Odam hayot kechirar ekan, juda o ‘xshash ta’sirlovchilarni bir-biridan ajratishga majbur. Bu murakkab jarayon, ya’ni ta’sirlovchilarni bir-biridan ajratish yoki tafovut qilish qobiliyati ichki tormozlanish tufayligina mumkin boiadi. Shartli signal har xil ta’sir etganla qo‘zg‘alish neokorteksning bevosita ta’sirlanadigan neyronlardan qo‘shni neyronlarga tarqaladi ya’ni irradiatsiya boiadi. Bu ta’sirlovchilar vaqtincha aloqa mexanizmiga tortiladi. Buning asosida afferent va efferent generalizatsiya yotibdi, asosiy sharti ta sirlovchilarga o ‘xshagan yoki yaqin boigan ta’sirlovchilar ham shartli rcflektor reaksiyalarni amalga oshiriladi. Qo‘zg‘alish jarayoni miya po‘stlog‘ining sensor mintaqalarida, asosan Mssotsiativ mintaqalarida ko‘pgina asab yoilari (gorizontal tolalar) tufayli r.ir qismdan ikkinchi qismga o ‘tadi. Qo‘zg‘alish irradiatsiyasida boya aytgan gorizontal yo‘llar bilan bir qatorda vertikal yo*llar: neokorteks – neokorteks osti - neokorteks yo‘llar orqali o ‘tuvchi yo‘llar ham muhim rol o ‘ynaydi (Karamyan, 1991). Shartli ta’sirlovchilarni tafovutlash (farqlash) jarayonida ichki
tormozlanish irradiatsiyasini cheklab, neyronlarning muayyan guruhlarida qo‘zg‘alish dastlabki o ‘chog‘da to‘planadi ya’ni konsentratsiya bo‘ladi. Tormozlovchi shartli signal ta’sir etganda shu ta’sirotni idrok etuvchi neokorteks neyronlarida tormozlanish jarayoni ro‘y beradi, bu jarayon avval po‘stloqda yoyiladi (irradiatsiya), so‘ngra boshlang‘ich nuqtada to‘planadi (konsentratsiya). Irradiatsiya va konsentratsiyadan tashqari, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining harakatida yana bir xususiyat bor. Bosh miya po‘stlog*ida induksiya degan hodisa ham го‘у berib turadi. Bu hodisa shundan iboratki, konsentratsiyalangan (to‘plangan) qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining tevarak atrofdagi qismlarida qo‘zg‘alishga qarama-qarshi jarayoni, ya’ni tormozlanish jarayonini vujudga keltiradi. Bunday tormozlanish manfiy induksiya deb ataladi. Konsentratsiyalangan tormozlanish jarayoni esa, bosh miya po‘stlog‘ining tevarak-atrofdagi qismlarida qo‘zg‘alish jarayonini vujudga keltiradi. Bunday qo‘zg‘alish musbat induksiya deb ataladi. Shunday qilib, bosh miya po‘stlog‘idagi jarayonlarning murakkab harakati irradiatsiya, konsentratsiya va induksiya hodisalari bilan bog‘langandir. Har bir lahzada qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari birbiriga murakkab ta’sir ko‘rsatadi, neokorteksning turli qismlarida qo‘zg‘alish va tormozlanish o ‘chog‘lari vujudga keladi, shu bilan birga ba’zi o ‘chog‘lar so‘nib, boshqa o ‘chog‘lar paydo bo‘lib turadi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining ana shunday murakkab o ‘zaro ta’sir ko‘rsatishga I.P.Pavlov funksional mozaika deb nom bergan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |