75
Date
Sana ma’lumotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Mum-
kin bo‘lgan qiymatlar chegarasi (diapazoni) 1-yanvar
0100-yil to 31-dekabr 9999-yil. Talab etiladigan xotira
hajmi 8 bayt
Double
Suzuvchi nuqtali ikkilangan (yuqori) aniqlikdagi sonli
qiymatlar. Manfiy sonlar uchun mumkin bo‘lgan qiy-
matlar diapazoni – 1,79769313486232E–308 dan –
4,94065645841247E – 324 musbat sonlar uchun mum-
kin bo‘lgan diapazon 4,94065645841247E – 24 dan
1,79769313486232E308 gacha. Talab etiladigan xotira
hajmi 8 bayt, ma’lumot toifasini sukut bilan aniqlash
uchun # belgisi ishlatiladi
Integer
Qisqa butun sonli qiymatlar uchun. Mumkin bo‘lgan
qiymatlar diapazoni – 32768 dan 32767 gacha talab
etiladigan xotira hajmi 2 bayt, sukut bilan ma’lumot
toifasini aniqlash uchun % belgi ishlatiladi
Long
Uzun butun sonli qiymatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan
diapazoni – 2147483648 dan 2147483647 talab etiladi-
gan xotira hajmi 4 bayt. Sukut bilan ma’lumot
toifasini
aniqlash & belgisi qo‘yiladi
Object
Obyektlarga murojaatni saqlash uchun ishlatiladi. Ta-
lab etiladigan xotira hajmi 4 bayt
Single
Oddiy aniqlikdagi suzuvchi nuqtali sonli qiymatlar.
Manfiy sonlar qiymatlarining mumkin bo‘lgan diapa-
zoni – 3,402823 E–38 dan to – 1,401298 E – 45 ga-
cha. Talab qilinadigan xotira hajmi 4 bayt. Sukut bilan
toifani aniqlash uchun «!» simvoli ishlatiladi
String
Satrli qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Satr uzun-
ligi 0 dan to 64 Kb gacha. Bitta simvolga 1 bayt xotira
talab etiladi. Sukut bilan toifani aniqlash uchun «$»
simvoli ishlatiladi
Variant
Har xil toifali ma’lumotlarni
saqlash uchun ishlatilishi
mumkin. Satr uzunligi 16 bayt plus 1 bayt satrli qiy-
matlarning har bir simvoli uchun. Sukut bilan toifani
aniqlash ishlatilmaydi
foydalanuvchi aniq-
laydigan toifa
foydalanuvchi aniqlaydigan ma’lumot toifasi. Ajratil-
gan xotira hajmi ma’lumot toifasiga bog‘liq
O‘zgaruvchilarni tavsiflaganda ma’lumot toifasini ko‘rsatmasa
ham (tushirib qoldirish) bo‘ladi. Bunday hollarda o‘zgaruvchi
toifasi o‘zgaruvchi nomi oxirgi belgisi bilan saqlanadi: bunda
76
belgilar @, #, $, %, &, !
mos ravishda currency, double, integer,
long, single yoki stringga mos keladi.
Masalan, $ belgi satrli ma’lumot toifalarini aniqlovchi belgi
bo‘lganligi uchun text$ nomli o‘zgaruvchi avtomatik ravishda sim-
vollar satri toifalaridagi o‘zgaruvchi bo‘lib hisoblanadi. Agar oxir-
gi belgi (simvol) yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan belgilardan birortasi
ham bo‘lmasa (ishlatilmasa) va toifa oshkor ko‘rsatilmasa, unda
bunday o‘zgaruvchiga sukut bilan variant ma’lumot toifasi ta-
yinlanadi. Bunday toifali o‘zgaruvchida ma’lumotlarning
ixtiyoriy
toifasini saqlash mumkin.
Bitta protsedura ichida o‘zgaruvchining oxirida faqat ma’lumot
toifasi bilan farqlanuvchi o‘zgaruvchilarni ishlatib bo‘lmaydi.
Masalan, bir vaqtda Var$ va Var% o‘zgaruvchi ishlatilishiga rux-
sat berilmaydi. Shuningdek, nomi oxirida toifani aniqlovchi (sim-
vol) belgi bo‘lgan o‘zgaruvchilarni tavsiflovchi
toifasi> yordamida e’lon qilishga ruxsat berilmaydi.
Masalan, quyidagi e’lon qilishdan keyin xatolik haqida xabar
olamiz:
Dim Var1$ As STRING
Dim Vas2% As Integer
Protsedura yoki funksiyalar argumentlarining ma’lumot toi-
falarini aniq lash uchun protsedura yoki funksiyaning bevosita sar-
lavhasi ma’lumot toifasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Masalan,
protsedurani quyidagi bosh satrda satrli o‘zgaruvchilarning para-
metrlari tavsiflangan.
Sub SplitStr(strl As String, str2 As String, str3 As String).
funksiya qaytayotgan funksiya qiymatining toifasi funksiya
bosh sat rining oxirida ko‘rsatiladi. Masalan:
function finddplitspace (str1 As string) As Integer
funksiya qaytarayotgan qiymatni qisqa toifali o‘zgaruvchi
kabi tavsif lanadi. Nomlanuvchi konstantalarni ishlatishni ko‘rib
chiqamiz. Ularni tavsiflash uchun const operatori ishlatiladi. Bu
operatorlarning yozilish sintaksisi quyidagicha:
Const < konstanta nomi> (As< ma’lumot toifasi>)=
Bu yerda bu ixtiyoriy qiymat yoki hisoblangan qiy-
matni konstanta sifatida ishlatadigan formula. Masalan, quyidagi
operator Maxlen% butun qiymatli konstanta saqlaydi.
Const Maxlen%=30
77
foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan konstantalardan
tashqari oldindan aniqlangan tizim konstantalar ham mavjud.
Kiritilgan konstantalar nomida standart kelishuvlardan foyda-
lanadi. Bu kelishuvlar konstantani qaysi ilova obyektlariga tegishli
ekanligini aniq lashga imkon beradi. Masalan, Access obyektlariga
tegishli kiritilgan konstantalar Ac old qo‘shimchasi bilan boshla-
nadi. Excel ga tegishlilari «xl» old qo‘shimchasi bilan boshlanadi
va h.k. Masalan,
Doc2.Openform
Ac Normal stlinkCriteria komanda
Ac Normal komandada Access qurilgan konstantasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: