Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorlik



Download 136,27 Kb.
bet2/10
Sana01.02.2023
Hajmi136,27 Kb.
#906445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
19-mavzu. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorl

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi.
Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirish uchun turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. SHunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.



Iqtisodiy sikl fazalari 23.1 -rasm.


Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIX va XX asr birinchi yarimidagi sikllardan sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda faqat ikki faza retsessiya va yuksalish ajratiladi. Retsessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalish fazasi esa jonlinish va o‘sishni qamrab oladi.


Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi retsessiya deb nomlanadi.
a
t
iqtisodiy sikl.
Ko’rib chiqdikki, AQSh iqtisodiyotining uzoq muddatli tendensiyasi iqtisodiy o’sishning bir omili. Ammo, iqtisodiy o’sish odatda iqtisodiy sikl deb nomlanadigan iqtisodiy noturg’unlik davri tufayli to’xtab qoladi. Bir necha yillar mobaynida iqtisodiy sikl iqtisodiy faoliyat darajasini pasayib, ko’tarilish tendemsiyasini o’zgartirmoqda. Yakka tartibdagi ko’tarilib, pasayishlar davomiy va yuqori darajada o’zgarib bormoqda.
• Retsessiya yoki inqiroz umumiy ishlab chiqarish, daromad va ish bilan ta’minlanishdagi pasayish davri hisoblanadi. 6 oy yoki undan ham ko’proq vaqt mobaynida davom etadigan bunday davr iqtisodiyotning ko’p sektorlarida ish faoliyatining keng tarzda qiaqarishi bilan baholanadi. YIMdagi pasayishlar bilan bir qatorda, ishsizlikda sezilarli darajada ko’tarilshlar kuzatiladi. 7.2 jadval 1950 yildan beri AQShda 10 gayaqin inqirozlar kuzatilganidan darak beradi.
• Turg’unlik yoki inqiroz girdobida ishlab chiqarish va ish bilan




ta’minlanish o’zining eng past ko’rsatkichiga yetadi. Bu davr uzoq vaqt yoki qisqa vaqt mobaynida kechishib Inqirozdan keyin odatda jonlanish yoki tiklanish alomatlari sodir bo’ladi ya’ni daromad, ish bilan ta’minlanish darajasida ko’tarilishlar seziladi. Ba’zi vaqtlarda, iqtisodiyot yana o’zini avvalgi to’liq quvvat bilan imkoniyatlarini erisha boshlaydi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas. 1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40 foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi. Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta. Keyingi 10 yil ichida goh - gohida Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika, Germaniya va Janubiy Koreyada ham shu kabi inqirozlar kuzatildi2 3



  1. Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y

berishi
Sikllilik, ishlab chiqarishning davriy tushib turishi deyarli 200 yil davomida bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarga xos bo‘lgan.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariya eksternal nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalaming davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;

  • oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;

  • yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi;

  • ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.



Download 136,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish