Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Download 1,22 Mb.
bet8/168
Sana10.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#950545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI (1)

mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;

  • mehnat sig‘imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  • kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;

  • kapital sig‘imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  • tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘llanilgan tabiiy resurslar miqdoriga nisbati;

  • mahsulotning resurslar sig‘imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

    7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
    Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo‘shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o‘zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo‘shimcha o‘sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo‘shimcha o‘sishi hajmini belgilab beradi:

    1. keyingi qo‘shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);

    2. keyingi qo‘shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);

    3. keyingi qo‘shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).

    Bu ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
    .
    Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
    Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin: 1) resurslarning ko‘proq hajmining jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan (2-chizma).
    Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. CHunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. SHu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.
    Hozirda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillaridan imkon qadar samarali foydalanishga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali bandligini ta’minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Har yili iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlari yaratib borilmoqda.
    Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta’minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «…jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda»3.

    1. Банд бўлган ишчилар сони
    2. Ишлаган киши-соатларининг ўртача миқдори


    Меҳнат сарфлари




    Ишлаб чиқаришнинг реал ҳажми


    Меҳнат унумдор-лиги




    1. Техника тараққиёти

    2. Капитал қўйилмалар ҳажми

    3. Таълим ва малака тайёргарлиги

    4. Ресурсларни жойлаштириш самарадорлиги

    5. Бошқа омиллар







    Download 1,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish