1.5. Buxgalteriya hisobi metodining
asosiy usullari
Buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat:
Hisobning sodda va tushunarli b o lish i. Sodda va hamma uc
hun tushunarli hisobni tashkil etishdan asosiy maqsad, uning mu-
rakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik ham da hisob m a’lumotlaridan
keng xalq ommasi foydalana olishini ta ’minlashdan iborat.
Hisobning rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib o ‘tilgan sodda-
lik talabi bilan chambarchas bog'liqdir. Hisobda albatta zaruriy
m a’lumot va k o ‘rsatkichlarga ega b o lg a n holda, hisob yuritish
xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
Hisobning aniq va to ‘g ‘riligi. Bu talab negizida x o ‘jalik faoli-
yatlarida olingan m a’lumotlami hujjatlarda aniq va to ‘g ‘ri qayd
etish yotadi. Har xil maqsadlarda yoki e ’tiborsizlik qilib xo‘jalik
hisobini noaniq hamda noto‘g ‘ri aks ettirish qonunbuzarlik hisob-
lanadi.
Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, y a’ni hisob ishlar-
iga taalluqli qanday hodisa sodir b o ‘lgan bo‘lsa, albatta o 'z vaqtida
aks ettirmoq, hujjatlarda qayd qilmoq zarur b o ‘ladi. Bu talab to “liq
bajarilganda xo ‘jalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yax-
shi yo‘lga qo‘yiladi, ro ‘y bergan yoki ro ‘y berishi mumkin b o lg a n
kamchiliklar o ‘z vaqtida y o ‘qotiladi.
Hisob k o ‘rsatkichlari bilan reja k o ‘rsatkichlarining birligi.
Korxona, muassasa, tashkilotlar qaysi mulkchilik shakli asosida
41
faoliyat olib borishidan qat’iy nazar o ‘z oldiga joriy va kelgusi re
ja ko‘rsatkichlarini tuzib oladi. Butun xo‘jalik va ularning tarmo-
qlari b o ‘yicha ham da mamlakat m iqyosida reja k o ‘rsatkichlari bel-
gilab olinadi. Xuddi shu k o ‘rsatkichlar bilan hisob ko'rsatkichlari
birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta ahamiyat kasb etadi. Hi
sob ishlab chiqarishning borishi, savdo, ta ’minot, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, maishiy xizmat, transport va hokazolar faoliyati qay da-
rajadaligi haqida m a’lumot beradi, reja bajarilishi ustidan nazorat
o ‘m atib, tahlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish
ichki va tashqi omillarini topish imkoniyatini yaratadi.
XXI asming boshlanishi 0 ‘zbekiston Respublikasi hisob
tizimining qayta qurish davriga to 'g ‘ri keldi Sekin-asta buxgal
teriya hisobi tizimida xalqaro standartlar asosida huquqiy hujjatlar
yaratila boshlandi. Bular jum lasiga 1996-yil 30-avgustda qabul
qilingan «Buxgalteriya hisobi to ^ risid a w g i (2016-yil 16-aprel-
da yangi tahriri) Qonuni, 1995- yilning 1-yanvaridan amalivotga
joriy qilingan «M ahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish v au n i sotish
bo‘yicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
tarkibi va moliyaviy natijalarnmg shakllanish tartibi to ‘g ‘risida»gi
Nizoin va Buxgalteriya hisobining milliy standartlari ishlab chiqil-
ishi kabilar kiradi.
Bunday huquqiy va m e’yoriy hujjatlarning yaratilishi hamda
ishlab chiqilishi respublikamizda hisob siyosatini olib borish uc
hun asos b o ia d i. Respublikamizda hisob siyosatini olib borishdan
asosiy maqsad - jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablari-
ga mos keluvchi ham da xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hi
sobi tizimining rivojlantirish konsepsiyasini yaratishdir.
Yaratilgan konsepsiya davlatda buxgalteriya hisobi tizimini
qayta qurish uchun asos hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodivo-
tining hozirgi holatida ushbu konsepsiyani yaratish quyidagi ishlar
bajarish bilan bevosita bogiiqdir:
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat
k o isatayotgan x o ‘jalik yurituvchi subyektlarda amaldagi buxgal-
42
teriya hisobi huquqiy va m e’yoriy hujjatlariga bir xil kuchda amal
qilishini ta ’minlash;
amaldagi huquqiy va m e’yoriy hujjatlami hududiy, mahalliy
sharoitlar, an ’anaviy va tarixiy tajriba ham da zamonaviy usul va
xalqaro standartlar asosida sekin-asta takomillashtirib borish;
buxgalteriya hisobi xizmati tannarxini pasaytirish bilan uning
m a’lumotlari sifatini yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanu-
vchilaming manfaatlarini esdan chiqarmagan holda hisob ishlarini
tashkil qilish;
mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqa-
bul qilingan tartib-qoidalar asosida korxona xususiyatlariga mos
keluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish;
korxona hisob siyosatini yuritish va undan kelib chiqqan holda
usullarni q o lla sh d a erkinlik berish;
m e’yoriy hujjatlami tayyorlash va ishlab chiqishda fanning riv-
ojlanish tarixi, an’anaviy, zamonaviy xalqaro usullari ham da us-
lubiyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda m antig‘iga
alohida e ’tibor berish;
buxgalteriya hisobi hamda uning turlariga taalluqli bo‘lgan
xo‘jalik jarayonlarini yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslan-
gan so‘z ham da atamalardan foydalanish, y a ’ni o ‘zboshimchalik
bilan asossiz so ‘z hamda atamalami q o ‘llashga chek q o ‘yish;
- fan-texnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va
hududiy urf-odatlar asosida mutaxassislami tayyorlashga alohida
e ’tibor qaratish.
Keltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgalteriya hisobining
uzoq muddatga m o‘ljallangan konsepsiyasini yaratish hamda bo-
zor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh tizim sifatida faoliyat
k o ‘rsatishi uchun zamin yaratiladi.
Buxgalteriya hisobi fani o ‘z predmetini o ‘rganish uchun albat-
ta qandaydir usullardan foydalanadi. Buxgalteriya hisobi xo‘jalik
yurituvchi subyektlaming x o ‘jalik m ab lag lari, ulaming tashkil
topish manbalari hamda x o ‘jalik jarayoni natijasida o ‘zgarishini
43
hujjatlarda, yagona pul ko‘rinishida, y a ’ni baholash yordamida,
schyotlarda ikki yoqlama yozuvdan foydalanib aks ettiradi. Hisob
to ‘g‘ri yurgizilayotganini inventarizatsiya yordamida aniqlab, tek-
shirilgan m a’lumotlar asosida esa kerakli kalkulatsiya olib boriladi,
balans va hisobotning boshqa shakllari tuziladi.
Buxgalteriya hisobining uslubi buxgalteriya hisobining pred-
meti haqida ishonchli ko‘rsatkichlar olishni ta’minlaydi. Bu
k o lsatk ich lar ikki guruhga bo‘linadi: korxona m ablaglarining haj-
mi, tarkibi, joylashishi va foydalanishi, ikkinchisi esa m ab lag lar
manbai va ulaming maqsadli m o ljalid ir. K o‘rsatkichlar gu
ruhi o ‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ulam ing har ikkisi ham korxona
m ablag‘ini aks ettiradi. Shuning uchun ham k o lsatk ich lam in g ik
ki guruhi ham (pul k o ‘rinishida) o ‘zaro teng b o lish i lozim (balans-
li umumlashuv).
Balansda umumlashuvga ega b o lis h m aqsadida schyotning
quyidagi usullari qollaniladi: xo‘jalik m ablaglarini baholash va
kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi schyotlarining tizimi va xo'jalik
jarayonlarini schyotlarda ikki yoqlama yozuv usulida aks ettirish;
hisob registrlar m alum otlarini umumlashtirish. Buxgalteriya hiso
bi usulining elementlari quyidagilardan iborat:
Hujjatlashtmsh.
Inventarizatsiya.
Schyotlar tizimi.
Ikki yoqlama yozuv.
Baholash va kalkulasiya.
Balans.
Hisobot.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan bin baholash bo‘lib,
uning ahamiyati butun xo'jalik miqyosida ham kattadir.
Baholash - xo'jalik m ablaglari, majburivatlar va x o ‘jalik j a
rayonlarini pul o lc h o v birligida aks ettirish usulidir.
M a’lumki,
korxona
faoliyatida
ishlatiladigan
xo'jalik
m ablaglari va ulam ing tashkil topish manbalari turli xil b o lib ,
44
ularning o ‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari
har xil k o ‘rinishga egadir. Korxona xo ‘jalik faoliyatida ro ‘y bera-
digan x o ‘jalik jarayonlari natijasida m ablag‘ va ularning tashkil
topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o ‘zgarishi ham
tabiiy holdir. Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o ic h o v
birligi
- puldan foydalanmaslikning iloji y o ‘q. Korxona mulki hiso
bi yuritilayotganda, ular baholanadi.
Kalkulatsiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan
korxona mulklaridan b a ’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi.
M asalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash.
Shuningdek, savdo korxonalaridagi muom ala xarajatlari, mod-
dalari, summalarini tovarlar bo ‘yicha tegishli ravishda taqsimlash-
da ham kalkulatsiyadan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uz-
viy bogiangan. Umuman, e ’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining
hamma usuli ham o'zaro uzviy bog‘liqlikdadir. Kalkulatsiya usulini
schyotlar tizimi bilan b og‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi ta
lab etilayotgan m ablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schyotlarda
aks ettiriladi. Baholash bilan kalkulatsiyaning b o g ‘liqligi shundaki,
kalkulatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash k o ‘rinishida hi-
sobga olinadi.
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish
bo'lib, uning ahamiyati x o ‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilo-
na tashkil etishda. hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda ta-
lablarga javob berishda zaruriydir.
Korxonada mavjud bo'lgan boyliklar saqlanishini ta ’minlash,
ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob
m a’lumotlari nech o g lik haqiqiyligi, to ‘g ‘riligini tekshirish maqsa
dida inventarizatsiya o ‘tkaziladi. Korxonadagi boyliklar degan-
da, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari,
tayyor mahsulot, tovar, pul m ablaglari va boshqa moliyaviy ak
tivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham in-
45
ventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari,
bank kreditlari, olingan qarzlar misol b o ia d i.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi m a’lumotlar albat-
ta, haqiqiy m aiu m o tlar asosida b o im o g ‘i lozim. Bu shart bajaril-
ishi uchun ham korxonada in ventarizatsiya o ik a z ilm o g i shaitdir.
Inventarizatsiya - korxona m ablag‘ini tekshirib, ro ‘yxatga ol-
ish va olingan m aium otlam i hisob m aiu m otlari bilan taqqoslash
demakdir.
Buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi va ikki yoqlama yo-
zuv, balans hamda hisobot kabi usullari keyingi mavzularda to iiq
o ‘rganiladi.
Sanab o ‘tilgan usullar ichida buxgalteriya hisobining o ‘ziga
xosliklari b o iib , ular boshqa soha va fanlarda qoilanilm aydi Ma-
salan, balans, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalku-
latsiya, hisobot kabi usullar boshqa soha ham da fanlarda ham
q o ilan ish i mumkin. Lekin, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv
boshqa soha hamda fanlarda qoilanilm aydi. Shuning uchun schy
otlar tizimi va ikki yoqlam a yozuv usullari faqat buxgalteriya hiso
bining o'ziga xos usullari deb ataladi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |