ҚИРҚ олтинчи илмий-амалий конференцияси материаллари


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/185
Sana08.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#644261
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185
Bog'liq
Talabalar konferensiyasi 2020.05.22

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
O. Madayev. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi.Toshkent:Mumtoz so‘z.2010. 
2.
Z. Husainova. Xalq topishmoqlari. G‘ofur G‘ulom.1981
3.
O. Madayev, T. Sobitova. Xalq og‘zaki poetik ijodi.Toshkent.2010 
MENGZIYO SAFAROV IJODIDA INSON VA TABIAT TASVIRI
 
Xo‘janova Nasiba Choriyevna O‘zbek filologiyasi fakulteti, o‘zbek tili ta’lim 
yo‘nalishi 2- kurs talabasi. 
Ilmiy rahbar: Filologiya fanlari nomzodi Normat Yo‘ldoshev

Vohamiz ijodkorlari orasida Mengziyo Safarovning alohida o‘rni bor. Yozuvchi 
o‘tgan asrning 70-yillarida adabiyotimizga kirib keldi. " Turnalar uchadi", " Olis qirlar 
ortida", " Ona yer qo‘shig‘i", " Payg‘ambar oroli", "Bobotog" kabi qissa va esselarida 
adib o‘lka tabiatining ulkan bilimdoni sifatida korinadi. Bu asarlarda Mengziyo Safarov 
nafaqat yozuvchi, balki tarixchi, qadimshunos olim sifatida ham ko‘z oldimizda 
namoyon bo‘ladi. " U butun ijod yo‘li davomida inson va tabiat orasidan uyg‘unlik 
izladi". Uning asarlarida tabiat gapiradi, harakat qiladi. "... Tog‘ to‘shlari oppoq qor,poyi 


~ 154 ~ 
esa harir libos yuziga tortgan bahor. Bahorning ilk elchisi-adirdagi nimjon imillagan 
qishni hurkitmoqchidek uning qoqshol panjasi -qor qatlami etagidan tutib olgan , ustma-
ust zug‘um qiladi: goh chimo‘tni qorga ko‘madi,goh saharda zaharli izg‘irin 
purkab,yaxmalakka zanjirtob o‘raydi.U esa qasdma-qasdiga olib,tobora rang 
ochadi.Qish bu xarxasha, yopishqoq qo‘shnidan chekinadi,oq ko‘rpasini shosha- pisha 
yig‘a ketadi". Bu xil tasvirlar kitobxondagi ona tabiatga mehr hissini junbishga 
keltiradi,o‘zi ham shu ona tabiat farzandi ekanini eslatib turadi. Ulug‘ rus shoiri Pushkin 
"Tabiat uyqu sukutini allalaydi" deganda haq edi. Yozuvchi uzoq yillar davomida
Amudaryodagi "Payg‘ambar oroli" qo‘riqxonasida direktor o‘rinbosari lavozimida 
ishladi .Bu yillarda hudud hayotini o‘rgandi, materiallar yig‘di. Shu kuzatishlar 
natijasida "Katta daryodagi kichik orollar" turkumidagi asarlari yuzaga keldi. Bu 
turkumdagi ilk asar " Ayrishox" qissasidir. 
Bu qissa yozuvchining shoh asaridir. Asar voqealari Amu sohillari va Bobotog‘ 
etaklariga tutashib ketgan Qobadiyon va Xontog‘ay dashtlarida bo‘lib o‘tadi. Asarda 
"Jahongir Chingizxonni mag‘rurligi, go‘zalligi bilan lol qoldirgan, shunday shafqatsiz 
fotihdan omon qolgan, ammo bugunga kelib arzimas sabablarga ko‘ra qirilib ketayotgan 
Bug‘ular, shaxsiy hayotda omadi kelmagan, tabiat jonkuyari Suyar Suyun, "yuzida 
umidsizlik ko‘lankasi soya solgan", befarzand Oynovvot," hayot va baxt o‘g‘risi", 
tiriklikning eng muqaddas ildiziga bolta urishdan ham tolmaydigan Botir obrazlari 
yorqin aks ettirilgan. 
Buxoro bug‘usi - xongullar! Bunga mahliyo bo‘lmagan inson bu olamda topilmasa 
kerak. Xongullar o‘z erkini muqaddas bilgan tanti hayvondir. Yozuvchi yozadi" 
"Erksevarliging boshingga ming xil kulfat, balo- qazolar yog‘diradi.Erk har qanday 
qulaylik, farog‘atdan yuksak. Dono ajdodlar maqtagan xosiyating ham shu xislating 
bo‘lsa kerak.Hurriyatning timsoli uchqur asov zotsizlar, so‘nggi istak , xilqat emas-
insonning hali ochilib ulgurmagan notinch xayol,parvozga mahbub tuyg‘ularisiz". Asar 
qahramoni "Ayrishox" dastlab odamlar orasida voyaga yetadi.Bug‘u ulg‘aygach 
odamlar uni o‘z qavmiga-to‘dasiga qaytaradi.Bug‘u insonlarga xos mehrni ham, 
razolatni ham ko‘radi, ya’ni "hazrati inson" bu nodir hayvon qulog‘iga olovli tamg‘a 
bosadi. Ona bug‘u shunday o‘ylaydi: "- Qo‘rqma,ular meni boqdi. Keyin shu yurtga 
keltirishdi va to‘dangni topib ol, deyishdi. Qulog‘imdan cho‘zishib olov tamg‘a 
bosishdi. Qulog‘imdagi tamg‘a ulardan ulgu,odamlar ming yaxshi bo‘lgani bilan, 
ulardan olisroq yurgan afzal". Tiriklik qavmida insonchalik buyuk zot ham,insonchalik 
nokas zot ham yo‘q. Hatto qondoshiga xusumat illati ham faqat shu qavmga 
xos."Bugungi kunda juda oz qolgan noyob bu hayvonni odamlar tutib, hayu- havas hovli 
bezagi qilishsa , ovchi esa ko‘rgan yerida otsa, bu antiqa hayvonlar qirilib bitadiku" - 
deya ozorlanadi adib. Bu asarni o‘qiyturib, beixtiyor Chingiz Aymatovning "Oq 
kemasi"dagi Shoxdor ona bug‘u haqidagi rivoyat esga tushadi. Ona bug‘u ham dastlab 
insonlarga do‘st edi. Lekin odamlar shonu- shuhrat ilinjida bug‘ularni o‘ldirib, ularning 
shoxlarini o‘z ajdodlari qabriga bug‘ushox o‘rnatishni o‘ylab topishadi, natijada 
bug‘ularga qirg‘in keladi. Go‘zallikni toptab o‘ldirib bo‘ladimi? Go‘zallik xazon 
bo‘lgan joyda razolat va qabohat chechak otadiku! Adib ona tabiatning atrof-muhitning 
,tabiat yaratgan go‘zallik, boylikning ehtirosli himoyachisi bo‘lib maydonga chiqadi. 
Yozuvchi bu bilan yurtga mengzatilgan hayvonlarlarning qirilib ketishiga oddiy 
tomoshabin bo‘lib qolmayapmizmikin? - deb o‘ylaydi. 


~ 155 ~ 
2. "Yozuvchi ijodini yaxshi bilishni istasang , avvalo, u tug‘ilib- o‘sgan joyni ko‘r 
"- deydilar.Chunki oila, odamlar, atrof- muhit xotirasida o‘chmas iz qoldiradi,asarlari 
mavzusiga , obrazlariga, tafakkur tarziga o‘ziga xos jilo baxsh etadi , bir umr shu 
manbadan ma’naviy ozuqa oladi.Buni ulkan ijodkorlarning o‘zlari ham e’tirof etishadi. 
Mengziyo Safarov surxondaryoliklar hayotini, Surxondaryo koloritini adabiyotga olib 
kirishga intildi.Uning barcha asarlari Surxondaryoning o‘tmishi va buguni haqida, 
barcha qahramonlari surxondaryoliklar,ya’ni siz-u biz bilgan oddiy odamlardir.Asardagi 
har bir qahramon go‘yo hayotning o‘zidan shundaygina ko‘chirib olinganga o‘xshaydi. 
Asardagi eng xarakterli obrazlardan biri Botir obrazidir. U dastlab bug‘uni otish 
uchun kelgan edi. Aslidaku, uning niyati yomon emas edi, yani uning maqsadi: 
"Go‘daklik yillarida bir bug‘uchani boqqan, keyin uni qizaloqdan majburlab tortib 
olishgan, o‘shandan qizchaning diydasi qotgan", ulg‘ayib turmush qurib farzand 
ko‘rmagan, befarzandlikning davosi allaqanday eshonning tavsiyasiga ko‘ra dam 
solingan bug‘u go‘shtini yeyish kerak bo‘lgan ayolga yordam berish! Lekin u Suyar 
Suyun kabi hayotini bug‘ularni asrashga baxshida etgan insonlar bilan tanishib fikri 
o‘zgaradi. 
Asosiy obrazlardan yana biri Oynovvot obrazidir.Yozuvchi uni "xastadil" yuzida 
nur, joziba o‘rniga "bemavrid parishonlik" egallagan deb ta’riflaydi. Oynovvotni 
befarzand ayollargagina xos "zaifona xokisorlik" allaqachon o‘z iskanjasiga olgan , 
undan qutilish chorasiga bo‘lgan ishonch so‘ngan. Uning eri qovog‘i soliq Bahodirning 
ham chehrasida shu umidsizlik aks etgan. Bu obraz ham bizga "Oq kema"dagi " 
xushnud damlari kamdan- kam bo‘ladigan", doim g‘amgin va tajang, "farzandi 
bo‘lganda butunlay o‘zgacha yuradigan" Bekey xolani eslatadi. Bu yozuvchining 
Chingiz Aytmatov asaridan ijodiy ta’sirlanish natijasi deyish mumkin. Yozuvchining 
qadri va martabasi ,obro‘yi va mavqei uning ma’naviy hayotimizga qo‘shgan hissasi 
bilan belgilanadi. 
Tanqidchilarimizdan biri "Asarni birov o‘qimasa - bu fojea, bu ma’naviy halokat" 
degan edi. Nazarimizda, asarning amaliy ahamiyati bo‘lmasa, bu ham fojea. Shu 
ma’noda Mengziyo Safarov asarlarining ahamiyati shundaki, yozuvchi inson va tabiat 
qanchalik bog‘liqligini, o‘zligini tanigan insongina tabiat, umr, ezgulik qadriga 
yetishini uqtiradi. Yozuvchi tabiat bilan chambarchas bog‘liqligini anglamagan, bunday 
hayajonni his qilmagan inson umri zanglagan umrdir deydi. 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish