Bog'liq Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyot 06984
Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish bo’yicha hulosalar
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasida innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha bizning nuqtai-nazarimizdan qilinishi kerak bo’lgan bir qancha asosiy ishlar va chora-tadbirlar majmuini qisqacha yoritib o’tamiz:
Respublikada Innovatsion Iqtisodiyotni shakllantirishni tezlashtirish bo'yicha Vazirlararo idora tashkil qilish va uning moliyaviy faoliyatini yuritish uchun mahsus innovatsion soliq (masalan, har birkorxonadaromadidan1%miqdorida) turini kiritish hamda unga respublikada innovatsiyalarni jadallashtirish bo’yicha quyida ko’rsatilgan ko’pchilik ishlarni bajarishda asosiy vakolatlarni berish;
Rivojlangan mamlakatlardagi biz uchun muhim bo’lgan barcha texnologik yangiliklarni o’rganish, yig’ish, keng aholi ommasiga bildirish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga tezkorlik bilan tadbiq qilish;
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga kiritilgan innovatsion yangilklarni imkoniyat boricha barcha boshqa tarmoqlarga tezkorlik bilan nusxalash, ya’ni, texnologiyalar ichki transferini amalga oshirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha innovatsion takliflar bilan chiqqanlarga (masalan,tomchlabsug’orishusulida,bioenergetik usullarda, quyosh yoki shamol energiyalari hamda shungao’xshasharzonvayangilanadigantexnologiyalarasosidamahsulotyetishtirmoqchibo’lganhuquqiyvajismoniyshaxslarga) kerakli yer maydoni (masalan, 1 gektardan katta bo’lmagan) va imtiyozli hamda muddatli kam foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklikni ko’zda tutadigan) kreditlar ajratib berish;
Yangilanadigan, arzon va ekologik toza energiya manba’lari va uskunalarini yaratish bilan shug’ullanadigan tashkilot yoki firmalarga eng yaxshi ish sharoitlari, moddiy va moliyaviy resurslar ajratib berish;
Ommaviy axborot vositalarida bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot yangiliklari va afzalliklarini hamda zamonaviy innovativ asbob- uskunalar haqidagi barcha yangi ma’lumotlarni keng aholi ommasiga doimiy ravishda yetkazish;
O’zbekistonning innovatsion faoliyat yo’liga tezkorlik bilan o’tishining iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlab beradigan samarali milliy inniovatsion tizimni yaratish;
Respublika iqtisodiyotining texnologik modernizatsiyasini va raqobatbardosh ilmiy-texnologik izlanishlarni ta’minlab beradigan mobil innovatsion sektorini yaratish;
Respublikada ishlab chiqariladigan innovatsion va exklyuziv mahsulotlarni tashki bozorlarga olish chiqish mexanizmini yaratish;
Milliy innovatsion tizimni yuqori malakali mutahassislar va ilmiy- texnik xodimlar bilan ta’minlab, uning potentsialini kuchaytirish;
Asosiy ahamiyatga ega bo’lgan ichki innovatsion loyihalarga investorlarni hamda horijiy kapitalni jalb qilish;
Tadbirkorlarning innovatsion potentsialini kuchaytirish va innovatsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Innovatsion faoliyatning amalga oshirilishiga halaqit beruvchi to’siqlar va faktorlarni tezkorlik bilan aniqlash va ularni bartaraf qilish;
Respublika olimlari va injener-texniklari yaratgan yangiliklarga patentlar va mualliflik huquqlarini olishga ko’mak berish hamda ularni chet ellarga keng miqyosda reklama qilish;
Boshlang’ich, o’rta-mahsus va oily o’quv yurtlarida innovatsion iqtisodiyot tushunchalarini o’quvchi yoshlar va talabalar ongiga singdirib, ularga innovatsiyalarning respublika kelajagi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish;
O’zbekiston iqtisodiyotida ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha texnologik yangiliklarning ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va undan internet portali orqali barcha fuqarolar foydalana olishiga erishish;
Texnologik innovatsiyalarga bag’ishlangan bilimlar bazasini tashkil qilish va undan internet portali orqali barcha fuqarolar foydalana olishlariga erishish;
Texnoligik innovatsiyalar yaratgan yoki ularni chet ellardan o’zlashtirib, respublika iqtisodiyotiga tadbiq etish natijasida katta iqtisodiy samara olishga erishgan mutahassislarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni amalga oshrish (bundaymutaxasisslarninginnovatsiyalartadbiqetilgankorxonaoladiganfoydagasheriklikqilishiko’zdatutilishimaqsadgamuvofiqbo’laredi);
Respublika televideniesida bilimlarga asoslangan innovatsion texnologiyalarga oid alohida dastur tashkil qilish hamda unda bu sohadagi jahon va respublika miqyosidagi yetakchi mutahassislarning yangi ilmiy-texnologik ishlanmalari ommabop ko’rinishda namoyish etish va ularni keng aholi ommasiga tushunarli holda targ’bot qilish;
Oliy ta’lim va magistraturani tugallayotgalar hamda fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga da’vogarlarning dissertasiyalarida majburiy tarzda innovatsiyalarga bag’ishlangan alohida bo’lim bo’jishini va undagi innovatsion amaliy natijani ko’rsatishni qat’iyan talab qilish;
Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda barcha korxonalar injener- tennik va iqtisodchi xodimlarining bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot sohasida doimiy malaka oshrishlarini tashkil qilish;
Turli hil amaliy fanlar, ilmiy yangiliklar, ilg’or texnologik ishlanmalar bo’yicha kitoblarning qog’oz va electron nushalarini yaratib, ularni keng aholi ommasiga targ’ib qilish va tarqatish;
Zamonaviy information texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan tizimlarni halq xo’jaligining barcha tarmoqlariga qo’llash va ulardan samarali foydalanish;
Milliy information zahiralarni yaratishni ta’minlab beradigan rivojlangan zamonaviy infratuzilmalarni yaratish – bular orasida eng muhimi, barcha ilmiy-texnik adabiyotlarni o’z ichiga qamrab oladigan virtual kutubxona (yokivirtualentsiklopediya) tashkil qilish va barchaning undan foydalanish imkoniyatini yaratishdir;
Barcha sohalardagi ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini (shujumladan,qishloqxo’jaligi,sanoat,kichikbiznes,boshqaruv,ta’lim,maishiyhizmat,tibbiyotvaboshqalar) tezkorlik bilan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish tadbirlarini davlat miqyosida amalga oshirish;
Funktsional ko’rinishdagi turli xil innovatsiyalarni yaratish yoki ularni rivojlangan mamlakatlardan o’zlashtirish va ularni tezkorlik bilan amaliyotning barcha jabhalariga tadbiq qilish – bunda albatta innovatsiyalarni tadbiq qilishga ishtirok etganlarni yetarli darajada moddiy rag’batlantirishni ham unutmaslik zarur;
Zamona talablariga mos ravishda malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan tizimini yaratish. Bunda
ayniqsa, professor-o’qituvchlarning, talabalarning va barcha soha mutahassislarining komp’yuter texnologiyalarini hamda halqaro texnologik kommunikatsiyalar vositasi bo’lgan ingliz tilini chuqur bilishlariga hamda ularni amaliyotda qo’llay olishlariga erishish (bundaxozirgidavrdakuzatilayotganigao’shashma’lumotlarniqalbakilashtirhsgayo’lqo’ymaslikkerak);
Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va texnologik innovatsion ozgarishlar oqibatida mehnat sharoitlarini yaxshilash;
Innovatsion menejment usullarini joriy qilish orqali ishlab chiqarish jarajonining to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan behuda vaqt yo’qotishlarni bartaraf qilishga erishish;
Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan material sarfi, energiya sarfi va mehnat sarfini innovatsion texnologiyalardan keng ko’lamda foydalangan holda iloji boricha kamaytirish;
Yangi innovatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo’llagan holda ishlab chiqarishda ishlatiladigan turli hildagi mashina-mexanizm va boshqaruv qurilmalarning samaradorligini oshirish;
Tijorat (kommertsya) asosida yaratilgan (yokiqo’llanilayotgan) innovatsiyalarni boshqa korxonalarga tarqatish va bu ishning konkret bajaruvchilarini (ilmiy-texnikxodimlarni) moddiy-ma’rifiy usullarda rag’batlantirish;
Ta’lim, ilm-fan va yangi innovatsion texnologiyalarni rivojlantirib, ularni amaliyotga tadbiq qilish davlat siyosatining asosiy masalasi
bo’lishini ta’minlash hamda innovatsion o’sish uchun eng yaxshi institutsional sharoitlarni yaratish;
Jahon miqyosidagi global innovatsion sferaga integratsiya qilinish, ya’ni bu innovatsion muhit bilan hamnafas bo’lgan holda, undan respublika uchun kerakli bo’lgan barcha ijobiy innovatsion yangiliklarni o’zlashtirib olish;
Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligi pastligi, ilmiy izlanishlarning sustli, ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi uchun mablag’larning kamligi va eksport qilinadigan mahsulotlarni sertifikatsiya qilish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi kabi joriy kamchiliklarni iloji boricha tezkorlik bilan bartaraf qilish;
Xozirgi davrda Uzbekistonlik eksporterlarning mahsulotlari va hizmatlarini ko’pchilik mamlakatlardagi mutahasislar bilmasligi va tayyor mahsulotlarmimg sifati pastligi tufayli, innovatsion marketing g’oya va usullaridan foydalangan holda bu kamchiliklarni ham tez sur’atlar bilan bartaraf qilish va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning halqaro miqyosda ko’pchilik bilishiga erishish;
O’zbekistonning xozircha ancha past bo’lgan investitsion reytingining tez sur’atlar bilan oshirish chora-tadbirlarini ko’rish;
Hamdo’stlik mamlakatlaridagi va boshqa chet davlatlardagi o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni imkoniyat darajasida kengaytirish va ulardan innovatsion texnoligiyalarni (hamda ilmiy-texnik, moddiy va ma’naviyzahiralarni) respublikaga jalb qilishda foydalanish;
O’zbekistonlik eksporterlarning bilimi va tajribasi nizbatan kamligi tufayli, ularni qo’shimhca malakaviy o’qitish, chet mamlakatkatda malakalarini maqsadli ravishda oshirish, bu yumush bo’yicha turli xil
amaliy qo’llanmalar yaratish va maxsus kurslar tashkil qilish (chetellardamalakalarinioshiribqaytganlardanto’liqhisobotberishni,natijalarbo’yichailmiy-amaliyma’ruzalarqilishni,master-klasslaro’tkazishnivaboshqachaturdao’zlashtirilganbilimlariniommagataqdimqilishnitalabqilishmalakaoshirishuchunketganmablag’larningsamaraliliginita’minlaredi) ;
O’zbekistonni ilg’or va rivojlangan chet davlarlar darajasida rivojlantirish paradigmasini (milliy g’oyasini) yaratish va uni og’ishmay, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda hayotga tadbiq qilish;
Kichik va o’rta korxonalarning ilmiy-texnik hamda innovatsion sohadagi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash yo’nalishida umumdavlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish va buning yanada yangi huquqiy usullarini hayotga tadbiq qilish;
Ilm-fan talab qiluvchi mahsulotlar, hizmatlar va texnologiyalar yaratuvchi va ularni o’zlashtiruvchi kichik innovatsion va venchur korxonalarga bevosita moliyaviy, information, texnik, moddiy, huquqiy va boshqa turlardagi yordam berilishini tashkil qilish;
Intellektual mulkni himoyalash, xujjatlashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha innovatsion o’zgarishlarni ko’zda tutadigan qo’shimcha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash uchun kerakli bo’lgan turli xil innovativ tuzilmalarni yaratish va ularni tezkorlik bilan rivojlantirish;
Fan arboblarini tayyorlashdagi, malakali innovatsion mutahassislar tayyorlash uchun hizmat qiladigan ta’lim sohasidai va tadbirkorlikni boshqarish sohasidagi xozirgi paytdagi keng ildiz otgan korruptsiya
holatlari kichik guruhga mansub amaldorlarning manfaati uchungina hizmat qilayotgani tufayli, bu salbiy holat innovatsiyalarni amalga oshirish, uning uchun kerakli bo’lgan malakali mutahassislarni tayyorlash va bu boradagi dasturlarni hayotga tadbiq qilishga imkon beramaydi. Shuning uchun bu o’ta salbiy illatlarga juda ham qat’iy tarzda tezkorlik bilan barham berish lozim;
Davlat buyrtmalari taqdim qilishda, konkurs, tanlov va tenderlarda amaldorlarla va bu bilan mashg’ul mas’ul shaxslarga pora berish holatlari innovatsion harakatning tagiga bolta urib, uni yo’qqa chiqarishi mumkinligi uchun, bu salbiy holatlarning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim;
Innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun hizmat qiladigan va halq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatadigan zamonaviy bilimdon mutahasislarning yetishmovchilgi tufayli ularni malakali mutaxassis-murabbiylar yordamida jadal o’qitish va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida qayta tayyorlashni amalga oshirish zarur;
Innovatsion sohada hamdo’stlik mamlakatlari va chet eldagi yetakchi mutahasissislar bilan yaqindan va o’zaro foydali hamkorlik masalalarini hal qilish ham muhim ahamiyatga ega;
Ko’pchilk mutahasisslarning asosiy chet tillani va ayniqsa jahon information almashinuvining asosi bo’lgan ingliz tilini bilmasligi tufayli, bu tilni chuqur bilishni barcha bo’g’imdagi mutazassislar va ayniqsa, boshqaruv, ilmiy, professor-o’qituvchi va rahbar xodimlar uchun majburiy talab sifatida ko’rish;
Tadbirkorlarning tavakkalchilikka tayyor emasliklari va innovatsion tarzda rivojlanishni istamasliklari tufayli (chunkiko’pchilik