ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi.
SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin
(mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib
boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi
(har qaysi bosqich yoki bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish
jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish
jarayonining bosqichsi bir-
biridan qo’llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va kadrlarning
ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy jarayoni
uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. Bosqichlar ayrim
operatsiyalardan tashkil topadi.
Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish
joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat
buyumlarining kimyoviy
tarkibi bir necha o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi.
Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Materiallarni qayta ishlashda va
operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda, tayyorlashda oldingi hamda keyingi
operatsiyalar soni va sifati bilan bog’lanadi. Operatsiyalar ish harakatlari (priyomlar)ga
bo’linadi.
Priyom – bu ish harakatining berk jarayoni bo’lib, bir ishlovchi tamom qilgan ish
elementidan iboratdir. Har qaysi ish priyomini bajarish uchun, bajaruvchi ma’lum
darajada mehnat harakatini amalga oshiradi (ma’lum detalni olish, burash, tortish va
h.k.lar mehnat harakati priyomining bir qismi bo’lib, ishchining biror buyumga ta’siri
yoki ishchining buyum bilan yoxud buyumsiz bir joyga siljishi tushuniladi).
Ishlab
chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali
ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat
unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat. Ishlab chiqarish
jarayonlarining yuqorida qayd qilingan elementlarga bo’linishi ishlab chiqarish
jarayonining strukturasini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni soha mahsulotini
tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi va xizmat
qiluvchi jarayonlarga
bo’linadi. Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb
ataladi. Bunday jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi:
tayyorlov bosqichsida – cho’yanni vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun
qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda – u mexanizmga asoslangan yoki
issiqlik yo’li bilan detallarga o’ziga xos xususiyat, o’lchov va sirtqi tomonga sifatli
ishlov berish; payvandlashda – detallarni bir tugunga (uzelga) yig’ish yoki tamomlangan
buyumlar – mashinalar va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipniklar,
elektromotorlar, asboblar) yig’ish. Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat
qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga
quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbobuskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar
tayyorlash va bularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo’yicha xizmat qilish
(uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli
xil energiya (elektr energiya, bug’, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat
qilish. Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti,
tayyor
mahsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi. Mehnat qurollariga
ta’sir qilishning usullariga va xarakteriga qarab asosiy va yordamchi jarayonlar: qo’l
bilan, mashina-qo’l bilan, mashina bilan, avtomatlashtirilgan va apparat bilan
bajariladigan jarayonlarga bo’linadi. Qo’l bilan bajariladigan jarayon asosan mehnat
predmetlari shaklining o’zgarishiga qaratilgan bo’ladi. Mashina va qo’l yordami bilan
bajariladigan jarayonga faqat mashina bilan bajariladigan ish elementlarigina emas, balki
qo’l mehnati bilan bajariladigan ish ham kiradi. Masalan, detallarni qo’l bilan olib turish
usulida stanokda ishlov berish. Mashina va mexanizmlar yordami bilan bajariladigan
jarayonda materiallarning shakli, katta-kichikligi, ko’rinishi, holati o’zgaradi va
ishchilarning qatnashishi chegaralangan bo’ladi. Avtomatlashtirilgan jaryonlar ishchilar
qatnashmagan holda yoki faqat ularning kuzatuvi yordamida amalga oshiriladi. Apparatli
jarayon fizikaviy, kimyoviy va issiqlik jarayonlariga aloqador bo’lib, bu maxsus
agregatlarda texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan xarkterlanadi. Ishlab chiqarish
jarayonlari vaqt bo’yicha davom etish xususiyatlariga qarab, takrorlanib turadigan va
uzluksizlarga bo’linadi. Takrorlanib turadigan jarayonlarda boshlang’ich xom ashyo va
materiallar uskunalar yordamida uzluksiz ravishda qayta ishlanadi va natijada tayyor
mahsulotga aylantiriladi. Har qanday soha korxonalarida va Sexlarida ishlab chiqarishni
tashkil qilish jarayonining asosida jonli mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan vaqt
va fazoda ratsional ravishda foydalanish yotadi.
Bu esa uskunalar, xom ashyo,
materiallar, yoqilg’i, elektr energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda mehnat
resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishishni taqozo etadi. Ishlab
chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomillashtirishning rejali
va mutanosib bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: