Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Download 1,22 Mb.
bet25/168
Sana10.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#950545
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI (1)

Alohida tarmoqlar miqyosida
Qishloq xo‘jaligida boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va suv xo‘jaligi vazirligi birlash­tirildi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi va yangi vazirlik oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
– yerlar hosildorligi va samaradorligini oshirish maqsadida yagona strategik siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish;
– qishloq xo‘jaligida yagona fan-texnika va texnologiya siyosa­tini amalga oshirish;
– qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqur­lashtirish va qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mus­taqilligini kengaytirish;
– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsionalizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini optimal almashlab ekish ti­zimini tatbiq etish;
– respublika agrosanoat majmui holatini tahlil etib, uning rivojlanish istiqbolini aniqlash;
– qishloq xo‘jaligini intensivlashtirilishini ta’minlash;
– respublika yer va suv resurslaridan samarali foydalanish ustidan davlat hisob va nazoratini amalga oshirish;
– ilgari o‘zlashtirilgan yerlarning meliorativ holatini yaxshi­lash, yangi yerlarni sug‘orish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘o­rishda progressiv metodlardan foydalanish;
– respublika suv resurslari va irrigatsiya-melioratsiya tizim­lariga boshqaruvlik qilish.
Respublikadagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ hola­tini e’tiborga olib, uni tubdan o‘zgartirish zamon talabi ekan­ligini tasdiqlab, respublika irrigatsiya va melioratsiya inshoot­la­rini ekspluatatsiya qilishni takomillashtirish maqsa­di­da O’zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2007 yil 12 dekabrda 256-sonli «O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘­ja­ligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida» Qaror qabul qildi va bu Qo‘mita oldiga respublikada suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish va­zifasi qo‘yildi.
Ilgari respublikada soliq va soliqqa tortish bilan Moliya vazirligi huzuridagi soliq organlari shug‘ullangan, lekin xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, soliq va soliqqa tortish munosabat­larining murakkablashishi bilan soliq organlari moliya organla­ridan olinib, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo‘mitasi tashkil etildi va bu qo‘mitaga quyidagi vazifalar yuklatildi:
– davlat budjeti va boshqa fondlarga jalb etiladigan soliq va to‘lovlarning to‘g‘ri aniqlanganligi, ularning to‘g‘ri va o‘z vaq­tida to‘lanishi ustidan nazorat qilish;
– soliq to‘lovchilarni, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni to‘­liq va o‘z vaqtida hisobga olish va fuqarolardan olinadigan soliq­larni to‘g‘ri aniqlash;
– O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish;
– soliqlar va to‘lovlardan bosh tortganlarni aniqlash, qabul qilingan soliq qonunlarini buzganliklari to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan materiallarni tegishli tekshirish – sud organlariga topshirish.
Bir guruh vazirliklar o‘rniga bozor munosabatlariga moslan­gan organlar barpo etildi. Oziq-ovqat vazirligi o‘rniga Davlat-aksiyadorlik konserni, Yo‘l aloqa vazirligi o‘rniga Davlat-aksiya­dorlar kompaniyasi, Neft va gaz sanoati vazirligi o‘rniga, Dav­lat-neft va gaz sanoat konserni, Mahalliy sanoat vazirligi o‘rni­ga Davlat-aksiyadorlar korporatsiyasi, Paxta tozalash sanoati vazirligi o‘rniga Paxta bo‘yicha Davlat-aksiyadorlar konserni, Qu­rilish materiallari sanoati vazirligi o‘rniga Qurilish material­lari ishlab chiqarish bo‘yicha davlat konserni tashkil etildi.
Sotsial ta’minot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va­zir­ligi, Xalq ta’lim vazirligi saqlanib qolindi.
Boshqaruv organlarining samarali faoliyati nazorat organ­lari­ning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli respublikada yangi nazorat organlar tizimini tashkil qilishga ham tegishli e’tibor ajratildi.
1998 yili Respublika Prezidentining «Tekshirishlarni tar­tib­ga solish va tekshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlash­tirishni takomillashtirish to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga binoan respublikada o‘tkazilayotgan tekshiruvlarni tartibga solish, tekshiruvchi organlar tomonidan xo‘jalik sub’ekt­larining faoliyatiga asossiz aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maq­sadida xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va nazorat qilish ishlari ustidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasiga yuklatildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yili qabul qilingan Farmoyishiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezi­den­ti apparatida nazorat Inspeksiyasi tashkil etildi va bu inspeksiya o‘z tarkibiga quyidagilarni oldi:
O’zbekiston Respublikasi Prezident Mahkamasi nazorat inspeksiyasi:
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Juqori Kenges raisi huzuri­dagi nazorat inspeksiyasi;
Respublika shaharlari, tumanlari apparatlarining nazorat inspeksiyalari.
Nazorat inspeksiyalari oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
– davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan harakatchan nazorat tashkil qilib, ular tomonidan bajaruv intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
– fuqarolar tomonidan respublikada qabul qilingan qonun, qaror, Prezident farmoyishlarining bajarilishi to‘g‘risidagi tushgan ariza va xatlarni tekshirish;
– bozor munosabatlari mexanizmlarini amalga oshirish, kor­xonalar manfaatlarini himoya qilish, xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qilish, ulardan samarali foydalanish, iqtiso­diy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif­larni ishlab chiqish.
Respublika iqtisodiy islohotlarini kelgusida chuqurlash­tirish va yangi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida res­publika keng fan jamoasini jalb qilish uchun O’zbekiston Res­publikasi Prezidenti huzurida iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha idoralararo Kengash tashkil etildi va uning oldiga quyidagi vazifalar quyildi:
– respublika sotsial-iqtisodiy rivojlanishining yagona stra­tegiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
– iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini takomillash­tirishga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish;
– respublikada iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maq­sadida konkret model va dasturlarni tayyorlash;
– tadbirkorlikni rivojlantirish holatini tahlil qilish;
– xorijiy investorlarni aktiv jalb qilish maqsadida tegish­li chora-tadbirlarni aniqlash.
Ko‘rinib turibdiki, respublikada iqtisodiyotga umuman, uning alohida tarmoqlariga boshqaruvlik takomillashib bor­moqda. Shu bilan birga alohida korxona va tashkilotlarga nisbatan ham te­gishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va ular quyidagi yo‘na­lishlarda o‘tkazilmoqda:
– korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va ularga nisbatan davlat rahbarligini pasaytirish;
– davlat korxona va tashkilotlarini xususiylashtirish, ular­ni boshqa mulk shakllariga aylantirish, iqtisodiy mustaqilli­gini kengaytirish;
– narx-navo siyosatini erkinlashtirish, narxlarni asosan o‘zaro shartnomalarga, taklif va talab nisbatiga asosan aniqlash;
– mahsulot ishlab chiqarishga davlat buyurtmalarini qisqar­tirib borish;
– moddiy-xom ashyo resurslarini davlat limitlariga asosan emas, shartnomalarga asoslanib taqsimlash;
– korxona va tashkilotlar faoliyatini davlat tomonidan qo‘l­lab quvvatlashni kamaytira borib, ularni o‘zini-o‘zi oqlash, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish uchun tegishli shart-sharoitlarni barpo etish.
Shunday qilib:
Birinchidan, respublika xalq xo‘jaligini, iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bo‘lgan yangi boshqaruv tizimni shakllantirishga respubli­kada zarur bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaydilarki: «Iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o‘z­gartirildi. Tarmoq vazirliklari tugatilib, ishlab chiqarish tar­moqlari va sohalarini boshqarishning bozor iqtisodiyoti sha­roitida xo‘jalik yuritish talablariga ko‘proq mos keladigan yangi tizimi tashkil etildi»27.
Ikkinchidan, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar boshqaruv tizimning hamma yo‘nalishlarini o‘z tarkibiga qamrab olmoqda. Bu chora-tadbirlar umuman xalq xo‘jaligi, mamlakat iqtisodiyoti, iqtisodiyotning alohida tarmoq va sohalari miqyosida va alohida korxona va tashkilotlarga nisbatan amalga oshirilmoqda.
Uchinchidan, respublikada davlat asosiy islohotchi ekan, yangi boshqaruv tizimini shakllantirishda bozor munosabatlariga erkinlik berish, davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlanti­rishda davlatning aralashuv saqlanib qolmoqda va bu aralashuvi doimo takomillashib bormoqda.
To‘rtinchidan, respublikada sotsial yo‘naltirilgan ko‘p uk­lad­li bozor iqtisodiyoti asta-sekin, bosqichma-bosqich shakl­la­nar ekan, respublikaning sotsial-iqtisodiy rivojlanishida qa­bul qilingan boshqaruv tizimining prinsiplari, amalga oshi­ri­lish yo‘nalish­lari, boshqaruv organlarning tarkibiy tuzilishi yangi mavjud bo‘layotgan talablarga javoban o‘zgartirilib bormoqda.
Beshinchidan, shakllanayotgan yangi boshqaruv tizimi res­pub­lika sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omil­lari­dan biriga aylanmoqda va respublikada xalq xo‘jaligi barqa­ror­ligini saqlab qolish va respublika iqtisodiyoti rivoj­lan­ti­rili­shini ta’min­lashda asosiy shart-sharoitga aylanmoqda.
Oltinchidan, lekin bozor munosabatlariga moslangan yangi boshqaruv tizim respublikada hali to‘liq shakllangani yo‘q. Bu borada rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamma vaqt, hamma joyda ham samarali darajada amalga oshirilmayapti.
Bu kamchiliklarning borligini ta’kidlab, ularni bartaraf etish maqsadida I.A. Karimov shunday deydilar:
«Keling, mavjud boshqaruv tizimining nuqson va illat­larini tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, baholaylik.
Avvalo, keyingi yillarda qator soha vazirliklari turli xo‘jalik birlashmalariga, ya’ni korporatsiyalar, uyushmalar, kompa­niyalarga aylantirilganiga qaramay, ularning mohiyati, ish usul­lari amalda deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.»28
Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida I.A. Ka­rimov quyidagi muammolarni yechish zarurligini va buning uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘llarini ko‘r­sa­tib berdilar:
– Boshqaruv organlari, boshqaruv tizimi bo‘yicha hukumat to­mondan qabul qilingan qonun va qarorlarning hamma joylarda ijrosini ta’minlash.
– Bozor munosabatlarining talablariga binoan xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy erkinligini kengaytirish maqsadida davlat, hukumat organlari tomonidan ularning ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyatiga asossiz aralashuvini bartaraf etish.
– Boshqaruvni o‘ta markazlashtirish tamoyilidan voz kechib, ayrim vazifalarni boshqaruvning xududiy bo‘g‘inlariga keng ko‘­lamda o‘tkazish.
– Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini jo­riy etish, keraksiz hisobotlarni va qog‘ozbozlikni qisqartirish asosida davlat boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish.
– Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ayrim idoraviy, tarmoq va hududiy boshqaruv tuzilmalarini qayta tu­zish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodiyot­ning boshqaruv tizilmalari samaradorligini oshirish.
«O’zbek modeli»ni amalga oshirish yo‘nalishlaridan biri bo‘l­mish bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakl­lantirish respublikada sotsial yo‘naltirilgan bozor iqti­sodiyoti­­ni barpo etishda katta ahamiyatga ega.
Shakllantirilayotgan yangi boshqaruv tizimi iqtisodiy taraq­qiyotning «o‘zbek modeli» tamoyillarini amalga oshirishda te­gishli imkoniyatlar, shart-sharoitlarni barpo etdi va natijada respublika iqtisodiy islohotlari samarali amalga oshiril­moqda.
Yangi boshqaruv tizimi ayniqsa davlatning asosiy islohotchi funksiyasini amalga oshirishda va umuman respublikada yangi ja­miyatni, yangi sotsial-iqtisodiy tizimni shakllantirishda davlat­ning tutgan o‘rnini kuchaytirdi va bu vaziyat respublika iqtisodiyo­tining yuqori sur’atlarda taraqqiy etishini ta’min­lamoqda.
Demak, respublikaning kelgusidagi taraqqiyotida iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishida respublikada ishlab chi­qilgan va amalga oshirilayotgan yangi boshqaruv tizimini ham takomillashtirib borish – zamon talabi.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish