Eski va yangi dastur: farq nimada?
Bundan tashqari, ushbu dasturlarni qiyosiy taqqoslash 2008-yildagidan tubdan farqli ravishda, 2020-yilda Oʻzbekiston global iqtisodiy inqirozga nihoyatda keng qamrov va koʻlamda hamda nafaqat iqtisodiy, balki eng avvalo, har bir oila va insonning xotirjamligi omilini bosh ustuvor masala sifatida qabul qilib, juda jiddiy tayyorgarlik koʻrayotganidan dalolat beradi. Masalan, 2008-yilgi iqtisodiy dasturning asosiy mavzulari eksportni qoʻllab-quvvatlash, bank tizimining barqarorligini saqlab qolish hamda ishlab chiqarishda ish joylari qisqarib ketmasligiga eʼtibor qaratilgan edi. 2020-yilda boshlanayotgan global inqirozga qarshi iqtisodiy dastur markazidan esa mehnat resurslari ishlab chiqarishdan vaqtincha ajratilgan boʻlishiga qaramasdan, avvalo, aholining salomatligi va ijtimoiy taʼminoti, kichik va oʻrta biznesni asrab-avaylash, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari uchun investitsiya, kredit va soliq imtiyozlarining berilishidek strategik maqsadlar joy oldi. Zero, Prezidentimizning iqtisodiy dasturidagi bosh mezon bu inson omilidir.Xususan, aholining kam taʼminlangan qismini davlat tomonidan jiddiy ijtimoiy muhofaza qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va eksport surʼatlari pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik eng asosiy tamoyillar etib belgilangani diqqatga sazovordir. Eng muhimi, 2020-yilgi inqirozga qarshi chora-tadbirlar manzilli, ularni moliyalashtirish manbalari oʻta aniq va faqat real, mavjud resurslarga asoslangan boʻlib, mavhum tashqi omillardan yordamni kutmaganligi bilan ajralib turibdi.
XULOSA
Biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli ulkan maqsadlar, ya’ni zamonoviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, halqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash vazifasi barchamizdan birdamlikni, bir yoqadan bosh chiqarib, o’zimizni talab etadi.
2008 YILDA BOShLANGAN JAHON MOLIYaVIY-IQTISODIYINQIROZINING NAVBATDAGI TO’LQINI YeVROPADA YuZ BERIShI MUMKINLIGI TO’G’RISIDAGI BAShORATLAR DUNYo MIQYoSIDA YaNA KIChIK BIZNESNI RIVOJLANTIRIShNI DOLZARB MASALA SIFATIDA KUN TARTIBIGA KIRITA BOShLADI
Hayotning turli soha va tizimlarini rivojlantirib, jamiyatni harakatga keltiradigan tadbirkorlik eng og’ir muammo – ishsizlikni hal etishda muhim rol’ o’ynashini ta’kidlashga hojat bo’lmasa kerak.
Mutaxasislarning fikricha, kichik biznes yangi texnologiyalarni hayotga tadbiq etishda ham alohida faollik ko’rsatmoqda.
Ma’lumki, tarixda ham, bugungi kunlarimizda ham tadbirkor va ishbilarmon insonlar har qanday davlatning tayanchi va suyanchi, har qanday jamiyatning ustuni bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda.
Shu o’rinda XXI asrning 90-yillarida oyoqqa tura boshlagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari o’zining bardoshliligi bilan dunyoda yirik monopoliyalar hukmronligi to’g’risidagi qarashlarni chippakka chiqarayotganini alohida ta’kidlash joiz. Tan olish kerak: 90-yillarning o’rtalarida hatto AQShda ham kamida 20 kishidan iborat ish o’rni yaratgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami yangi ish o’rinlarining 60 foizini tashkil etgan edi. Ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida 25 million fuqaro ish bilan ta’minlangan bo’lsa, yirik korporasiyalar, aksincha, 3 millionta ish o’rnini qisqartirishga majbo’r bo’ldi. 2008 yilda boshlangan va hali hanuz davom etayotgan global inqiroz sharoitida ham aynan yirik korxonalar 30 million ishchi-xizmatchini bushatgani dunyo miqyosida kichik va xususiy biznesga nisbatan munosabatning tubdan o’zgarayotganini anglatadi.
2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Ya`niyuqorida aholining qariyb 80% ishga yaroqli qismi karantin sabab uyda o`tirgani haqida aytib o`tildi. Jahon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, agarda tegishli chora tadbirlar ko`rilmasa bu holat o`z – o`zida global iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |