3. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta usguvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq, foydalangan holda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq, aralashuvning uz chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi.
Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muhim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi har qanday xattiharakatlarga yo‘l kuyib bo‘lmaydi (umumiy direktiv rejalashtirish, narxlar ustidan yalpi nazorat va boshqalar)3.
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk .ukini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va usiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.
SHunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya ki shishi ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji nulidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 ning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi.
Ombudsman (kadimgi skandinavchada umbop «vakolat», «zimmasiga yuklash») qator davlatlarda ijro hokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar faoliyatida ma’lum fuqarolar guruhining adolat va manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs.
Huquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen instituti bu konstitutsiya yoki qonunchilik hokimiyati hujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshligi oldida mas’ul bo‘lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xattiharakatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida harakat qiladi.
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimining tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidagi asosiy yangiliklardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Davlat boshqaruvining mazkur usuli ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlar uz xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuknash keluvchi byurokratik muammolarni xal etishdagi samarali vosita sifatida ijobiy rol uynamoqda.
Xozirgi vaqtda ombudsman instituti boshqaruvning turli shakllari prezidentlik respublikasi (Finlyandiya, Fransiya, AKD1), parlament respublikasi (SHveysariya, Avstriya, GFR), konstitutsiyaviy monarxiya (Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, Ispaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada) xukmron bo‘lgan 50 dan ortiq mamlakatda mavjud4.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutining joriy etilishi bu boradagi faoliyatning jahon andozalariga muvofiqligini ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoni bilan tasdiqdangan Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha bosqichlarida shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarda tadbirkorlik faoliyati soxdsidagi ruxsat berish tartiblari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 285son qarori qabul qilingan edi.
Ma’lumki, 2010 yil 12 noyabrda Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan konsepsiyada ilgari surilgan muhim qonunchilik tashabbuslaridan birining amaliy tadbiqi sifatida 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni e’lon qilindi. Qonunning 3moddasida «Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va uz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir»5, deb belgilab berildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan xolda, oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib utish mumkin.
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ruyhatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yil 7 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ruyhatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 111 moddalariga ko‘ra, kuchmas mulkni davlat ruyhatidan o‘tkazish talab qilinadi. Lekin ba’zida ruyhatdan o‘tkazishning murakkab tartibtaomili turarjoy harid qilinganda to‘siqka aylanadi. Dna shu sababga ko‘ra har bir davlat mulkni ruyhatdan o‘tkazishni soddalashtirishga, texnologik taraqqiyotning muqarrarligini hisobga olib esa, uni avtomatlashtirishga intiladi. Buni tasdiqdagan xolda Vazirlar Mahkamasining ta’kidlab utilgan Qarori bilan kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ruyhatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan me’yorlar tasdiqdandi. Kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u xakda tuzilgan bitimlarni davlat ruyhatidan azish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, u yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan, er osti inshootlariga), ko‘p lik dovdaraxtlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va er uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni, axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab, «yagona oyna» prinsipi1cha davlat ruyhatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi:.
2017 yil II choragida kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ruyhatdan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
bino va inshootlar maydonlaridan kelib chiqqan xolda ularni xatlovdan o‘tkazishning differensiallashgan muddatlarini belgilash;
kadastr organlarining Davlat soliq qo‘mitasi, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar hududiy bulinmalari bilan real vaqt rejimida cha’lumot olish imkonini beradigan o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini joriy etish;
kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni qayta ruyhatdan o‘tkazishda uni takroran xatlovdan o‘tkazishni taqiqlashni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bu borada tegishli U zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qabul qilinishi vakolatli organlar o‘rtasida axborot almashinuvi tartibini soddalashtirish, bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilayotgan kadastr ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi.
YAna bir yo‘nalish investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat.
2017 yilning IV choragida xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish bo‘yicha investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi, «Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‘rganish natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo‘llabquvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish belgilab berilgan.
Dasturda belgilangan muhim tadbir korporativ boshqaruviiing zamonaviy standartlar va usullarini joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4720-son Farmoni korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishni belgilab bergan edi. Dasturda mulk tarkibida davlat ulushi bo‘lgan 1100 tadan ortiq aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa xo‘jalik birlashmalari faoliyatining samaradorligini tanqidiy ko‘rib chiqish hamda bu sohada YAponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda kullanilayotgan menejment tizimlari asosida yangi uslub va yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish belgilab olingan edi.
2017 yil davomida Jahon bankining «Doing Business» xalqaro reytingida respublikamizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali yaxshi natijalarga erishish nazarda tutiladi.
Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlatxususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoattashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |