~ 289 ~
Ma’lumki, ingliz tilida maqol atamasi “proverb” so‘zi bilan ifodalanadi.
Shuningdek, adages, dictums, saws, maxims, truisms kabi so‘zlar ham og‘izdan og‘izga
o‘tib yuruvchi, ixcham shakldagi mazmunli so‘z ma’nosini beradi.
Ingliz maqollari ham ingliz folklorshunosligidagi keng tarqalgan janr bo‘lib,
o‘zbek xalq maqollari bilan o‘zaro umumiy va xususiy, o‘xshash va
farqli jihatlarga
egadir.
Maqollar mazmunida torayish va kengayishlar ham kuzatiladiki, ular tarixiylik
prinsipi asosida o‘rganiladi.Aytaylik,qachonlardir keng iste’molda bo‘lgan maqollar
vaqtlar o‘tishi bilan iste’moldan chiqadi.Masalan,ingliz tilidagi “a
fools bolt is soon
short” maqolini olaylik. Tarjimasi “Ahmoqning kamon o‘qi tezda otilar”. Maqolning
o‘zbek tilidagi muqobil varianti esa “Ahmoqning boshiga aqlni yopishtirib qo‘ysang,
qo‘li bilan ko‘chirib tashlaydi”. Maqolda qo‘llanilgan “bolt” so‘zi “kamon o‘qi” bo‘lib,
tarixan inglizlarning maishiy quroli bo‘lganligidan darak beradi. Bejizga atoqli rus
yozuvchisi Tolstoy “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini
ko‘raman” deb aytmagan.
Ibratlilik butun dunyo xalq maqollariga xos belgi sanaladi.Maqollar xalqaro adabiy
janr sifatida o‘zida ibratli fikrni ifoda etishi kerak. Maqollar pand-nasihat ruhiga
yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim va bu jihat barcha xalq maqollariga tegishli. “A bad excuse is
better than none”. Tarjimasi xohlamasdan uzr so‘rash umuman so‘ramagandan ko‘ra
yaxshiroqdir. O‘zbekcha “Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq
qinidan chiqar” maqolini uning muqobili sifatida ko‘rsatish mumkin.
Ingliz va o‘zbek maqollari nafaqat
ibratlilik ruhidaligi bilan,balkim tuzilish va
shakl jihatidan ham bir-biriga o‘xshaydi. O‘zbek tilidagi bir qismli va ikki qismli
maqollar ingliz tilida ham uchraydi. “The absent is always in the wrong”- bu maqol
tuzilishiga ko‘ra bir qismli bo‘lib, “O‘zi yo‘qning ko‘zi yo‘q” deya tarjima qilinadi.
“Actions speak louder than words”- “Gap bilguncha-ish bil”. Ingliz tilida bunday bir
qismli maqollarga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Shuningdek, ikki qismli maqollar ham mavjud:
After
dinner sit a while,
After supper walk a mile.
O‘zbek tilida bunday maqollar “Ona yurting omon bo‘lsa,rang-u ro‘ying somon
bo‘lmas” kabi qoliplarda ko‘plab uchraydi.
Bir va ikki qismli maqollar o‘zbek va ingliz tillarida bir xil tarzda ko‘plab uchrasa
ham, to‘rt komponentli maqollarni ingliz tilida uchratish qiyin.
O‘zbek tilida maqollar shakliga ko‘ra nasriy va she’riy turlarga ajratiladi.Nasriy
maqollar ingliz tilida ham ko‘plab uchraydi.”Barking dogs seldom bit”- “Qopag‘on it
tishini ko‘rsatmas”
She’riy maqollar o‘zbek tilida ko‘plab uchraydi:
Oltovlon ola bo‘lsa,
~ 290 ~
Og‘zidagin oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa,
Tepadagin endirar.
O‘zbek poetikasining badiiy bezaklari hisoblangan o‘xshatish, qofiya, vazn,
alleteratsiya kabilar bunday maqollarning ohangdorligini ta’minlaydi. Bunday she’riy
maqollar ko‘proq o‘zbek tiliga xos va ularni ingliz tilida uchratish dargumon.
O‘zbek va ingliz maqollari o‘rtasidagi umumiy jihatlardan yana biri bu ingliz
folklorida ham o‘zbek folklorshunosligidagi kabi maqol, matal va hikmatli so‘zlar
o‘rtasidagi farqlarni aniqlash masalasidir. Ingliz tilida “proverb” deya ataluvchi
maqollar, “saying” ya’ni maqollar va “riddle” topishmoqlar o‘rtasiga
buyuk Xitoy
devorini qo‘yib bo‘lmaydi, biroq ularni bir-biridan farqlovchi belgilarning hali-hanuz
aniqlanmaganligi fanning asosiy muammolaridan biridir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, maqollar har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi
ko‘zgudir. Biroq ingliz tilida shunday maqollar borki, ular o‘zbek maqollariga mutlaqo
mos tushadi.Masalan, “Dogs bark, but caravan goes on”. O‘zbek tilida ko‘plab
qo‘llaniluvchi “It hurar, karvon o‘tar” maqoli yuqoridagi naqlning aynan o‘zidir. “When
the cat is away, the mice will play”- ushbu maqol ham “Mushuk bo‘lmasa sichqon
bayram qiladi” yoki, “Sulaymon o‘lib, devlar qutilibdi” kabi paraleogik birikmalarga
mutlaqo mos tushadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘zbek va ingliz xaq maqollari o‘zaro umumiy va
farqli jihatlarga ega: Anonim tarzda yaratilishi, o‘zida millatning
asrlik tarixini ifoda
etishi, og‘izdan og‘izga ko‘chib yurishi va shu holda mavjudligi bilan umumiylik kasb
etsa, tuzilishi, shakl-mazmuni bilan o‘zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: