Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi



Download 457,7 Kb.
bet2/6
Sana22.11.2022
Hajmi457,7 Kb.
#870509
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dinamik javovlar 1

Yalpi talab – uy xo’jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig’indisidir. Formula ko’rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:
AD = C + I + G + Xn.
Yalpi taklif – deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi.


  1. Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish.

Agar bozordagi ish haqi bmpIh (bozor muvozanatidan past ish haqi) nuqtasida to’xtasa, talab yuqori (yuT-b nuqtasi), taklif esa — past (pT-f nuqtasi) bo’ladi va talab taklifdan oshadi. Bunday sharoitda ish beruvchilar xodimlarni ishga olish uchun raqobatlashadilar, bu esa bozorda ish haqi muayyan darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Bunda quyidagi ikkita variant bo’lishi mumkin:
1. Ko’proq miqdordagi xodimlar bozorga chiqish va ish qidirishni boshlashga ahd qiladi (ya’ni harakat yuqorida aytganimizdek taklif egri chizig’i bo’ylab boradi).
2. Ish haqi oshganligi ish beruvchilarni xodimlarni qabul qilish miqdorini cheklashga majbur qiladi (ya’ni harakat talab egri chizig’i bo’ylab boradi). Mehnat bozorini keng ko’lamda olib qarash mumkin – bu yalpi ko’lamli bozor bo’lib, u yalpi taklifni (jami iqtisodiy jihatdan faol aholini) va yalpi talabni(iqtisodiyotning mehnatga bo’lgan jami ehtiyojini) qamraydi. Tor ma’noda mehnat bozori joriy bozor bo’lib, u yalpi bozorning bir qismini tashkil etadi va bo’sh o’rinlar hamda ish qidirish bilan band bo’lgan shaxslar miqdori bilan belgilanadi.

9. Ishlab chiqarishn texnologiyasi keskin o`zgarishlar.


10. Dikret fiscal siyosati.
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
11. Jamg`arish funksiyasi va grafigi. Foiz stafkasi va jamg`arish.
ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: S = -a + (1 -b) Yd

12. Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg`armalari.
S = Sp + Sg + Sx 19 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 33 Bu yerda: Sp – xususiy jamg‘armalar; Sg – davlat jamg‘armalari; Sx – boshqa mamlakatlar jamg‘armalari. Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi. Sp = (Y + TR + N - T) – C Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi: Sg = (T - TR - N) – G Agar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi: BT = - Sg Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori. Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi. Sx =M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi investitsiyalarga teng bo‘ladi: Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki Sp + Sg + Sx = Y - C - G – Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. Keynschilar fikriga ko‘ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos.

13. Iste`molga (ARS) va jamg`arishga o`rtacha moyillik (APS).


Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi.. Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksincha.
Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100 foiz ga yoki koeffitsient ko‘rinishda 1 ga teng: APC + APS = 100foiz yoki 1.
14. Isteʼmolga (MRS) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik.
Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni: APC = С/Yd*100 bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni: APS = S/Yd* 100 Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari 55 dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq.
15. Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosat.
Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o‘sish, baholarning barqaror darajasi, to‘liq bandlik va to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya qilinadi. Fiskal siyosatl cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi turlarga bo‘linadi. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat iqtisodiyotda haddan ziyod talab tufayli inflatsiya paydo bo‘lgan sharoitda olib boriladi. Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda multiplikator samarasi ta’siri ostida bo‘ladi. Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega. Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshirilishi daraomadlar hajmini ham shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan budjet multiplikatori bilan izohlanadi.
16. Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi:
Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi. Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:
17. Soliq multiplikatsiyasi mexanizmi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha kichikroq miqdorga ega, chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan chiqadi va maltiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda ham ko‘zga tashlanadi. Shuningdek ochiq iqtisodiyotda oshgan daromadlarning bir qismi importga yo‘naltirilishi oqibatida muomaladan chiqib ketishi tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir. Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli ishlab chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:

  1. Pul kredit sektorining tarkibi. Pul vositalarining oqimi. Tahliliy hisobot.

Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:


1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iеna, funt stеrling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi
qog’oz, tanga va krеdit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni bеlgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga
chiqarish tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Krеdit bo’sh turgan pul mablag’larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni
pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaхslarga ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida
qarzga bеrish munosabatlarini ifodalaydi.
28 Pul vositalarining oqimi
Iqtisodiyotning asosiy sohalari hisob-kitoblarini har bir sohaning “to‘lov balansi”ni ko‘rsatuvchi yagona jadvalga keltirish mumkin. Bu jadval shu bilan birga balansining sohalar orasidagi qarzlar va kreditlar yordamida mablag‘ bilan qanday ta’minlanishini ko‘rsatadi. Pul oqimlarining bunday jadvali 1-bo‘limda ko‘riladigan turli xil hisoblarning tabiiy holda davomi hisoblanadi. Uning yordamida iqtisodiyot sohalari orasidagi moliyaviy aloqalar tabiatini aniq kuzatib borish mumkin.


  1. Moliyaviy tashkilotlar. Davlatning to‘lov vositalarini yaratuvchi moliyaviy muassasalar. Pul yaratmaydigan moliyaviy muassasalar.



  1. Pul-kredit nazorat qiluvchi va pul depozit banklari.



Download 457,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish