Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish


-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonga Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan jami mablagʻlar sohalar boʻyicha taqsimlanishi, mln.doll



Download 479,96 Kb.
bet3/3
Sana26.02.2022
Hajmi479,96 Kb.
#471422
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo maqola 2

2020-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonga Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan jami mablagʻlar sohalar boʻyicha taqsimlanishi, mln.doll

Soha

Zayomlar soni

Ajratilgan mablagʻ hajmi (mlndollar)

Foizda

Qishloq xoʻjaligi, tabiiy resurslar

28

672.74

11.15

Ta‘lim

21

368.95

5.69

Energetika

22

2,541.20

29.55

Moliya

23

649.94

12.08

Sogʻliqni saqlash

4

41.60

0.80

Sanoat va savdo sotiq

3

275.68

3.37

Davlat hokimiyatini boshqarish

15

29.73

0.57

Transport

28

1,529.85

25.50

Suv ta‘minoti, kommunal xizmatlar va infrastruktura

21

689.12

11.29

Jami

165

6,798.81

100

Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan boʻlsak, 2020-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonga OTBdan kredit, grant, texnik yordam va birgalikda moliyalashtirish uchun jami 6,798.81 mln dollar qiymatidagi mablagʻ ajratilgan boʻlib, bu mablagʻlarning katta qismi energetika sohasidagi loyihalarga togʻri keladi. Moliya sohasiga esa 649,94 mln dollar resurs jalb qilingan boʻlib, mamlakatimizga yoʻnaltirilgan jami mablagʻlarning 12,08 foizini tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar uchun 672.74 mln dollar dan ortiq qiymatdagi loyihalar amalga oshirilgan. Oʻzbekiston va OTB hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalarning salmoqli qismi ya‘ni 25,5 foizi transport sohasidagi loyihalarga toʻgʻri keladi.


Osiyo Taraqqiyot banki va Oʻzbekiston 2018-2020 yillarga moʻljallangan mamlakat operatsion biznez-rejasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar, mln. doll

Sohalar

Ajratilgan mablagʻ, mln dollar

Ulushi, %

Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar

250

13

Energetika

490

26

Moliya

205

11

Transport

605

32

Suv ta‘minoti va sanitariya

340

18

Jami:

1890

100

Jadval ma‘lumotlariga koʻra, Osiyo Taraqqiyot banki va Oʻzbekiston 2018- 2020 yillarga moʻljallangan mamlakat operatsion biznes rejasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarda katta ulushni transport sohasi egallagan boʻlib, loyiha doirasida 605 mln dollar mablagʻ ajratilgan. Bu jami rejalashtirilgan mablagʻning 32 foizi tashkil etadi. Keyingi oʻrinda energetika sohasi boʻlib, energetikaga 490 mln dollar qiymatidagi mablagʻ ya‘ni loyiha qiymatining 26 foizi doirasida ishlar amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslarga 250 mln dollar, moliya sohasiga 205 mln dollar, suv ta‘minoti va sanitari yoʻnalishiga esa 340 mln dollar ajratilgan. Jami loyiha qiymatiga nisbatan tahlil qiladigan boʻlsak, qishloq xoʻjaligi 13 foizni, moliya sohasi 11 foizni, suv ta‘minoti esa 18 foizni tashkil etgan.
Xorij tajribalari.
АQSh qishloq xo‘jaligining samaradorligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, bu sohada mamlakat ishchi kuchining atigi 2 foizi ishlaydi. Аmerika Qo‘shma Shtatlardagi qishloq xo‘jaligi ko‘plab innovatsion yechimlardan foydalanib, fermerlarga arzon narxda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, genetik modifikatsiyalangan urugʼlardan foydalanish va to‘gʼridan-to‘gʼri ekish fermerlarning texnika, yoqilgʼi va pestitsidlardan foydalanish xarajatlarini kamaytiradi.
Isroilda yerning 20 foizdan kamrogʼi qishloq xo‘jaligiga mos keladi, ammo fermerlar aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 95 foizini taʼminlaydilar. Isroilda sugʼorish suvining keskin tanqisligini hisobga olib, ekinlarni tomchilatib sugʼorish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, Isroil hukumati mamlakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi, fermerlarni sotib olish va yangi texnologiyalarni joriy qilish xarajatlarining 40 foizigacha subsidiya taqdim qiladi. Аqlli dehqonchilik yondashuvining asosiy tarkibiy qismlari dasturiy taʼminot, sugʼorish tizimlari, innovatsion yigʼim-terim uskunalari bo‘lib, ular subsidiya tizimi tufayli arzonroq. Ushbu yondashuv tufayli agrosanoat majmuasida davlat, xususiy va ilmiy sektorlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli, agrosanoat majmuasiga yangi texnologiyalarni joriy etishning yuqori surʼatlari saqlanib qolingan.
Koreya Respublikasida davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyot va hayotning barcha sohalariga innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga har tomonlama yordam berishga qaratilgan. Koreya Respublikasidagi qishloq xo‘jaligi ham yuqori texnologiyali sohadir. Koreya Respublikasida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish tajribasi noyobdir va rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va innovatsion agrar tizimni shakllantirishda foydalanish mumkin. 2018 yilda Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi butun mamlakat bo‘ylab "aqlli" fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga mablag Ъajratish va ularning umumiy maydonini hozirgi 4,01 gektardan 7 ming gektarga oshirish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiyada qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi bugungi kunda, masalan, Germaniya unumdorligidan uch baravar orqada qolmoqda va hosildorlik Germaniya va АQShdagi ish haqidan 2,5-3 baravar past. Rossiyada qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalardan foydalanishning asosiy jihatlari sifatida qishloq xo‘jaligining mahsuldorligini oshirish va yo‘qotishlarni pasayishtirish bo‘lib hisoblanadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda bugungi kun amaliyotida xalqaro moliya institutlari turli mamlakatlar iqtisodiyoti real sektorini moliyalashtirish shu jumladan, kreditlash operatsiyalarini amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik mamlakat uchun nafaqat yirik mablag‘larni iqtisodiyotga jalb etish imkonini beradi, balki jahon moliyaviy munosabatlarida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lish imkoniyatini ham taqdim etadi. Shuning uchun xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish har bir davlat uchun muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda real sektor korxonalari faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining rolini oshirish masalalari bo‘yicha quyidagi ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakllantirildi: Birinchidan, real sektor korxonalari faoliyatining shaffofligi, axborotlar ochiqligini ta‘minlash lozim. Buning natijasida xalqaro moliya institutlarining real sektor korxonalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishlarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, iqtisodiyotning real sektor korxonalarining eksport salohiyatini oshirish lozim, chunki bu jihat xorijiy valyutada olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga imkon beradi. Bundan tashqari kreditlash jarayonini tezlashtiradi. Qolaversa hozirgi kunda, inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish global miqyosda tez surʼatlar bilan o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligi bundan mustasno emas, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham, so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu bir qatordaa soha mutaxassislari raqamli transformatsiyalar tufayli qishloq xo‘jaligining umumiy mahsuldorligi 2030 yilga kelib qariyb 60%ga oshishi kerak, shunda oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelinmaydi deb Prezidentimiz o‘z qarorlarida aytib o‘tishdilar. Qolaversa, Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi ushbu tendentsiyalar va yangiliklar bilan bogʼliq holda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sharoitida "Аqlli qishloq xo‘jaligi" ni amalga oshirish kontseptsiyasining loyihasi umumiy ko‘rib chiqish va muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar portalida eʼlon qilindi. Ushbu kontseptsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, ekinlar va yerlarni zararkunandalar va turli hasharotlardan himoya qilish, tashqi ekinlarni turli xil ekinlar hosildorligiga taʼsir etishini bartaraf etish, shuningdek, zamonaviy qishloq xo‘jaligi usullarini joriy etish va ishlab chiqarish maʼdaniyatini oshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar va boshqaruvning raqamli usulini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. //«Xalq so‘zi», 2020 y., 25 yanvar.

  2. Lapidus L.V. Сифровая економика: управление електронным бизнесом и електронной коммерцией. – M.: INFRА-M, 2018. -381 s.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

  4. Arifjanova Ya. “O‘zbekistonning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari”.// “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali №3.

  5. www.adb.org – (Osiyo taraqqiyot banki veb sayti).

  6. G.Q.Qosimova, F.M.Mulaydinov. Iqtisodiyot va biznesda innovatsion rivojlanish muammolari. Ilm va madaniyat yosh olim va yetakchilar nigohida: xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiyasi, 26 iyun 2020 y. – Qo‘qon. 172-174 betlar.

  7. https://www.greenbiz.com/article/3-circular-economy-trends-defined-2020.

1 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomasi. // «Xalq soʼzi», 2020 y., 25 yanvar.

2https://review.uz/uz/post/obzor-centra-ekonomicheskix-issledovaniy-i-reform-razvitie-cifrovoy-ekonomiki-v-uzbekistane-za-chetre-goda



3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017-yil 7-fevral.

Download 479,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish