~ 38 ~
Davlatimiz raxbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy
hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa
sifatida belgilanib, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
deb e’lon qilingan edi.
Boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohalarida yagona vakolatli organ etib
belgilanib, Vazirlik qoshida “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”
hamda “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” tashkil qilinmoqda.
2020-2022
yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar va dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada
rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha jami 268 ta loyihalarni amalga
oshirish rejalashtirilmoqda.
Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, koronavirus infeksiyasini
tarqalishiga qarshi
kurashish va aholiga o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish davrida qo‘shimcha shart-sharoitlar
yaratish maqsadida 35 tadan ortiq tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Xususan, Elektron sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta, Elektron ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha 6 ta, Bank xizmatlari yo‘nalishi bo‘yicha 12 ta, Elektron davlat xizmatlarida 8
ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2020 yil davomida barcha tibbiyot muassasalari va maktabgacha
ta’lim tashkilotlari hamda 70 foiz maktablar keng polosali aloqa tarmoqlariga ulanadi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 2022 yilda elektron davlat xizmatlari
ulushini 60 % ga yetkazish hamda barcha hududlarda raqamli texnologiyalar o‘quv
markazlarini ochish, 2023 yilda esa raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki
mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirish hamda “raqamli” tadbirkorlik xizmatlar
hajmini 3 baravar oshirish va ularning eksportini 100 million
dollarga yetkazishga
erishiladi. [1]
Irlandiyaning Ookla kompaniyasi dunyodagi mobil va simli Internet tezligi
bo‘yicha Speedtest Global Indexning navbatdagi oylik reytingini 2020 yil mart oyi
holatiga e’lon qildi. O‘zbekiston yana bir marotaba simli Internet tezligi barqaror
o‘sishini
namoyish etdi, 7 pog‘ona tepaga ko‘tarildi. Shu bilan birga, mobil Internet
tezligi pasayib ketdi.
Speedtest Global Indexning simli Internet tezligi (Fixed Broadband) reytingiga
ko‘ra Singapur 197,26 Mb/s ko‘rsatkich bilan 1 o‘rinda, Gong Kong 168,99 Mb/s,
Ruminiya 151,55 Mb/s. Bizning mamlakatimiz esa bu reytingda 176 mamlakat ichida
95 o‘rinni egallab turibdi. Mart oyida simli Internet tezligi 26,5 Mb/s dan 26,92 Mb/s
(Download) ga o‘sdi (Diagramma-1).
Diagramma-1
40
40
Manba:
www.speedtest.net
~ 39 ~
Mobil Internet tezligi bo‘yicha reytingni Birlashgan Arab Amirliklari 83,52 Mb/s
bilan
boshlab berib, Janubiy Koreya 81,39 Mb/s, Qatar 78,38 Mb/s ni ko‘rsatadi. Bu
reytingda O‘zbekiston 2020 yil fevral oyiga nisbatan o‘z pozitsiyasini yaxshilab, 133 –
o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, mobil Internet tezligi 10,09 Mb/s dan 10,07 Mb/s
(download) gacha pasaydi. Reytingning ko‘tarilishi, tezlikning pasayishiga qaramay,
mamlakatimiz reytingida bizdan keyin bo‘lgan davlatlar mobil Internetda yanada
ko‘proq pasayganliklari bilan izohlanadi (Diagramma-2). [2]
Diagramma-2
41
Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi turli xil tendensiyaga ega.
(Diagramma-3)
Do'stlaringiz bilan baham: