5. “Agrobank” ATB ning ichki operatsiyalari hisobi, buxgalteriya hisobotlari va ularni tuzilishi.
Bank o`z funksiyalarini bajarishi uchun moddiy-texnik bazaga ega, ya`ni yetarli asosiy vositalar bilan ta`minlangan bo`lishi lozim. Shunday ekan, “Agrobank” ATB ham asosiy vositalar bir yildan ortiq muddatda foydalanishga mo`ljallangan moddiy aktivlar bo`lib, ular bank faoliyatida bank xizmatlarini ko`rsatish jarayonida ma`muriy maqsadlar va ijaraga berish uchun ishlatiladi. Asosiy vositalarga bino-inshootlar, uskuna va asboblar, kompyuter, mebel, hisoblash texnikalari, transport vositalari, foydalanish huquqi bilan olingan yer, kutubxona fondi, qiymatidan qat`iy nazar signalizatsiya va binoni qurishda uning narxiga kiritilmagan telefonlashtirish obyektlarini kiritish mumkin.
Asosiy vositalarning hisobini tashkil qilish bank faoliyatida alohida o`rin egallaydi. Asosiy vositalar hisobining vazifalari quyidagilarni o`zichiga oladi:
1. Asosiy vositalar harakatini to`g`riva o`zvaqtida hujjatlashtirish va ular bo’yicha hisobni tashkil etish.
2. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholab borish.
3. Asosiy vositalar to`liq saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
4. O`zvaqtida eskirishni hisoblab borish.
Asosiy vositalar balansda ularning boshlang„ich qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Boshlang`ich qiymat – bu asosiy vositani sotib olish yoki uni qurish bilan bo`lganbarcha xarajatlar, shu jumladan, to`langan soliqlar, bojxona bojlari hamda yetkazib berish, montaj o`rnatish va ishga tushirish, bevosita aktivdan belgilangan maqsadda foydalana olish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bo`lgan bo`lgan barcha xarajatlar summasidir.
Asosiy vositalar sotib olinganda puli oldindan yoki olingandan to`lanishi mumkin. Ular oldindan to`liq yoki qisman to`langanda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 19909 «Ko`rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatlik-lari uchun to`langan mablag`lar»
Kredit 10301, 16103 «Bankning vakillik hisobvarag`i yoki mijoz hisobvarag`i».
Sotib olingan binolar balansda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlar».
Kredit 19909 «Ko’rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to`langan mablag`lar».
Sotib olingan asosiy vositalar omborga qabul qilinmasdan to`g`ridan to`g`ri foydalanishga topshirilishi mumkin, bunda quyidagi provodka bajariladi:
Debet 165** «Tegishli asosiy vosita hisobvarag`i».
Kredit 19909 «Ko`rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qiymatliklari uchun to`langan mablag`lar».
Asosiy vositalar omborga qabul qilinganda ular 16561-hisob-varag`ida hisobga olinadi. Ombordan foydalanishga berilganda «Ombordagi asosiy vositalar» 16561-hisobvarag`idan hisobdan chiqariladi va tegishli asosiy vosita (165XX) hisobvarag`iga o`tkaziladi.
Agar bino qurilayotgan bo`lsa, qurilish bilan bog`liq barcha xarajatlar 16505 «Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag`ida aks ettiriladi. Bino foydalanishga topshirilganda uning qiymati qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan, 16509 – «Bank binolari va boshqa imoratlari» hisobvarag`iga o`tkaziladi.
Debet 16509 «Bank binolari va boshqa imoratlari».
Kredit 16505 «Tugallanmagan qurilishlar».
Agar bank to`lovni moddiy aktivlar kirim qilingandan keyin amalga oshirsa, tegishli kirim hujjatlariga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
a) Moddiy aktivlar kelib tushganda, darhol foydalanishga berilsa:
Debet 165** «Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag`i».
Kredit 29802 «Ko`rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to`lanadi-gan mablag`lar hisob-kitobi».
Asosiy vositalar omborga kirim qilinganda:
Debet 16561 «Ombordagi asosiy vositalar».
Kredit 29802 «Ko`rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to`lanadigan mablag`lar hisob-kitobi».
Aktivlar qiymati to`lanishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 29802 «Ko`rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to`lanadigan mablag`lar».
Kredit 10301, 16103 yoki mijozning hisobvarag`i.
Asosiy vositalar ombordan foydalanishga topshirilganda 16561- hisobvarag`idan chiqarilib, asosiy vositalarning tegishli hisobvarag`iga o`tkazib qo`yiladi.
Boshqa banklar kabi hamda Markaziy bank belgilagan qonunlarga asosan “Agrobank” ATB ham kunlik, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzib boradi va ularni markaziy bankka muntazam taqdim etib boradi.
“Agrobank” ATB hisobotlari shakli, tarkibi va tayyorlash bilan bog'Jiq metodologik masalalar Markaziy bank tomonidan joriy etiladi. Banklar o`z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilagan shakl va muddatlarda, unda
ko'rsatilgan ma'lumotning to`g`riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e`lon qiladi.
Banklarning oylik va choraklik joriy hisobotlaridan iborat bo'lib, oylik moliyaviy hisobotlar quyidagilardan tashkil topadi:
• balans ( I shakl);
• umumlashgan balans (bank bo'limlari bilan birgalikda);
• mulkiy shaklidan qat`iy nazar bank tomonidan berilgan muddati o`tmagan
va muddati o`tgan kreditlar summasining
yoyilmasi;
• jalb qilingan va yo'naltirilgan mablag'larni hisobga olib
boruvchi ayrim balansli hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• bank iqtisodiy normativlarini ifodalovchi hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• iqtisodiy normativlar bo'yicha hisob-kitoblar;
• korrespondentlik hisobvaraqdagi summalarning yoyilmasi;
• bankning boshqa balansli hisobvaraqlardagi summalari
yoyilmasi.
Tijorat banklari chorak yakunida quyidagi hisobot shakllalini tuzadi:
1. Balans bo'yicha so'mda va xorijiy valutalarda aylanma
vedomostlar.
2. Bosh bank va filiallarining balanslaIi bo'yicha aylanma
vedomost.
3. Foyda va zararlar haqida hisobot.
4. Boshqa hisobot shakllari.
Tijorat banklari yillik hisobotlari quyidagi shakllardan
tashkil topadi:
- yillik balans (l-shakl);
- foyda va zararlar haqida hisobot (2-shakl);
- asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobot;
- pul oqimlari to'g'risidagi hisobot;
- xususiy kapital to'g'risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
“Agrobank” ATB balansidagi mavjud debitor va kreditor mablag`lar tahlil etilib, ularni so`ndirish va to`lash yo`llarini ko`radi. “Agrobank” ATB ning yillik buxgalteriya hisobotini tuzish boshqaruvchi va bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Bosh buxgalter esa barcha balans va ko`zda tutilmagan hisobvaraqlarni audit, reviziya va boshqa dalolatnomalari bilan solishtirib chiqadi.
“Agrobank” ATBning yillik buxgalteriya hisobotlari 1-martgacha Markaziya bankning hududiy Bosh boshqarmalariga va Respublika markaziy bankiga, soliq organlariga, ta`sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi. Hisobot shakli ilovada ham ko`rsatilib o`tilgan.
Xulosa
Amaliyot natiajsidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, hali rivojlanish yo`lida bo`lgan mustaqil O`zbekistonda iqtisodiyot yo`nalishida ayniqsa bank sohasida oldingi yillarga ya`ni 2010 va undan keying yillar bilan solishtirganda anchagina rivojlanishni ko`rish mumkin. ammo shunga qaramay hali qilinishi kerak bo`lgan ishlar ham talaygina. Bu borasida prezidentimiz SH. Mirziyoyev ham Harakatlar strategiyasida ko`plab fikr mulohazalarni berib o`tgan. Men amaliyot o`tagan bank ya`ni “Agrobank” ATB ko`p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan bank hisoblanib, hozirgi darajasigacha kelguncha, lunda qilib aytganda
“uzA+” darajaga kelguncha ko`plab harakatlar qilinganini va bu harakatlar besamar ketmaganini ko`rish mumkin. Hozirda bu bank O`zbekiston bo’ylab 3 milliondan ortiq o`z mijozlariga ega va ularga sifatli xizmat ko`rsatmoqda. “Agrobank” ATB asosan agrar sohaga ixtisoslashgan bo`lib, mijozlarining ko`pini fermerlar va biznes bilan shug`ullanuvchi yer egalari tashkil qiladi.
“Agrobank” ATB kredit sohasida O`zbekiston bo’yicha banklar orasida kuchli 7 talikka kirgan bo`lib, mijozlariga muntazam kreditlarni past foiz stavkalarida berib kelmoqda. Kreditlar orasida “Agrobank” ATB i asosan mikroqarz, iste`mol krediti, yosh oilalarga va yosh biznesmenlar ya`ni o`z biznesini endi boshlaganlarga ajratishda yuqori pog`onalarda turadi.
“Agrobank” ATB i mamlakatimizda filiallar soni bo’yicha eng yiriklarida hisoblanib hozirda 12 ta viloyat boshqarmasi, 178 ta tuman (shahar) filiali, 248 ta minibanki, 102 ta maxsus kassasi, 231 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalariga ega. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Bu esa bankning iqtisodiy salohiyati boshqa banklarga qaraganda yuqori ekanligidan dalolatdir.
Qo`shimcha ma`lumot sifatida shuni aytish mumkinki, joriy yilda “Agrobank” ATB i mamlakatimizda birinchi bo`lib “Agroekspress” pul o`tkazmasini joriy qildi. Bu esa bankning o`z mijozlari uchun qilayotgan qulayliklaridan biri sifatida qarash mumkin. Bankning mobil ilovasi orqali esa, bankda kreditlar, to`lovlar borasida bo`lgan o`zgarishlarini muntazam kuzatib xabardor bo`lib borish mumkin hamda unda “sms-xabarnoma” ulangan bo`lib, mijoz sms so`rovi orqali o`z hisob raqamlaridagi qoldiq, hisob raqamlariga kelib tushayotgan va ulardan chiqarilayotgan mablag`lar to`g`risida sms-xabari orqali ma`lumot olish imkoni yaratiladi.
Amaliyot vaqtida o`qishda o`rganilgan nazariy bilimlar tatbiq etilib unga keng joriy etildi. Bankning lizing va faktoring operatsiyalari ham yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, lizing shartnomasi muddati Soliq Kodeksining 144-moddasi 3-qismida belgilangan amortizatsiya muddatlarini hisobga olgan holda lizing obyekti xizmat muddatining 80 % dank kam bo`lmagan muddatga tuziladi. Foiz stavkasi bank va mijoz kelishuviga ko`ra amalga oshiriladi.
“Agrobank” ATB da qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 28/4 sonli Qarori bilan 2008-yil 13-dekabrda tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi Yo`riqnoma asosida olib boriladi. Bulardan xulosa shunday bo`ladiki “Agrobank” ATB i qonun qoidalarga asosan o`z mijozlariga sifatli xizmat ko`rsatib keladi.
Bulardan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarga ham xorijiy valyutada ko`rsatiladigan xizmatlar aniq belgilangan qaror va hujjatlar asosida amalga oshirilishini yuqoridagi jadval orqali ham ko`rildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019–yil uchun mo`ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi;
2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi;
3. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2016 yil;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2344- sonli Qarori;
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida»gi 1834–son yo‘riqnoma 2015 yil 11 iyul;
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi;
7. Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djuraev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b;
8. Abdullaev YO., Qoraliev T., Toshmurodov SH., Abdullaeva S. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 yil, 196 b;
9. Abdullaeva SH.Z. Bank ishi. O‘quv qo‘llanma. –T.:TMI, 2003.–305 b;
10. Abdullaeva SH.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. b;
11 . Bank V.R. Organizatsiya i buxgalterskiy uchet bankovskix operatsiy: Ucheb. pos. - M.: F i S, 2014. - 153 s;
12. Diana Mak Noton, Donald Dj. Karlson, Klayton Tausend Ditd i dr. Organizatsiya raboti v bankax: v 2–x tomax. Tom 2. Interprirovanie finansovoy otchetnosti. Per. s ang. –M.: Finansi i statistika, 2016. –240 s;
13. Banklarda buxgalteriya bisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. TMI, -T.: dqtisod-Moliya», 2014. 241 b;
14. Navro`zova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika. O`quv qo`llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010 yil, 280 bet;
15. Banklarda buxgalteriya hisobi. K. N. Navro‘zova, N. G ‘. Karimov, U. D. Ortiqov / Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv darslik. – T.: «NISO POLIGRAF », – 2010. – 400 b;
FOYDALANILGAN WEB SAYTLAR RO`YXATI:
1. www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki);
2. www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi);
3. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi statistika ko‘mitasi);
4. www.my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal);
5. www.Agrobank.uz (Arobank Aksiyadorlik tijorat banki);
6. www.banker.uz (Banklar to`g`risidagi sayt).
Do'stlaringiz bilan baham: |