Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning



Download 402,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana12.09.2021
Hajmi402,31 Kb.
#172770
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik ahamiyatini oshrish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida   tarkibiy o’zgarishlarni amalga 



oshirish va diversifikatsiya qilish 

 

Iqtisodiyotimizning  asosiy  tarmoqlarini  modernizatsiya  qilish  va  texnik 

yangilash,  mamlakatimizning  yangi  marralarni  egallashi  uchun  kuchli  turtki 

beradigan  va  jahon  bozorida  raqobatdoshligini  ta’minlaydigan  zamonaviy 

innovatsiya  texnologiyalarini  joriy  qilish  asosiy  ustuvor  vazifalardan  biri 

hisoblanadi. Bu borada Hukumatimiz tomonidan ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan 

va  har  yili    Prezidentimiz  tomonidan  yil  yakunlari  bo’yicha  qilgan  ma’ruzalarida  

ustuvor vazifalar to’g’risida taakidlab o’tadilar. 

Bugungi  kunda  iqtisodiyotimizni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik 

yangilash,  uning  raqobatdoshligini  keskin  oshirish,  eksport  salohiyatini 

yuksaltirishga  qaratilgan  muhim  ustuvor  loyihalarni  amalga  oshirish  bo’yicha 

Dastur  ishlab  chiqilmoqda.  Shu  borada,  2014  yilda  umumiy  qiymati  2.7  milliard 

AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 150ta investitsiya loyihasi  bajarilgan

1

.  



Dasturga  kiritilishi  mo’ljallanayotgan  bu  loyihalar  avvalambor  yoqilg’i-

energetika,  kimyo,  neft-gazni  qayta  ishlash,  metallurgiya  tarmoqlariga,  engil  va 

to’qimachilik  sanoati,  qurilish  materiallari  sanoati,  mashinasozlik  va  boshqa 

sohalarga tegishlidir.  

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan 

texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi 

tovarlar  ishlab  chiqarishni  o’zlashtirish  hisobidan  qo’shimcha  mahsulot  ishlab 

chiqarish,  yillik  eksportni  ko’paytirish,  yalpi  ichki  mahsulot  hajmini  sezilarli 

darajada oshirish imkonini beradi. 

Bugungi kundagi asosiy vazifa – yangi loyihalarni qisqa  muddatlarda barcha 

manfaatdor  tuzilmalar,  birinchi  navbatda,  xorijiy  investorlar  bilan  birgalikda 

                                                           

1

 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-



иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим 

устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 

18 январ 

 



 

batafsil  ko’rib  chiqish,  ular  bo’yicha  kelishuvlarni  oxiriga  etkazish  va  strategik 



muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdan iborat.  

Bugungi  kunda    iqtisodiy  dasturlarning  yana  bir  muhim  ustuvor  yo’nalishi  – 

boshlangan  tarkibiy  o’zgarishlarni  va  iqtisodiyotni  diversifikatsiya  qilish 

jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi. 

Prezidentimiz  iqtisodiyotni  tarkibiy  o’zgartirish  va  diversifikatsiya  qilish 

jarayonlari borasidagi islohot va yangilanishlar yo’nalishini 2000 yildayoq belgilab 

olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, 

modernizatsiya  qilib  borish  zaruratini  kun  tartibiga  yanada  o’tkir  qilib 

qo’yayotganligini,  buning  uchun  bor  kuch-imkoniyatimiz  va  resurslarimizni 

safarbar  etishimiz  zarurligini  qayd  etdilar.  Shuningdek,  bu  borada  misol  keltirib, 

Toshkent,  Navoiy  va  Tollimarjondagi  uchta  issiqlik  elektr  stantsiyasida  mavjud 

bo’lgan  tejamkorligi  past  gaz  qurilmalari  o’rniga  zamonaviy  bug’-gaz 

qurilmalarini  barpo  etish  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  katta  investitsiya 

kerak  bo’lishi,  lekin  issiqlik  energiyasi  ishlab  chiqarishda  energiya  manbalaridan 

foydalanish  hajmini  jahon  standartlari  darajasida  qisqartirishga  erishadigan 

bo’lsak,  bundan  keladigan  samara  sarf  qilingan  xarajatlarni  har  jihatdan  to’la 

qoplashini, shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq 

ishlash zarurligini ta’kidladilar. 

 

Mahalliy  organlar  va  tarmoq  tuzilmalari  rahbarlari  tomonidan  sifatsiz 



mahsulotni  ishlab  chiqarish,  eskirgan  texnika  va  texnologiya  asosida  zarar  ko’rib 

ishlayotgan  korxonalarni  saqlab  qolish  uchun  urinishlariga  mutlaqo  yo’l  qo’yib 

bo’lmaydi.  Bunday  korxonalar  aksariyati  engil  va  oziq-ovqat  sanoati  sohasida 

saqlanib  qolmoqda.  Holbuki,  bu  sohalarda  tez  o’zgaruvchan  bozor  talabi  texnika 

va  texnologiyani  uzog’i  bilan  5-7  yilda,  rivojlangan  mamlakatlarda  esa  bundan 

ham  qisqa  muddatlarda  o’zgartirishni  talab  etadi.  Bunday  vaziyatni  mazkur 

korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan tubdan o’zgartirish darkor. 

Bu  borada  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  18-noyabrdagi 

PF-4053  sonli  «Iqtisodiyot  real  sektori  korxonalarining  moliyaviy  barqarorligini 

yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy 




 

nochor  korxonalarni  moliyaviy  sog’lomlashtirish,    modernizatsiyalash,  texnik  va 



texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq 

jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi. 

Qarorda  Respublika  Komissiyasining  qarori  asosida  bankrot  korxonalarni 

tijorat  banklariga  sotish  yoki  to’g’ridan-to’g’ri  balansiga  berishning  3  ta 

mexanizmi ko’zda tutilgan: 

1)  bankrot  korxona  kreditorlik  qarzi  tarkibining  70%  va  undan  ortiq  qismini 

bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 

2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan 

va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 

3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda 

investitsion majburiyat sharti bilan sotish. 

Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish 

hamda  yangi  xo’jalik  faoliyatini  yo’lga  qo’yish  jarayonlarini  sezilarli  darajada 

tezlashtirdi. 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 

F-4010  sonli  «Iqtisodiy  nochor  korxonalarni tijorat  banklariga sotish  to’g’risidagi 

tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning 

moliyaviy  qobiliyatini  tiklash  bo’yicha  bir  qator  imtiyozlar  (ko’maklar)  berilgan. 

Jumladan,  ushbu  Farmoyishga  ko’ra  bankrot  korxonalar  negizida  yangi  tashkil 

etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar:  

- qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi; 

-  uch  yil  davomida  foyda  solig’i,  yagona  soliq  to’lovi,  mulk  solig’i  va  er 

solig’larini to’lashdan ozod qilindi; 

-  boshqaruv  kompaniyalarga  berilganda  foyda  solig’i  va  yagona  soliq 

to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. 

Buning  natijasida  sobiq  bankrot  hisoblangan,  endilikda  tarkibiy  qayta  tuzish 

orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning ko’rsatkichlarida sezilarli o’zgarishlar 

ro’y berdi. 




 

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga 



ham muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan: 

bankrot  korxona  negizida  ustav  jamg’armasi  100%  gacha  bo’lgan  yangi 

korxona tashkil etish; 

bankrot  korxonaning  tugatilishi  munosabati  bilan  unga  avval  berilgan, 

qoplanmagan  kreditini,  shu  jumladan  Hukumat  kafolati  bilan  berilgan  kredit 

summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; 

bankrot  korxona  uchun  malakali  boshqaruv  kompaniyasini  tuzish  va  jalb 

qilish; 


bankrot  korxonani  tugatish  bahosida  sotib  olib,  uning  faoliyatini  tiklab, 

qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. 

Ayni payta mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash 

maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan. Jumladan: 

1)  tijorat  banklari  balansiga  o’tkazilgan  bankrot  korxonalarni  tiklash,  texnik 

va  texnologik  modernizatsiya  qilish  va  ishlab  chiqarishni  qayta  qurollantirish, 

zarur  bo’lganda  korxonani  to’liq  restrukturizatsiya  qilish  orqali  faoliyat 

yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda 

tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;   

2)  yollangan  har  bir  korxona  boshqaruvchisi  ishlab  chiqarishda  kutilgan 

natijalarga  erishishi  orqali  ishlab  chiqarishlarga  zamonaviy  va  yuqori  malakali 

boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi; 

3)  banklar  tasarrufiga  berilgan  bankrot  korxonalari  kelgusi  faoliyati  ustidan 

Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan. 

Prezidentimiz o’z asarlarida xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi 

bandligini  ta’minlash  va  hayot  darajasini  oshirishning  eng  muhim  omili  sifatida 

yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qolishi haqida taakidlaydilar. 

Kichik  biznesni  yanada  qo’llab-quvvatlash  vazifasi  har  qachongidan  ko’ra 

muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Chunki  kichik  biznes  yangi-yangi  ish  o’rinlarini 

yaratib,  bizning  sharoitimizda  ish  bilan  band  aholi  daromadining  70  foizdan 

ortig’ini tashkil etmoqda. 



 

Ushbu  chora-tadbirlar  soliq  va  kredit  imtiyozlari  bilan  bir  qatorda,  kichik 



biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish 

maqsadida  institutsional  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirishni  ham  o’z  ichiga 

oladi.  

Jumladan,  yangi  tashkil  etilayotgan  kichik  va  xususiy  korxonalarni  qo’llab-

quvvatlash  maqsadida  Imtiyozli  kredit  jamg’armasining  resurs  bazasini  ikki 

barobar  oshirish  ko’zda  tutilgan.  Buning  natijasida  kichik  biznes  sub’ektlariga 

ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. 

2014  yilning  1  yanvaridan  sanoat  sohasida  faoliyat  ko’rsatayotgan  kichik 

korxonalar  uchun  yagona  soliq  to’lov  stavkasi  6  foizga  kamaytirildi,  moliyaviy, 

maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 

yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik 

korxonalar,  nodavlat  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarni  oladigan  dividendlarining 

investitsiyalarga, 

avval 


olingan 

kreditlar 

uchun 

hisob-kitob 



qilishga 

yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. 

Shuningdek,  yagona  soliq  to’lovi  stavkasi  borish  qiyin  bo’lgan  va  tog’li 

hududlardagi  chakana  savdo,  ulgurji  va  chakana  savdo  faoliyatini  yurituvchi 

dorixonalar  uchun  1  foizgacha  pasaytirildi.  Borish  qiyin  bo’lgan  va  tog’li 

hududlarda  tadbirkorlik  faoliyatini  ro’yxatdan  o’tkazish  yig’imi  belgilangan 

stavkaning  20  foizi  miqdorida,  savdo  korxonalaridan  esa  minimal  oylik  ish  haqi 

miqdorida  undirish  belgilandi.

 

O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 



faoliyatini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlash  borasida  ijobiy  o’zgarishlarga 

erishildi. 

So’nggi  yillarda  respublikada  kichik  biznes,  tadbirkorlikni  qo’llab-quvatlash 

va  rag’batlantirish  borasida  hukumat  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  izchil 

tadbirlar,  xizmat  sohasidagi  alohida  olingan  tarmoqlarini  rivojlantirish  bo’yicha 

qabul qilinayotgan  qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini, 

shuningdek  maishiy  xizmat  ko’rsatish  sohasining  yuqori  sur’atlar  bilan 



10 

 

rivojlanishiga olib kelmoqda. 2014 yilda 26 ming kichik biznes sub’ektlari tashkil 



qilinib, ularning umumiy soni 190 ming taga etgan

2



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmat ko’rsatish va servis sohasini 

rivojlantirish  bo’yicha  qo’shimcha  chora-tadbirlar  ishlab  chiqildi  va    quyidagi 

asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan: 

-  xizmatlar  ko’rsatish  sohasida  tadbirkorlikning  faoliyatini  yanada 

kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish;  

- xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga etkazish; 

-  qishloq  joylarda  istiqomat  qilayotgan  aholiga  ko’rsatilayotgan  xizmatlar 

turlarini ko’paytirib borish; 

-  an’anaviy  xizmat  turlari  bilan  birgalikda  yangi  istiqbolli  –  yuridik, 

konsalting,  bank,  moliya,  sug’urta,  lizing  va  baholash  xizmat  turlarini  jadal 

rivojlantirish; 

-  mamlakatimiz  korxonalarining  xalqaro  bozordagi  xizmatlari  darajasini  va 

sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish; 

-  xizmatlar  va  servis  sohasida  ishlaydigan  kadrlarni  tayyorlash  va  ular 

malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.  

Bundan  tashqari  yangi  xizmat  turlari,  jumladan,  tadbirkorlikni  rivojlantirish 

uchun qulay  muhit  yaratishda  zarur bo’lgan  moliyaviy,  lizing,  konsalting,  yuridik 

va  boshqa  xizmatlar  etarli  darajada  rivojlanmayapti.  Turistik  xizmat  ko’rsatish 

sohasida  beqiyos  imkoniyatlar  mavjud  bo’lishiga  qaramay  ushbu  soha  o’ta  sekin 

rivojlanmoqda. 

Xizmat  ko’rsatish sohasini  rivojlantirish bo’yicha  hududiy  dasturlarni tubdan 

qayta ko’rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi, ayniqsa, yoshlar bandligining, 

qishloqda hayot darajasini oshirishning muhim omili sifatida jadal rivojlantirishga 

doir qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish zarur. 

                                                           

2

 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоий-



иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим 

устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 

18 январ 

 



11 

 

Bu  boradagi  eng  asosiy  vazifa  vaziyatga  tadbirkor  nuqtai  nazaridan  qarash, 



ya’ni  unga  o’z  ishini  rivojlantirish  uchun  nima  to’sqinlik  qilayotgani  va  davlat 

tomonidan  qanday  yordam  kerakligini  aniqlash  lozim.  Xususiy  sektorga  qishloq 

joylarda  ko’rsatilayotgan  xizmatlar  turlarini  kengaytirish  uchun  zarur  shart-

sharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor.  

Prezidentimiz  o’z  asarlarida  yana  bir  eng  muhim  ustuvor  vazifa  –  bu 

mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  aholi  bandligini  oshirishning  muhim 

omili  sifatida  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  yanada  rivojlantirishdan 

iborat ekanligini belgilab berdilar. 

Mazkur  ustuvor  vazifaga  alohida  e’tibor  qaratishning  bir  qator  sabablari 

mavjud. Jumladan: 

Birinchidan,  infratuzilmani  rivojlantirish  yangi  korxonalarni  joylashtirish  va 

butun  iqtisodiyotni  taraqqiy  ettirish  uchun  zarur  qulay  shart-sharoitlar  yaratadi, 

mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini 

kengaytiradi. 

Ikkinchidan,  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi,  avvalambor,  avtomobil  va  temir 

yo’llarning  rivojlangan  tizimi,  ularning  samarali  faoliyati  ishlab  chiqarishdagi 

umumiy  xarajatlarni  kamaytirishning  muhim  sharti  va  omilidir.  Bu  esa,  o’z 

navbatida,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  va  butun  iqtisodiyotimizning 

raqobatdoshligini oshiradi. 

Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, 

energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada 

aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.  

To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng 

ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, 

yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini 

oshirish imkonini beradi. 

Bundan  ko’rinadiki,  mamlakatimizda  barqaror  iqtisodiy  o’sishni  ta’minlash, 

iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi 




12 

 

sub’ektlarning  ishlab  chiqarish  infratuzilmasi  bilan  ta’minlanganlik  darajasiga 



bog’liq. 

 


Download 402,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish