3. “Agrobank” ATB da kredit, lizing va faktoring operatsiyalari hisobi. Barcha banklarda bo`lgani kabi “Agrobank” ATB da ham kredit operatsiyalari banklarning riskli aktiv operatsiyalari tarkibiga kirib, banklar ushbu operatsiyalar hisobidan daromadlarni shakllantiradi. Bank aktiv operatsiyalarining risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, undan kutilayotgan foydaning darajasi ham shu darajada yuqori bo'ladi. O'zbekiston tijorat banklari tegishli me'yoriy huiiatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarga milliy valutada va xorijiy valutada kreditlar beradi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga kreditlar berish, kredit uchun foiz to'lovlari va uning asosiy summasini undirish bilan bog'liq operatsiyalarni bosqichma bosqich ko'rib chiqamiz. Bank va kredit oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuziladi, yuridik shaxslar asosiy hisobvarag'i ochilgan bank bilan kredit shartnomasini tuziladi.
Yuridik shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi hujjatlar bo'lishi kerak:
-balans va moliyaviy hisobotlar;
-biznes reja;
-kredit ta'minoti bo'yicha huiiat;
-zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo`shimcha huiiatlar talab etilishi mumkin.
Jismoniy shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada
quyidagi huiiatlar bo'lishi kerak:
-kredit oluvchining pasport nusxasi;
-ish joyidan ishlashi haqidagi ma'lumotnoma;
-ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma;
-oila a'zolari haqida mahalladan ma'lumotnoma;
-kredit ta'minoti bo'yicha huiiat;
-zarur hollarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo`shimcha hujjatlar
talab etilishi mumkin.
“Agrobank” ATB tomonidan berilgan kreditlar bo'yicha olingan kafalotlar kredit berilgan butun muddat davomida buxgaiteriya hisobvaraqlar rejasining 94503-«Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar» hisobvarag'ida hisobga olib boriladi. Kredit ajratish uchun qaror qabul qilingandan keyin birinchi navbatda ssuda hisobvaraqlari ochiladi. Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ochilgan ssuda hisobvaraqlari xarakteri bo'yicha aktiv hisoblanib, ular bo'yicha mablag'larning ko'payishi, ya`ni kredit berilganda va berilgan kreditning qoldiq summasi debetda, mablag'larning kamayishi, ya'ni kredit qaytarilganda esa kredit tomonidan aks ettiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarga ssuda hisobvarag'i ochish uchun kredit shartnomasiga asosan kredit bo'limi buxgalteriya bo'limiga farmoyish taqdim etadi. Ssuda hisobvaraqlari bank buxgalteriya hisobvaraqlari rejasining aktiv raqamlarida ochilib, yigirmata raqamdan tashkil topadi.
“Agrobank” ATB da bugungi kunda jismoniy shaxslarga mikroqarz, avtokredit, iste`mol krediti, ipoteka krediti, ta`lim krediti, overdraft kediti, aholi bandligini ta`minlsh uchun imtiyozli krditlar, kam ta`minlangan oilalarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun, aholiga shaxsiy yordamchi xo`jalik faoliyatini rivojlantirish uchun kreditlar ajratilmoqda.
Mikroqarz “Agrobank” ATB da hozirda yil muddatga imtiyozsiz eng kam oylik ish haqining baravarigacha foiz stavkasi 34% qiymatda berilmoqda. Ta`minot turlari sifatida likvidli mol-mulk garovi, uchunchi shaxslarning kafilligi, kredit qaytmsaligi xatarini sug`urta qilishni o`z ichiga qamrab oladi. Ushbu mikroqarz uchun kerak bo`ladigan hujjatlar sifatida ariza, passport yoki haqiqiy harbiy xizmatdagilar uchun harbiy guvohnoma nusxasi, o`z daromadlari to`g`risidagi ma`lumotlar, AT “Xalq banki” da ochilgan JBPT daftarchasining ajratmalar to`ldirilgan va tasdiqlangan nusxasi.
“Agrobank” ATB da istemol kreditlariga ham talab ko`p. Bu kredit shakliga murojaat qilgan shaxs doimiy daromad manbaiga ega bo`lgan jismoniy shaxs bo`lishi kerak bo`ladi. Kredit miqdori qarz oluvchi jismoniy shaxsning daromadidan kelib chiqqan holda, bunda mijozning oylik daromadining 50%i unga ajratiladigan kreditning 1 oylik asosiy qarz va foiz to`lovlarini qoplashi shart. Agar kredit 1 yil muddatga olinsa kredit foizi 28% ni tashkil etadi, agar 2 yilga olinsa kredit foizi 30% ni, 3 yilga olinsa 32 foizni tashkil etadi. Bu kredit turida boshlang`ich to`lov talab qilinmaydi.
“Agrobank” ATB da ipoteka krediti ham eng ko`p so`raladigan kredit turi hisoblanib, kredit 15 yilgacha muddatga beriladi, bunda 3 yillik imtiyozli davr belgilanadi. Imtiyozli davrda kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik to`lanmaydi. Yosh oilalar uchun ipoteka kredit birinchi marta rasmiy nikohdan o`tgan, 30 yoshdan oshmagan yosh oilalarga ajratiladi. Kredit foizi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda.