muammo, masala, mashq
bо‘lishi mumkin. Yangilikni ijtimoiy sohaga tezkor tatbiq etib bо‘lmaydi, balki
yillar, asrlar davomida tatbiq etilishi barchaga ma’lum.
Z.E.Azimova о‘zining ilmiy ishida zamonaviy fan va ta’lim tizimlari insonni
va shaxs rivojini tushunishning yaxlit nazariyasini yaratishda fanlararo integratsiya
jarayoniga tayanadi deb bayon qilgan [5. – B. 3]. Mazkur tadqiqotda fanlararo
integratsiya jarayoni jumlasi noо‘rin foydalanilgan. Tasavvur qiling fanlar
aloqadorligini
bir
irmoq
deb
olsak,
integratsiya
jarayoni
esa
daryoga
tenglashtiriladi, ya’ni irmoqlar daryoga kelib quyiladi.
Bugungi kun о‘rganuvchi – bilim oluvchini biror fan asoslariga qiziqtirish
murakkab didaktik jarayon hisoblanib, о‘qituvchidan ta’lim jarayonini tashkil
qilish masalalarida katta psixologik va pedagogik bilim, kо‘nikma va malakalarni
talab etadi. Ta’lim jarayonida qiziqarli vaziyatlarni vujudga keltirish salohiyati
yetarli bо‘lib, fanlar aloqadorligidan foydalanib, ta’limni loyihalashtirish о‘z
samarasini beradi. Bu borada farangistonlik faylasuf, riyozatchi, tibbiyotshunos
olim va metodik nazariyotchi R.Dekart о‘z mulohazasini «barcha fanlar bir-biri
bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ularni bitta-bittalab о‘rganishdan
kо‘ra, birvarakayiga о‘zlashtirish osonroqdir» deb bildirgan [27. – B. 255]. Yoki
ingliz faylasufi U.Okkam «garchi har qanday fan alohida bir narsani о‘rganish
tufayli kelib chiqsa-da, aslida birgina narsani о‘rganuvchi fan bо‘lishi mumkin
emas. Menimcha, ana shu alohida narsalarni belgilovchi umumiy tushunchalar
haqidagi fan mavjuddir» deb ta’kidlagan [27. – B. 219].
Ta’lim jarayonida fanlarning aloqasiga oid tadqiqot ishlari mavjud. Barcha
tadqiqotchilar fanlararo aloqadorlikni ta’lim-tarbiya tizimining tarkibiy qismi
sifatida hamda uning bir, ikki, fan turkumlari, integratsiya yо‘nalishlarini tadqiq
etishgan. Tadqiqot mavzusi yuzasidan fanlar aloqadorliga doir tadqiqot ishlari
mavjud. Demak, fanlar aloqadorligiga doir tadqiqot ishlari tahlilidan ma’lum
14
bо‘ladiki, fanlar aloqadorligining о‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyatli jihatlari
mavjud.
Ta’lim
jarayonida
integratsiya
va
fanlararo
aloqadorlik
xususiyati
quyidagilarda о‘z ifodasini topadi:
– olamni о‘rganishda – fanlar
harakati
tushunchasi, ya’ni tabiatni
о‘rganayotganda fizika, kimyo, botanika va boshqa fanlar harakatlanadi, bu
fanlarni esa boshqa bir fan harakatlantiradi. Bunday harakat zanjirining nihoyasi
yо‘q; integratsiyada fanlar harakati yaxlitlik asosida harakatlanadi;
– fanda
sabab
tushunchasi bilan izohlanadi. Bir fan ikkinchi bir fan
shakllanishiga sabab bо‘ladi; integratsiyada esa fan shakllanishiga emas, balki
birlashishi sabab bо‘ladi;
– fanlar
turli darajada
ekanligi bilan belgilanadi. Masalan, fan kо‘proq yoki
kamroq darajada mukammalligi, asosli va samaraligi bilan bir-biridan farqlanadi;
integratsiyada yaxlitlik darajasi muhim hisoblanadi;
– tabiat
tartib qoidalari
bilan izohlanadi. YA’ni tabiat tabiiy, ijtimoiy, aniq
asoslarini о‘rganishda fan turkumlariga ajratiladi; integratsiyada fan yaxlitligi
e’tiborga olinadi.
Ta’lim jarayonida
fanlar aloqadorligining ahamiyati
quyidagilardan iborat va
1-rasmda ifodalangan:
– ta’lim jarayonini tashkil etishda optimal yо‘l;
– mashg‘ulot muammosi bir necha fanlar aloqadorligida о‘rganiladi;
– dars mavzusiga turli fanlar yondashadi;
– darsning qiziqarli tomoni kuchayadi;
– tinglovchi bir mashg‘ulot davomida о‘zlashtirilgan axborotlar kо‘lami
kengayadi;
– turli fanlar yuzasidan xulosa chiqarish imkoni shakllanadi;
– mustaqil fikrlashni amalga oshiradi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |