Irrigatsiya va melioratsiya


  II. Sug’orish va sug’orish tizimlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar



Download 10,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/197
Sana20.07.2022
Hajmi10,88 Mb.
#830393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   197
Bog'liq
irrigatfsiya

 


18 
II. Sug’orish va sug’orish tizimlari to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar. 
2.1.
Sug’orish to’hrisida asosiy ma’lumotlar va melioratsiyaning asosiy 
xususiyatlari
.
 
Inson tabiatida atrof muhitni bo’ysundirish maqsadi ustun. Inson o’z hayoti 
davomida tabiat in’omlaridan so’zsiz foydalanadi. Bu faqatgina ilmiy texnik 
taraqqiyot uchun ham emas. SHuni ta’kidlab o’tish joyizki, tabiat qonunlarining 
buzilishi va buzilish sabablari uning geografik terminologiyasi, texno - tabiat 
tizimi va tabiat texnikasi komplekslari mavjudligidir. Tabiat jarayonlari va inson 
faoliyatining sintezini ilmiy asoslash lozim.
O’z-o’zini tiklash, texno-tabiat tizimlari rivojlanishi va vazifasi tabiiy 
amalga oshiriladi. Bu jarayonlar o’z navbatida irsiy va ko’payish jarayonlarini ham 
o’z ichiga oladi, inson tabiatiga va xarakteriga mos holda, inson va tabiat 
o’rtasidagi munosabatlar quyidagilar:
1.
Tabiatshunoslik-yaratilishning,rivojlanishning, 
tabiatning 
a’lohida 
komponentlari mavjudligi va tabiiy territorial komplekslar yoki har xil tabaqadagi 
geotizimlar birligining ob’ektiv qonun qoidalarini bilish.
2.
Tabiatdan unumli foydalanish - ommaviy ishlab chiqarishga tabiatning 
ma’lum tashkil etuvchilaridagi moddalar, energiya, va axborotlarni insoniyatning 
moddiy va ma’naviy manfaatlariga xizmat qilishi uchun jalb etish:
3.
Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish qoidalari va unga 
zarar yetkazmagan holda, o’rnini to’ldirgan holda tabiatdan foydalanish.
4.
Atrof muhitni muhofaza qilish, yerlarning melioratsiyasini ham o’z ichiga 
oladi: qishloq xo’jaligi melioratsiyasi, suv va o’rmon zahiralari, odam yashash 
joylari, sanoat, transport, aloqa vositalari, sog’lomlashtirish, madaniy-tarixiy, 
ilmiy, mudofaa salohiyatiga ega.
5.
Atrof muhitni muhofaza qilish, o’zining ilmiy manbasiga ega bo’lib, bu 
yerda tabiat haqidagi ilmiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari, injener- texnik 
tadbirlar yig’indisi, boshqa sohalar bilan o’zaro bog’liqliklari aks ettirilgan.


19 
Yuqorida keltirilgan usullar va qo’llanish uslublari tabiat masalalarining 
joylashishi va tabiatiga ko’ra qo’llaniladi.
Insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’sirini, geotizim ta’siri o’zgarishi, 
landshaft o’zgarishi, yangi fundamental o’zgarishni hisobga olish zarur. Inson 
hatti-harakati bilan qancha landshaft o’zgarmasin, u tabiatning bir qismi bo’lib 
qoladi, unda tabiat qonunlari amal qilishi davom etadi. Inson geotizimlarning 
mavjudligi va rivojlanishining ob’ektiv qonunlarini inkor etaolmaydi, tayga va 
cho’l, cho’l va sahro landshaftlari orasidagi sifatiy farqlarni nivelirlay olmaydi.
Insonning atrof muhit ko’rinishiga, landshaftga ta’sirini, insonning tashqi 
faktor sifatida, tabiiy jarayon deb qarasa bo’ladi. Bunda shuni nazarda tutish 
kerakki, atrof-muhit ko’rinishiga kiritilayotgan yangi elementlar atrof-muhit 
ko’rinishidan kelib chiqmaydi, shuning uchun shu atrof-muhit ko’rinishiga mos 
bo’lmagan begona elementlar bo’lib chiqadi.
Shuning uchun atrof-muhit ko’rinishi ularni itarib chiqarishga yoki “hazm 
qilishga”, yangicha shakllantirishga intiladi. Shu munosabat bilan atrof-muhit 
ko’rinishiga kiritilayotgan antropogen ta’sirlar barqaror emas, ular odamni doimiy 
ravishda qo’llab turolmaydi. Chunonchi, madaniy o’simliklar parvarish qilinmasa, 
qayta ekilmasa, «yovvoyilari» tomonidan siqib chiqariladi, natijada haydalgan 
yerda yovvoyi o’tlar o’sib chiqadi.
Buning oqibatida, birinchidan, inson doimiy ravishda bunday elementlarni 
qo’llab-quvvatlash uchun mehnat va xom ashyolarni ishga solib turishi ularga 
qarab turishi, tuzatishi, qayta tuzishi, ikkinchidan esa, kiritilayotgan elementlarning 
turg’unligini oshirish uchun inson ularning atrof-muhitga “begonaligini” maksimal 
ravishda kamaytirish lozim.
Texnogen ta’sirining chuqurligi va tabiatini baholash uchun, mumkin 
bo’lgan ta’sirining chegarasini aniqlash yoki geotizimga mumkin bo’lgan 
antropogen bosimlarni, qaysilaridan keyin tuxtatib bo’lmasligi natijasida 
istalmagan o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini aniqlash zarur. Ularning har birini 
a’lohida holatda geotizimning texnogen bosimlarga chidamliligini aniqlash lozim.


20 
Har qanday geotizim, hattoki kuchli tashqi tabiiy faktorlar ta’sirida ham 
turg’un va normal faoliyat ko’rsatish chegaralarida qandaydir sharoitlarga 
moslashgan bo’ladi. Texnogen ta’sirlar ko’pincha tabiiylardan o’tib ketadi, ular 
ko’proq turlarga ega, bir xil turlari tabiatda umuman yo’q, masalan tabiiy 
bo’lmagan moddalar bilan ifloslanish.
Shularning hammasi tabiatdan foydalanish va tabiatni shakllantirish 
loyixalarining asosiga qo’yilishi kerak bo’lgan geotizimning har bir tashqi ta’sirga 
bo’lgan javobi, bu ta’sirni aniqlashda maxsus izlanishlarni olib borishni talab etadi. 
Bu yerda texnogen ta’sirlarning turli variantlarda geotizimlarning o’zini tutishi 
bo’yicha uzoq muddatli sonli bashoratlari zarurligini ta’kidlab o’tamiz.
Geotizimlarni tabiiy turg’unligining umumiy belgilarini keltiramiz. Eng 
asosiysi bu har qanday tartib jadal ishlab turishi va geotizimlar funktsiyalarining 
uyg’unligi bularga tabiiy hosildorlik va o’simlik qatlamining qayta tiklanishi ham 
kiradi. Bu sifatlar iliq harorat va namlikning optimal nisbati bilan aniqlanadi. 
O’zining aksini esa tuproq qatlamning rivojlanishi darajasida topadi. Oxir oqibatda 
esa tuproqning hosildorligida tundraning iliq harorat yetishmasligi sababli yer 
qatlami yaxshi rivojlanmaydi. Ular texnogen bosimlarga chidamsiz, tez yaroqsiz 
xolga keladi va qiyinchilik bilan qayta tiklanadi, iliq iqlimning yetishmasligi 
biokimyoviy jarayonlarning maishiy chiqindilardan o’zini tozalashining sustligini 
ta’minlaydi.
Suv melioratsiyasi (sug’orish va zax qochirish) iliq harorat va namlikni eng 
mutanosib holatga keltirib geotizimlarni chidamliligini oshiradi, lekin ko’paytirilib 
yuborganda aks ta’sir ko’rsatishi mumkin. Buzilgan komponentlarning tiklanishi, 
ifloslanishdan tozalash, ya’ni yerlarni qayta ishlash ham chidamlilikni oshirishga 
yordam beradi.
Geotizimlarning chidamliligi komponentlar xossalarining ichki turliligiga 
bog’liq, turli xillarga ega bo’lgan birlamchi yaylov o’tlari kamroq xilli o’tlardan 
ko’ra yaylovni ko’proq chidamli qiladi.


21 
Geotizimlarning chidamliligi ularning navi sifatlari ko’tarilishi bilan o’sadi. 
Bu ma’noda eng chidamsiz fatsiya hisoblanadi - joylashuvi va yashash joyining bir 
xil sharoitlari bilan va bitta biotsenoz bilan xarakterlanadi. Fatsiyalar ayniqsa 
tashqi tabiiy sharoitlarning o’zgarishiga, hamda inson faoliyatiga javob qaytaradi. 
Fatsiyalar tabiatdan foydalanilganda ayniqsa tubdan o’zgaradi. Yirikroq 
geotizimlar o’zgarishlariga kamroq ta’sirchan.
Atrof-muhit manzarasini belgilovchi asosiy, birlamchi sharoit hisoblanadi, 
insonga ularni o’zgartirish qiyin, lekin buning misollari bor: xom ashyolarni ochiq 
yo’l bilan qazib olish, bunda karerlarning chuqurligi 100, 200 va undan ko’proq 
metr bo’lishi mumkin, rejada esa ular o’nlab kilometrlarda o’lchanadi. Inson 
ikqilamchi komponentlarni osonroq o’zgartiradi: o’simlik qatlamiga, tuproqqa, 
yuzali suvlarga kuchli ta’sir o’tqazadi, lekin ikkilamchi komponentlar osonlikcha 
tiklanadi ham.
O’zgartirilgan geotizimni ichiga texnogen tabiat uchun begona bloklar 
kiritilgan a’lohida texnotabiat tizimi sifatida ko’rish kerak: qishloq xo’jalik ekinlari 
ekish, imoratlar, inshoatlar; tizimlar va hakozo. Bunday tizimda texnogen va tabiiy 
bloklar tabiat qonunlariga bo’ysungan holda faoliyat ko’rsatadi. SHu bilan birga, 
texnogen bloklarning o’zaro harakatini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga 
bog’liqligini, masalan shaxsiy mulk misolida ko’rib chiqsa bo’ladi; yer bir 
sub’ektga qarashli, unda qurilgan inshoatlar esa - boshqasiga.
Texno-tabiiy tizimlarning turg’unligi o’zgartirilgan tabiiy tizimning 
turg’unligi bilan qarama-qarshilikka kirishadi. Agar yuqorida aytilgandek tabiat 
tizimi “ibtidoiy” holatiga qaytmoqchi bo’lsa, unda insoniyat texnotabiiy 
tizimlarning turg’unligiga qiziqish bildiradi. Turg’unlik ko’rsatkichlari ikkala 
holatda qarama-qarshi xarakterga ega. Agar chopiq yerni o’t-o’lan bosib ketishi 
tabiiy birlashma sifatidagi geotizimning turg’unligi ko’rsatkichi bo’lsa, xuddi shu 
jarayon texno-tabiiy tizimning noturg’unligi dalili sifatida qaraladi, bu holda - 
agrotizim, vazifasi - ishlov berilgan yerning berilgan xususiyatlarini ma’lum bir 
ekinlarning mo’l hosilini olish uchun qo’llab turishi. Yana misol: quritish tizimi 


22 
inson ta’sirisiz yaroqsiz holga keladi. Kanaldagi suvlar kamayib ketadi, suvlar 
ifloslanadi, ichida ildizlar ko’payib ketadi va hakozo. Tabiiy geotizim o’zining 
quritilguncha bo’lgan tabiiy suv zahirasini qayta tiklaydi, ana shu uning 
turg’unligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Texno-tabiiy tizim nuqtai nazaridan bu 
holat noturg’unlik alomati hisoblanadi.
Oldindan takomillashtirilgan unga kiritilgan texnogen blokli geotizim 
(texno-tabiiy tizim)ning mustahkamligi berilgan ijtimoiy- iqtisodiy funktsiyasini 
bajarish qobiliyati bilan o’lchanadi.
Inson tomonidan o’zgartirilgan genotizimlar, odatda, birlamchisidan ko’ra 
uncha mustahkam emas, chunki tabiiy o’z-o’zini to’g’rilab borish mexanizmi 
ularda buzilgan. SHuning uchun tabiiy tizimda «o’chiriladigan» tashqi muhit 
ko’rsatkichlarining favqulodda o’zgarishi antropogen turi uchun o’ta zararli bo’lib 
chiqishi mumkin: bir sovuq tushishi butun ekin-tekinni muzlatib qo’yishi mumkin, 
ishlov berilgan yerning chang to’zoni bir necha kunda tuproq qatlamini buzib 
yuborishi mumkin.
Melioratsiya tizimining tarkibi melioratsiya qilinadigan yerlar turi, 
melioratsiya tartibini nazorat qiluvchi ko’rsatkichlar yig’indisiga bog’liq. Xullas 
melioratsiya tizimi o’z ichiga meliorativ ta’sirlarni bevosita amalga oshiruvchi, 
o’tkazuvchi va himoya qiluvchi elementlarni, jalb etilgan zahiralar o’chog’larini 
oladi. Masalan, suvlar, melioratsiya qilingan hududlardagi texnologik yuvindilarni 
qabul qiluvchi uskunalar, bundan tashqari tizimning tarkibiga boshqaruvchi ta’sir 
va boshqariluvchi ob’ekt o’rtasidagi ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi 
energiyani yetkazib beruvchi ob’ektlar, melioratsiya qilinadigan va uning 
atrofidagi hududlarning monitoringi, hamda tabiatni muhofaza qilish inshoatlari, 
ishlab chiqarish omborlari, yerdan foydalanuvchi va melioratorlar orasida uzviy 
bog’liklikni amalga oshiruvchi maslahatxona va foydalanish xizmatlarining xizmat 
va boshqa inshoatlari kiradi.
Melioratsiya tizimlari ularning kattaligi, muhimligi bo’yicha a’lohida yerdan 
foydalanuvchilarga tegishli bo’lishi mumkin: fermerga, qorxonaga, yerdan 


23 
foydalanuvchilarning bir guruhiga, davlatniki bo’lishi mumkin: iqtisod uchun 
muhim ahamiyat kasb etadigan yirik tizimlar sub’ektlarga tegishli mulk yoki davlat 
mulki bo’lishi ham mumkin.
Melioratsiya qilinadigan yerlarga melioratsiya tizimi tomonidan xizmat 
ko’rsatiladi, lekin uning tarkibiga mulk sifatida kirmaydi.
Melioratsiyaning ishonchli va unumdor texnik jihozlanishidangina emas, 
balki uning to’g’ri qo’llanilishi, texnologik jarayonlarga amal qilish, obhavoning 
qiyin sharoitlarda uning to’g’ri boshqarish san’atiga ham bog’liq. Bu o’zidan 
mavhum sharoitlarda, faqat iqtisodiy zarar emas, avariya buzilishlar xavfi boshqa 
tadbirlarga nisbatan melioratsiya tizimining boshqarishida ko’proq xavf tug’dirishi 
bilan birga qaror qabul qilishi shart. Gidromelioratsiya tizimi boshqarishdagi 
xatolar yerlarni haddan tashqari sug’orilishi yoki quritilishga olib kelishi mumkin, 
damba va suv omborlarini buzib yuborishi, yerlarni suv bostirishi va boshqalarga 
olib kelishi mumkin.
Erlarni melioratsiyalash tabiiy sharoitlarni yaxshilash, qayta tuzishning 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson melioratsiya bilan doimo, o’troq hayotga 
o’tgan davrdan boshlab shug’ullanib keladi.
Melioratsiya - bu yerlarnining ist’emol qiymatini (foydaliligini) oshirish 
uchun tabiat komponentlarini tubdan o’zgartirishdir.
Erlarni yaxshilash bo’yicha vaqtinchalik tadbirlardan (yuzasini tozalash, 
haydash, o’g’it kiritish va b.q.) farqli ravishda, melioratsiya tabiiy sharoitlarni 
o’nlab, yuzlab yillar saqlovchi fundamental, uzoq muddatli o’zgartirishlarga olib 
keladi.
Melioratsiya ko’pchilik tabiiy jarayonlarni o’zgartiradi, masalan, qishloq 
xo’jalik yerlarni melioratsiyalash tuproq shakllanishi jarayonini kuchli o’zgartiradi, 
uni qo’llash natijasida tuproq shakllanishining bir qator elementlari yo’qoladi va 
boshqalari: chirish, sho’rlanish, torf paydo bo’lish yuzaga keladi. Melioratsiya 
azonal tuproqlarni (sohilli, botqoqli, sho’rlangan) zonal tuproqlarga aylantirishga 
qodir, shuningdek zonal tuproqni shakllanishini sezilarli modifikatsiyalaydi. 


24 
SHunga o’xshash chegarani melioratsiya va o’rmon va suv fondi yerlarini, aholi 
punktlari, sanoat, rekratsion va boshqa maqsadlar uchun qo’llaniladigan yerlarni 
madaniy ishlatish orasida ham topish mumkin.
Melioratsiya yerdan foydalanishdan geotizim komponentlarini qayta 
o’zgartirish chuqurligi bilan ajralib turadi, melioratsiya natijasida yer yangi sifatga 
o’tadi, ya’ni uning sezilarli xossalari funktsional birligining yangi baholi 
harakteristikaga, yangi ichki va tashqi aniqlikga, nisbiy mustahkamlikka, bir xil 
yer uchastkalaridan farq qilishga va boshqalarga o’xshashlikga o’tadi.
Melioratsiya 
yerlardan, 
ularning 
qo’llaninilishini 
o’zgartirmasdan, 
samaraliroq foydalanish uchun sharoit tug’diradi, ularning ishlatilishini 
o’zgartirishga imkon yaratadi, odamlar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni 
yaxshilaydi, katta maydonlarni madaniylashtiradi va sog’lomlashtiradi, masalan, 
Mirzacho’lni sug’orish bu o’lkaning qiyofasini keskin o’zgartirdi va h.k.
Melioratsiya muayyan buyurtmachiga ega, uning oldida aniq maqsad 
qo’yiladi, bu tabiatga juda kuchli ta’sir etuvchi, qimmatbaho tadbirdir. U ayrim 
maydonning foydaliligini anchagacha oshirishga imkon yaratadi. SHuning uchun 
melioratsiya to’g’risida amaliy jihatdan gapirganda, landshaftning, geotizimning 
melioratsiyasi haqida emas, balki, muayan yerlarning melioratsiyasi to’g’risida 
gapirish lozim. SHu bilan birga, melioratsiyalanadigan yerlar geotizimning har xil 
pog’onalarida joylashganligiga va melioratsiyani amalga oshirganda butunlilik 
printsipiga amal qilishi zarur.
Melioratsiyaning ikkinchi darajasi shu bilan aniqlanadiki, yerlarning 
ishlatilishiga ko’ra, tabiiy jarayonlarning qaysi birini yoki geotizim faoliyatining 
qaysi bir tashkil etuvchisini modifikatsiyalash zarur. Masalan, qishloq xo’jalik 
yerlarini kimyoviy melioratsiyalash yoki o’rmon fondi yerlarini suv melioratsiyasi. 
Suv, kimyoviy, fizik, issiqlik melioratsiyasini har xil usullar bilan amalga oshirish 
mumkin, odatda ular madaniy texnik, agrotexnik, o’rmon melioratsiyasi va 
meliorativ tadbirlari bilan to’ldiriladi. Zamonaviy melioratsiya kompleks 
qo’llaniladi, ya’ni, ko’pincha birgalikda suv, kimyoviy issiqlik va boshqa 


25 
melioratsiyalarini qo’llash zarur, bunda ularni a’lohida qo’llashga nisbatan katta 
samara olinadi.
Melioratsiya samaradorligi tabiatdan foydalanishning keyingi intensivligiga 
ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi, u melioratsiyalangan yerlarda ma’lum bir 
xususiyatga ega, masalan, qishloq xo’jalik yerlarida maxsus dexqonchilik tizimi 
qo’llaniladi: maxsus navlar, ishlov berish tizimi va o’g’itlar. Zaxi qochirilgan 
o’rmon o’simliklari o’rmonchilikning maxsus uslublarini talab qiladi.
Erlarni 
melioratsiyalashda, 
avvalambor, 
geotizim 
komponentlari 
xususiyatlariga nisbatan yerdan foydalanuvchilarning talablari bilan aniqlashtirish 
zarur: ma’lum bir ekinlarni yetishtirishda tuproq xossalari qanday bo’lishi shart, 
yoki gruntlar - inshootlar, yo’llar uchun poydevor, suv xossalari ta’minoti yoki 
baliq yetishtirish uchun qanday bo’lishi zarur va h.k. Bunda melioratsiyaning bosh 
ob’ekti yoki meliorator mexnat predmeti tushunchalari bo’ladi. Qishloq xo’jalik 
yerlarini yaxshilashda bu tuproq bo’lib, u dexqon uchun eng muhim ishlab 
chiqarish vositasi yuzaga chiqadi. Ta’kidlash joizki, tuproq boshqa ishlab chiqarish 
vositalari (mashinalar, o’g’itlar, kasallik v zararkunandalar bilan kurashish 
vositalari, o’g’itlar) unikal hususiyatga-emirilmaslikga ega. Tuproqqa mos 
miqdorda va sifatda tirik va moddiylashtirilgan mehnat sarf etilganda tuproq 
ist’emol qiymatini, ya’ni unumdorligini saqlash va yanada oshirish qobiliyatiga 
ega. Ushbu holat qishloq xo’jaligi yerlarini melioratsiyalash bosh maqsadini - 
tuproq unumdorligini kengroq to’ldirish, qayta ishlab chiqarishni shakllantiradi. 
Ushbu maqsadga erishish, maksimal hosilni qanday qilib bo’lmasin olish emas, 
shu jumladan, tuproqning sifatlari yo’qolishi ham, yerdan foydalanuvchilarning 
uzoq muddatli hohishlarini ta’minlaydi. Maqsadning bunday ta’riflanishi 
agrogeosistema mustahkamligini ham ta’minlaydi, chunki unumdor tuproqlar 
mustahkamliroq, demak, melioratsiyani tabiiy tejamkor qiladi.
Shunisi ravshanki, inson tuproqning unumdorligini faqat unumdorlik uchun 
oshirmaydi. Uni oshirish bilan inson ma’lum bir ekinlardan yuqori hosil olish 
haqida ham harakat qiladi, bu ham shuningdek, melioratsiya maqsadiga kiritilishi 


26 
lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ekin talablari va tuproq talablari har 
doim ham bir-biriga mos kelmaydi, ular qarama-qarshi bo’lishi mumkin. Masalan, 
ekinlar hamma vaqt tuproqning mumkin qadar yuqori namliligini talab etadi, 
ammo tuproqning o’zi uchun oshiqcha namlik to’g’ri kelmaydi, chunki bunda 
uning yuviluvchanligi oshadi, gumus to’planish yomonlashadi. Ushbu qarama-
qarshilikni yechishning oddiy bo’lmagan muammosi yuzaga keladi. Ekin va tuproq 
talablarini 
tuproqning 
unumdorligini 
saqlash 
va 
oshirish 
ma’nosida 
optimallashtirish yoki muvafiqlashtirish tajribasi shuni ko’rsatadiki, eng yuqori 
hosilga nisbatan kamroq hosil olishni nazarda tutish lozim. Bu nafaqat 
agrosisteama mustahkamligini oshiribgina qolmasdan, sug’orma dehonchilikda-
hammasidan 
oldin 
sug’orish 
me’yorlarini 
kamaytirish, 
natijasida 
melioratsiyalangan geotizimga ham, yon veridagi maydonga ham tushadigan 
yuklama kamayadi.
O’zbekiston Respublikasi jami yer maydoni 447,7 ming km
2
bo’lib, ulardan 
4,25 mln. gektari sug’oriladi. Sug’orma dehqonchilik qilinadigan yerlarda 
yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsuloti 97% ni tashkil etadi, ushbu yerlarni 
sug’orish uchun har yili 57 km
3
dan oshiq miqdorda suv sarflanadi. Viloyatlar, 
tumanlar, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklariga suvni yetkazib berish uchun 
gidromelioratsiya tizimlari mavjud, jumladan 61 ta suv ombori (jami sig’imi 15 
km
3
) 47 ming dona xo’jaliklararo va 118200 ta dona xo’jalik ichki gidrotexnik 
inshootlari, 28000 km xo’jaliklararo sug’orish kanallari, ulardan 10712 km 
betonlashgan va 170000 km xo’jalik ichki sug’orish kanallari (ulardan faqatgina 
14% betonlashgan), 18000 donadan ortiq suv o’lchagichlari ishlatilmoqda. 
Sug’oriladigan dalalarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 30000 km 
xo’jaliklararo va 105000 km xo’jalik ichki kollektorzovurlar (jumladan yopiq-
yotiq drenajlar 43000 km, ya’ni 40 %), 3645 dona tik drenaj mavjud. Sug’orish 
tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,58 ga teng, ya’ni olinadigan suvning 42 
% i isrof bo’lmoqda, bu 25 km
3
suv hajmini tashkil etadi.


27 
Qurg’oqchil 
mintaqalarda 
joylashgan 
respublikamiznig 
turli 
xil 
tabiiyxo’jalik sharoitlariga ega bo’lgan va hozirgi suv taqchilligi kuchayib 
borayotgan hududlarida sug’orish melioratsiyasi tadbirlarining asoslarini o’rganish 
talab etiladi. Ulardan tashqari, respublikamizda 2,5 mln. ga ga yaqin yerlar turli 
darajada sho’rlangan yoki sho’rlanish va botqoqlanishga mutanosib yerlarni tashkil 
etadi, ushbu yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, tuproqning 
meliorativ holatini yaxshilash, zax qochirish va sho’rlanishga qarshi kurashishning 
ilmiy, texnik asoslariga tayangan holda kompleks chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni taqozo etadi.

Download 10,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish