"iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalari"


Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda aholi ijtimoiy



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana11.03.2022
Hajmi1,38 Mb.
#490809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy

2.2. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda aholi ijtimoiy 
muhofazasining manzilliligini ta’minlash tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari 
yili”da amalga oshirish bo‘yicha davlat Dasturida “Kam ta’minlangan oilalarga 
ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 
nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar 
Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish” ko‘zda tutilgan bo‘lib, Vazirlar 
Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan edi. Bunda “haqiqatdan 
ehtiyojmand va davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni 
aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash 
joyibo‘yicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar 
nazarda tutilgan”
22

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan 14 yoshgacha bolalari 
bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha 
nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi 
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va 
to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” bilan tartibga solinadi. Ushbu nizomga ko‘ra 
bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir 
oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan 
davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan 
oilalarga tayinlanadi. 
22
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 
6-son, 70-modda. 


30
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam 
olishda quyidagi toifadagi fuqarolar va oilalar ustun darajadagi huquqlarga ega: 

ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa 
qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar; 

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar; 

14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa 
qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar); 

nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar; 

bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). 
Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada ona (ota) tomonidan 
tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi belgilaydi; 

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish izlovchi sifatida 
bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida hisobda 
turgan oilalar; 

yolg‘iz pensionerlar. 
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy 
yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining 
yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki 
uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. 
Ariza beruvchining ehtiyojmandligi darajasini aniqlash va bolali oilalarga 
nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash (rad etish) 
to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida 
maxsus komissiya tashkil etiladi, uning tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organi raisi tomonidan 12 oy muddatga, kamida 5 kishidan iborat etib tasdiqlanadi. 
Maxsus komissiya tarkibiga o‘zini o‘zi boshqarish organi maslahatchilari, 
kotibi, ushbu organ hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka 
ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, shuningdek 


31
zaruriyat bo‘lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari va moliya organlari 
vakillari kiritiladi. 
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, nafaqa olish 
uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan 
oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini 
oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi. 
O‘rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga 
olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a’zolari tomonidan olingan quyidagi 
daromadlar kiritiladi: 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish