Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi.
Real sektor – bu tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni iste‟mol qilish amalga oshiriladigan sektor. Real sektorning asosiy sub‟ektlari bo„lib uy xo„jaliklari va korxonalar hisoblanadi. Dinomik makroiqtisodiyotda real sektorga moddiy nematlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar singari boylik va xizmatlarning nomoddiy shakllari ishlab chiqaruvchi sohalar kiradi shunga ko’ra real sector iqtisodiyoti mamalakat miqyosida uning alohida moddiy va nomoddiy ishlab chiqaruvchi sektorlari va jahon xojaligida ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi soha.
Real sektorning iqtisodiyotdagi oʼrni va ahamiyati.
Mamlakat iqtisodiyotining holati va rivojlanishini iqtisodiyotni hamda uning eng muhim sektorlari va sohalarini tavsiflovchi ko„rsatkichlar muayyan doirasidan foydalangan holda baholash va tahlil qilish mumkin. Bu, birinchi galda, MHT makroiqtisodiy ko„rsatkichlari - YAIM, YAMD, MD, TYAMD, shuningdek, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo„lgan, asosiy iqtisodiy ko„rsatkichlar deb 47 nomlanuvchi boshqa muhim indikatorlardir. Bunday ko„rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
• mamlakat (mintaqa) YAIMning joriy narxlar bo„yicha milliy valyutadagi hajmlari va hajmlarining indekslari; • asosiy xarajatlar bo„yicha YAIM tarkibi; • YAIMning muayyan yil narxlaridagi hajmlari va hajmlarining indekslari; • real YAIM miqdori va dinamikasi; • iqtisodiyot asosiy tarmoqlari va sektorlarining agregatga doir etakchi ko„rsatkichlari, xususan sanoat ishlab chiqarishi yoki ishlov beruvchi sanoat mahsuloti sotuvlarining hajmlari va hajmlarining indekslari; • ishsizlik darajasining standart ko„rsatkichlari; • foizli qisqa muddatli, o„rta muddatli va uzoq muddatli bank stavkalari; • muomaladagi pul massasini tavsiflovchi pul agregatlari (M1, M2, M3) va ularning dinamikasi; • qurilish hajmlari; • ichki savdo (hajmlari va narxlari, xususan chakana narxlari); • ish haqi va daromadlari; • milliy valyuta kursi; • tashqi savdo va to„lov balansi (eksport va import hajmlari va dinamikasi, tashqi savdo va to„lov balanslari saldosi
Real sektor va iqtisodiy oʼsish. Real agregatlar.
Real sektor – bu tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni iste‟mol qilish amalga oshiriladigan sektor. Real sektorning asosiy sub‟ektlari bo„lib uy xo„jaliklari va korxonalar hisoblanadi.
Iqtisodiy o„sish tushunchasining mohiyati ishlab chiqarish hajmining kengayishi, mahsulot ishlab chikarish hajmining o„sishi va milliy daromadning ko„payishi bilan ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy o„sish ishlab chiqarishning rivojlanishi va funksionallashtirish qonuniyatidir. Iqtisodiy o„sish 2 usul bilan aniqlanadi. 1-usul real YAIM ni (YAMM) o„tgan davrga nisbatan o„zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umuiqtisodiy imkoniyatlari harakatini ifodalash uchun ishlatiladi. 2-usul real YAIM ni (YAMM) o„tgan davrga nisbatan aholi jon boshiga o„zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakat ijtimoiy rivojlanishi darajasini va harakatining sifat o„zgarishlarini ifodalash uchun foydalanadi.
Nominal agregatlar.
Nominal agregatlar deb joriy davr baholarida o‘lchanadigan agreagatlarga aytiladi, real agragatlar deb bazis davr baholarida o‘lchanadigan agregatlarga aytiladi. Shunday qilib nominal YaIM ma’lum davrdagi tovar va xizmatlarning joriy davr nvrxlaridagi o‘lchangan hajmidir. Real YaIM ham shu tovar va xizmatlarni belgilaydi, ammo narxlarni bazis yili baxolarida oladi. Nominal YaIM o‘zgarishi narx yoki hajm o‘zgarishi natijasida ham yuz berishi mumkin. Real YaIMni o‘zgarishi oxirgi mahsulot hajmi o‘zgarishini aks ettiradi. Nraxlarning o‘rtacha darajasi bazis yilga nisbatan o‘zgarishi nominal YaIMni real YaIMga nisbati kabi aniqlash mumkin. Bu koeffitsient YaIMning narx diflyatori deb ataladi.
Isteʼmol narxlar indeksi.
Iste'mol narxlari indeksi (CPI) transport vositasi, oziq-ovqat va tibbiy xizmat kabi iste'mol tovarlari va xizmatlari savatining o'rtacha o'rtacha narxlarini o'rganadigan o'lchovdirNarxlar indeksi (price index) - ikki har xil vaqt oralig‘ida tovar va xizmatlarga narxning muvozanatining o‘zgarishini aks ettiruvchi ko‘rsatkich. Iste’mol narxlar indeksi (cosumer price index) - o‘rtacha oila tomonida odatda iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan o‘zgarishining o‘rtacha darajasini aks ettiradigan ko‘rsatkich, inflyasiya ko‘rsatkichi sifatida ishlatiladi.
Real iqtisodiy davrlar nazariyasi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati kuzatiladi. Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg‘unlik davri boshlanadi. Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin 105 oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.
"Real yalpi talab - real yalpi taklif" modelidagi davriy tebranishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |