Iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. T.: Tmi, 2013


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari



Download 0,93 Mb.
bet6/45
Sana06.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#749538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyot 06984

Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tushunchasi va uning turlari


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda iqtisodiy nazariya turli xildagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarni ishlatilishi va miqyosini, qahday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:

  • Iqtisodiy innovatsiyalar – yangi iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;

  • Ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;

  • Ekoligik innovatsiyalar – tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;

  • Tashkiliy-boshqaruv turidagi innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy- boshqaruv usullaridan foydalanish;

  • Siyosiy innovatsiyalar – siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga oshirish;

  • Huquqiy innovatsiyalar - yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;

  • Ma’naviy muhitdagi innovatsiyalar – ma’naviy faoliyat bilan bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini yaratish.

Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi innovatsiyalar turlarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

  • Moddiy materialda aks ettirilgan innovatsiyalar (hard) – bularga misol sifatida yangi mahsulotlar, mashinalar, uskunalar va jihozlarni ko’rsatish mumkin;

  • Moddiy materialda aks ettirilmagan innovatsiyalar (soft) – bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv bo’yicha o’zgarishlarni, fan tizimidagi paradigmalarning o’zgartirilishi yoki boshqasiga almashinuvini ko’rsatish mumkin.

Yangilik darajasi bo’yicha innovatsiyalarni nimanidir yangilash, qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga bo’lish mumkin. Bunda innovatsion yangilik kiritish deganda qandaydir yangilikning (yangi kontseptsiya, g’oya, texnik yechim va boshqalar) birinchi marta (jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki
viloyat miqyosida kabilar) ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o’sha miqyosda tan olingan bolishi lozim. Yangilik kiritishni boshqacha sharoitlarga moslashtirish yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik bo’lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish deganda originalni joylardagi konkret shart-sharoitlarga biroz o’zgarishlar kiritgan holda moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot uchungina innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
Yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq ravishda innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:

    • Dunyo miqyosidagi innovatsiyalar;

    • Mamlakat miqyosidagi innovatsiyalar;

    • Regional yoki viloyatlar miqyosidagi innovatsiyalar;

    • Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan innovatsiyalar.

Ijtimoiy innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga mansub bo’lishlari mumkin:

  • Iqtisodiy – yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning progressiv tizimlari va boshqalar;

  • Tashkiliy-boshqaruv – yangi tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil qilish usullari va boshqalar;

  • Huquqiy – mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq qonunlardagi o’zgarishlar;

  • Pedagogik – yangi o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari.

Innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar, bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX asrdagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish sohasidagi yangi bilim va informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham o’zgartirib yubordi. Ushbu evolyutsiya natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (innovatsion davr 2000-chi yildan so’nggi davr hisoblanadi):

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish