5. Ona va pusht antigenlari nomosligi irsiy kasalliklari ona organizmining pusht
antigenlariga immunologik reaktsiyasi natijasidir. Bunday kasalliklarning tipik misoli
qilib Rh antigeniga nisbatan ona va pusht nomosligi natijasida kelib chiqadigan
chaqaloqlar gemolitik anemiyasi kasalligini keltirish mumkin. Immunologik
ziddiyatlar ABO guruhlari antigenlariga nisbatan ham kelib chiqishi mumkin. Bu
guruh kasalliklari akusherlik-ginyekologiya amaliyotida va tibbiy- genetik
maslahatlarda keng uchraydi.
Irsiy kasalliklar juda xilma-xil bo‘lganligi uchun har qanday mutaxassislikdagi
shifokor amaliyotida uchraydi. Shuning uchun irsiy kasalliklarni tibbiy
mutaxassisliklariga qarab tasniflashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |