O’zbekiston Respublikasining MDH doirasidagi hamkorligi
MDH mamlakatlari bilan ikki va ko'p tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz dastlabki yillardanoq Hamdo'stlik tashkil etish g'oyasini qo'llab-quvvatladi, uning muassislaridan biri sifatida qatnashdi.
MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, xo’jalik aloqalarini saqlash va kengaytirish, siyosiy ishlarga aralashmaslik, bir-biriga sun’iy ta’sir qilmaslik tarafdori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin oldi. MDH mamlakatlari bilan bo’lgan munosabatda O’zbekistonning o’rni quyidagilardan iborat edi:
MDHning barcha ishtirokchi-davlatlari o’zaro manfaatlari va teng huquqli shartlarni e’tiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning ustuvorlikda bo’lishligi sharti;
O’zbekiston Respublikasi o’zaro manfaatli hamkorlik qilishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish tarafdorligi va boshqalar.
MDH sammitlarida, davlat rahbarlari kengashning tor doiradagi uchrashuvlarida hamda kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda yalpi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda, terrorchilik, diniy ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasiga, noqonuniy muhojirlikka qarshi ku’rashda amaliy hamkorlikni har tomonlama kuchaytirish masalalari ko’rib chiqdilgan. Shu jumladan, terrorizmga qarshi o’zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tiborni qaratladi. MDH doirasida noqonuniy muhojirlikka qarshi kurashdagi hamkorlik konsepsiyasi, jinoyatchilikka qarshi kurashning 2005-2007 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlarning davlatlararo dasturi, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi ku’rashda 2005-2007 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturlarining imzolangani buning yaqqol dalilidir. MDHning a’zolari energetika, suv zahiralari, transport va boshqa sohalarda mamlakatlarining hamkorligini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratadilar. Oliy darajadagi uchrashuvda ko’riladigan asosiy masalalardan yana biri MDHga a’zo mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdir.
Jahon iqtisodiyotida tovar va xizmatlarning erkin harakati o’zaro ishonch va hamkorlik ruhini mustahkamlaydi, axborot almashuvini kuchaytiradi. Ayni bir paytda qonunga zid bo’lgan savdo-sotiqqa chek qo’yiladi. Bu esa nafaqat kontrabanda va noqonuniy muhojirlik kabi iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo iqtisodiy munosabatlar ham sezilarli ravishda rivoj topib bormoqda. Jumladan, 2003 yilda Ukraina bilan bo’lgan savdo aylanmasi 1.5-2 barobarga, Rossiya 20-25% ga, Markaziy Osiy davlatlari bilan 1.5-2 barobarga o’sgan edi. Shuningdek savdo iqtisodiy aloqalar Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya va Gruziya kabi mustaqil davlatlar bilan ham kengayib bormoqda.
MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmaning rivojlanishi teng xuquqli va o’zaro foydali prinsiplarga asoslangan. 2000-2007 yillar davomida O’zbekiston bilan yirik savdo iqtisodiy aloqalarni olib boruvchi davlatlar – Rossiya, Qozog’iston, Ukraina va Belorussiya hisoblanadi.
So'nggi yillarida tashqi savdoning geografik tarkibida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi (1-diagramma). Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2005 yilga kelib bu ko'rsatkich 35,8 foizga teng bo'ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog'i esa 1994-2004 yillarda muvofiq ravishda 42 foizdan 64,2 foizgacha o'sdi.
O'zbekiston tashqi savdo aloqalarida MDH mamlakatlari ulushining pasayib, uzoq xorij mamlakatlari ulushining oshishiga, bizning fikrimizcha, quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi:
- MDH mamlakatlarida iqtisodiy inqiroz va ushbu mamlakatlarda to'lov qobiliyatining pasayib ketishi;
- tovarlarni o'zaro yetkazib berish bo'yicha hukmatlararo savdo bitimlari salmog'ining pasayishi;
- yangi texnika va ilg'or texnologiyalarni uzoq xorij mamlakatlari, eng avvalo, rivojlangan mamlakatlardan sotib olish imkoniyatining yuqoriligi;
- eksport tushumlarini erkin almashinadigan valyutada olish maqsadida rivojlangan mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishga ustuvorlik berilishi va h.k.
Albatta, tashqi savdo aylanmasida uzoq xorij mamlakatlari ulushining o'sib borishi O'zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari faollashib borayotganligidan, uning jahon xo'jalik aloqalariga kirib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday tendensiyalarning salbiy jihatlari ham mavjud. Gap shundaki, O'zbekiston geografik joylashuvi nuqtai nazaridan anklav davlat bo'lib, bevosita dengiz yo'llariga chiqish imkoniga ega emas.
Bu esa tashqi iqtisodiy faoliyatida transport xarajatlarining yuqori bo'lishiga olib keladi. Shu sababli, qo'shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish mahsulot tannarxiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va raqobatbardoshlik darajasining oshishiga olib keladi.
O'zbekiston MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoda ijobiy saldoga ega bo'lib, 2004 yilda bu ko'rsatkich 94,8 mln dollarni tashkil etdi. Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda bu ijobiy saldo o'sish tendensiyasiga ega bo'lmoqda.
Xulosa
1991 yilning 8 dekabrida Belorussiyaning hukumat rezidensiyasida (Viskuli shahrida) Rossiya, Belorussiya va Ukraina respublikalarining hukumat rahbarlari MDH davlatlari ittifoqini tu’zish to’g’risida bitimni imzolashdi MDH doirasidagi integratsion jarayonlar yuksak marralarni egallamayotgan va o’z oldiga qo’ygan vazifalarning barchasini uddalamayotgan bo’lsa-da, ammo uning mavjudligi baribir ko’p afzalliklarga ega. MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, xo’jalik aloqalarini saqlash va kengaytirish, siyosiy ishlarga aralashmaslik, bir-biriga sun’iy ta’sir qilmaslik tarafdori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin oldi.
MDHga a'zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining strategik maqsadlari bo'lib xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish, Hamdo'stlikka kiruvchi barcha mamlakatlar aholisi turmush farovonligini yaxshilash hisoblanadi. MDH doirasida bir necha submintaqaviy tashkilotlar tashkil etilgan. Bu o’z navbatida MDH doirasida integratsiyaning “turli tezlikda”, “ko’darajali” borayotganligidan dalolat bermoqda.
YevrOsiyo iqtisodiy hamjamiyati asosan BI ni huquqiy kelib chiqishining davomchisi hisoblanadi. Ya’ni, uning rivojlanish jarayoni BI davrining boshlanishi bilan bog’liqdir.
Jahon iqtisodiyotida MDHga a’zo davlatlar umumiy va shuningdek milliy davlat manfaatlarini hisobga olgan holda o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni MDH doirasidagi asosiy yo’nalishlar quyidagilardan biri MDH doirasida maqsadlar amalga oshgunga qadar integratsiyaga sakrab o’tmasdan, bosqichma–bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib erkin savdo hududlarini tashkil qilishdir
Erkin savdo hududlari MDHni integratsiya jarayonlari asosida yuksak darajada rivojlangan hamjamiyatga aylantirishi mumkin. Bir-biriga bog’lanib ketgan transport tarmoqlari, neft-gaz quvurlari, shuningdek, xalq xo’jaligining o’zaro bog’liqligi, a’zo-davlatlarning bevosita qo’shniligi va boshqa omillar savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qulay imkoniyatdir.
MDHning har bir a’zosi boshqa bir a’zo-davlatlarning manfaatlariga to’g’ri yondashgandagina hamdo’stlikning istiqboli porloq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalo barcha a’zo-davlatlar manfaatlariga mos keladigan masala va mavzuni ko’tarish, keyin hammaning bu masalaga munosabatini inobatga olish lozim.
MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo iqtisodiy munosabatlar ham sezilarli ravishda rivoj topib bormoqda. MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmaning rivojlanishi teng xuquqli va o’zaro foydali prinsiplarga asoslangan. 2000-2007 yillar davomida O’zbekiston bilan yirik savdo iqtisodiy aloqalarni olib boruvchi davlatlar – Rossiya, Qozog’iston, Ukraina hisoblanadi.
2006-2007 yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanib bordi. O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan olib borgan tashqi savdo aylanmasi 2006 yili 4 746,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2007 yilda 6 994,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan, ya’ni 47,4 %ga o’sgan. O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan bo’lgan export hajmi 2006 yilda 2 685,5 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2007 yilda 4 273,0 mln. AQSh dollariga yetganligini, ya’ni 59,1 %ga o’sgan. 2006 yilda O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan bo’lgan import hajmi 2 060,6 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2007 yilda 2 721,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan, ya’ni 32,1 %ga o’sgan. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi MDH mamlakatlari bilan ko’ptomonlama aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda chunki, ushbu mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik muammolari ko’ptomonlama o’xshash bo’lib, bu o’z navbatida integratsiyalashuv jarayonlarini rivojlantirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |