- Bunga teskari bo’lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga bo’lgan talabning pasayishi, ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
- Demak, kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |