97
SubJ_lECt (o‘qituvchilarning o‘quv fanlari)
lECturEr_iD
SubJECt_iD
24
10
46
22
74
43
108
56
276
94
328
73
LECTURER_ID – o‘qituvchi identifikatori
SUBJECT_ID – o‘qitiladigan fan identifikatori
6.3. oddiy SElECt so‘rovlari
SElECt
(tanlash) SQL tilining eng muhim va ko‘p ishlati-
ladigan ope ratori hisoblanadi. U ma’lumotlar bazasi jadvalidan
axborotlarni tanlab olish uchun mo‘ljallangan.
SElECt
operatori sodda holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
SELECT [DISTINCT]
fROM
[WHERE]
[ORDER BY]
[GROUP BY]
[HAVING]
[UNION];
Bu yerda kvadrat qavslarda yozilgan elementlar har doim ham
yozilishi shart emas.
SELECT xizmatchi so‘zi ma’lumotlar bazasidan axborotni tan-
lab olish operatorini anglatadi.
SElECt
so‘zidan keyin bir-biri-
dan vergul bilan ajratib so‘ralayotgan maydon nomlari (atributlar
ro‘yxati) yoziladi. SELECT so‘rov operatorining zarur xizmatchi
so‘zi fROM hisoblanadi. fROM so‘zidan keyin axborot olinayot-
gan jadval nomlari bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi.
Masalan:
SELECT NAME, SURNAME fROM STUDENT;
Ixtiyoriy SQL so‘rov operatori nuqta vergul «;» simvoli bilan
tugaydi.
Keltirilgan so‘rov STUDENT jadvalidan NAME va SUR-
NAME maydonlarning barcha qiymatlarini ajratib olishni amal-
ga oshiradi.
98
6.4. So‘rovlarda maxsus operatorlarni ishlatish
All (barchasi) xizmatchi so‘zi distinct nisbatan teskari ta’sir
qiladi, ya’ni natijaga takrorlanuvchi ma’lumotlarni qo‘shib chiqa-
ra di. SELECT operatorida shartlarni yozish uchun Where (qayer-
da) kalit so‘zi ishlatiladi. Bu so‘z bilan beriladigan shart yordami-
da jadvaldan qaysi satrlar tanlab olinishi kerakligi ko‘rsatiladi.
So‘rov natijasidan iborat jadvalga Where da ko‘rsatilgan shartni
qanoatlantiruvchi (rost) satrlargina kiritiladi. Masalan: Petrov
familiyali talabaning familiya va ismini chiqarish uchun quyidagi
so‘rov yoziladi:
Select SURNAME, NAME from student
Where SURNAME ='Petrov'
Shartda ishlatiladigan amallar. Shartda solishtirish va man-
tiqiy amallar ishlatilishi mumkin: Solishtirish amallari = (teng),
<>(teng emas), >=(katta yoki teng), <=(kichik yoki teng), <(ki-
chik), >(katta).
Mantiqiy amallar: AND, OR, NOT
Masalan: 3-kursda o‘qiydigan va stipendiya oladigan tala-
balarning ismi va familiyasini chiqarish so‘rovini tuzing:
Select NAME, SURNAME from STUDENT
Where Kurs=3 AND STIPEND>0;
iN, bEtWEEN, liKE, iS Null operatorlari. WHErE
para-
metrida mantiqiy shartlarni berishda
iN, bEtWEEN, liKE, iS
Null
parametrlarni ishlatish mumkin. IN operatori (ro‘yxatdagi
ixtiyoriy elementga teng) va
Not iN
(ro‘yxatdagi birorta ham
ele mentga teng emas) tekshirilayotgan maydon qiymatini berilgan
ro‘yxat bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Bu qiymatlar ro‘yxati
IN operatorining o‘ng tomonida yoziladi. IN operatori ishlatib
qurilgan shart rost deb hisoblanadi, agarda IN chap tomonida
yozilgan maydon qiymati INdan o‘ng tomonda qavs ichida yozil-
gan maydon qiymatlaridan biri bilan bir xil bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: