Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish



Download 1,22 Mb.
bet22/168
Sana10.06.2023
Hajmi1,22 Mb.
#950545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI (1)

2. Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish

Respublika bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o‘tish muammo­sini yechayotgan ekan, bu maqsadda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish ob’ektiv zaruriyatga aylandi.


«Mustahkam huquqiy negiz bo‘lgandagina, – ta’kidlaydi I.A. Karimov, – o‘zini oqlamagan eski tizimni to‘la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan yangi jamiyat qurish mumkin...
Shu sababli birinchi bosqichda biz islohotlarning o‘z huquqiy negizini yaratishga asosiy e’tiborni qaratib keldik»21.
Bu zaruriyatning amaliy sabablarini ham I.A. Karimov asoslab berdilar. Ular quyidagilardan iborat:
– mamlakatda shakllangan qonunlar tizimi avvalgi totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini himoya qilish manfaatlariga xizmat qilar edi;
– mamlakatda qabul qilingan qonunlar butunittifoq talab­lariga moslangan bo‘lib, respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmas edi;
– respublika bozor munosabatlariga o‘tish borasida o‘z yo‘lini tanlab, o‘z modelini ishlab chiqar ekan, bu model mazmuniga moslangan qonunlar tizimini ishlab chiqish kerak edi.
I.A. Karimov ta’kidladilarki: «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtiso­diyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Avval boshda­noq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib, islohotlarni amalga oshi­rishning ishonchli kafolatini, islohotlar ortga chekinmasli­gining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi»22.
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizi respublikada qa­bul qilingan Konstitutsiyada, Qonunlarda, Respublika Prezi­den­ti Farmonlarida, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida o‘z ifo­da­­sini topdi.
Respublika qonunlarida mamlakatimizda barpo etilayotgan sotsial yo‘naltirilgan, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish borasidagi asosiy nazariy va amaliy muammolar o‘z ifo­dasini topadi.
Respublika Prezidenti Farmonlarida qabul qilinayotgan qo­nunlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan iqtisodiy islohotlar­ning asosiy mafkurasi va ularning amalga oshirish bosqichlari, yo‘nalishlari o‘z aksini topadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida Respublika Prezi­den­ti Farmonlarida ko‘tarilgan muammolar huquqiy asosda yoritib beri­ladi va ularni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqiladi.
Respublikada tayyorlanayotgan normativ ma’muriy hujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, keng aholi omma­siga taqdim etiladi, muhokama yakunlarini e’tiborga olib ko‘ri­ladi va tasdiqlanadi. Buni tashkil qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida maxsus iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha idoralararo Ken­gash tuzilgan. Kengash respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan­tirilishining yagona strategiyasini hamda bu strate­giya­ni ro‘yobga chiqarishning amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish mu­rakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, bu jarayon I.A. Karimovning ko‘rsatmalariga binoan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshi­rilmoqda:
1. Respublika mustaqilligining huquqiy negizlarini yara­tish, davlatning boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Shu maqsadda respublikada «O’zbe­kiston Respubli­kasi davlat Mustaqilligining asoslari to‘g‘risida», «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘­ri­sida», «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘­risida» va boshqa Qonunlar qabul qilindi.
2. Respublikada shakllantirilayotgan yangi iqtisodiy muno­sabatlar tarkibida mulkchilik munosabatlariga asos soladigan qonunlarni yaratish. Shu maqsadda respublikada mulk to‘g‘­ri­sidagi, yer to‘g‘risidagi, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy­lash­tirish to‘g‘risidagi, davlat uy-joy fondini xususiy­lash­tirish to‘g‘risi­dagi va bir qancha boshqa Qonunlar tayyorlandi, qabul qilindi.
3. Mamlakat iqtisodiyotida xo‘jalik yuritishning bozor muno­sabatlariga mos keladigan yangi mexanizmini, bozor iqtiso­diyotining infratuzilmasini tashkil qilish asoslarini aniqlab berish. Bu muammolarni yechish uchun respublikada korxonalar to‘g‘­risidagi, kooperatsiya to‘g‘risidagi, fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi, dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi, xo‘jalik jamoalari va shirkatlari to‘g‘risidagi, bank va bank faoliyati to‘g‘risidagi, pul tizimi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, sug‘urta to‘g‘risidagi, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risidagi va boshqa Qonunlar qabul qilindi.
4. Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlan­tirish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarida teng huquqli sub’ekt sifatida ifodalanishini ta’riflovchi huquqiy asoslarni ishlab chiqish. Shu maqsadda respublikada tash­qi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida, O’zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to‘g‘risida, valyutani tartibga solish to‘g‘risida, xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida, O’zbekiston Res­publikasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida, investitsiya fa­oliya­ti to‘g‘risida, chet el investitsiyasi to‘g‘risida, chet el investorlar huquqining kafolatlanishini himoya qilish choralari to‘g‘risida Qonunlar ishlab chiqildi, qabul qilindi.
5. Respublikada sotsial-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo etilar ekan, respublika aholisining konstitutsion va yuridik huquqlarini, sotsial kafolatlarini, sotsial himoyalash­ni ta’minlaydigan qonunlarni yaratish. Bu borada qabul qilingan qonunlar, ish bilan bandlik to‘g‘risida, nogironlarni himoya qi­lish to‘g‘risida, fuqarolarning davlat pensiya ta’mi­noti asoslari to‘g‘risida, ta’lim to‘g‘risida, yoshlarga doir dav­lat siyosatining asoslari to‘g‘risida, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida, ayollarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida, davlat uy-joy siyosati asoslari to‘g‘risida, kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur to‘g‘risida va hokazo Qonunlar qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarining mazmu­nini, uning sotsial-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining huqu­qiy asoslarini belgilovchi yuridik hujjat – bu res­pub­likada 1992 yili qabul qilingan Konstitutsiya. «Konstitutsiya yosh davla­timiz chinakam mustaqilliligining, yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar dunyoga kelishining mustahkam poy­devori bo‘lib xizmat qilmoqda»23.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy islohotlarini huquqiy bazasini barpo etish jarayoni aniq xususiyatlarga ega.
Bu xususiyatlardan birinchisi – bozor munosabatlariga o‘tish­ga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini barpo etish respublikada uning mustaqillikka erishmasdan oldingi davrda boshlanganligi.
Ma’lumki, bir guruh qonunlar, hukumat qarorlari 1989-1991 yillarda, respublika mustaqilligi e’lon qilinmasdan oldin, albatta, markazning ruxsatini olmasdan ishlab chiqildi, qabul qilindi. Bu Yer to‘g‘risida – (1990 yil 20 iyun), O’zbekiston SSRda mulk to‘g‘risida – (1990 yil 31 oktabr), Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida – (1991 yil 15 fevral), O’zbekiston SSRda korxonalar to‘g‘risida – (1991 yil 15 fevral), O’zbekiston SSRda kooperatsiya to‘g‘risida – (1991 yil 14 iyun), O’zbekiston SSRda chet el investitsiyalari to‘g‘risida – (1991 yil 14 iyun), O’zbekiston SSRning tashqi iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida – (1991 yil 14 iyun), O’zbekiston SSRda tadbirkorlik to‘g‘risida – (1991 yil 15 fevral) va b.
1989-1991 yillarda hukumatning qarorlariga binoan tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun 360 ming gektar yerlar ajra­tildi, bo‘lib berildi, demak 1,5 mln. qishloq oilalari tomorqa xo‘jaligi uchun yerlar oldilar yoki mavjud tomorqa yerlarining maydonini kengaytirdilar. Shu sababli respublika aholisidan 9 mln. kishining turmush darajasi ko‘tarildi.
Bu chora-tadbirlarni amalga oshirishning sababi shundan iborat ediki, 1989 yili respublika qishloq xo‘jaligida tomorqa xo‘jaliklarning qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining hammasi bo‘lib 20 foizini berar edi, 240 ming oilalar tomorqalar tashkil qilish uchun yer maydonlariga, 1,5 mln. oilalar tomorqa xo‘jalik­lari maydonini kengaytirishga muhtoj edilar.
Mustaqillikka erishmasdan oldin tegishli respublika qonun-qarorlarini qabul qilishning zaruriyatini, mohiyatini esga olib, I.A. Karimov bunday degan edilar:
«Yangi ittifoq shartnomasiga binoan bizga beriladigan mus­taqillikni kutmasdan, bu mustaqillikni biz amalga oshira boshladik. Bu bizning huquqimiz, uni bizdan hech kim olib qo‘yol­may­di.»24
Bu tegishli qarorlarni qabul qilib, tomorqa xo‘jaliklari uchun qo‘shimcha yer maydonlarini ajratish, qishloq xo‘jaligi mahsu­lotlariga xarid narx-navolarni ko‘tarish, budjet muassasalari xodimlarining ish haqi darajasini, pensiya, nafaqa, stipendiya darajasini oshirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, mayda xususiylashtirishni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va hokazo muammolar yechila boshladi.
Demak, respublika mustaqillikka erishmasdan oldingi davr­dan boshlab, respublika xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish borasidagi iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasi barpo etila boshladi va unga asoslanib kerakli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasi komp­leks, har tomonlama yondashilgan ravishda ishlab chiqildi, ta’min­landi. Bu Konstitutsiya, Qonun, Farmon, Qarorlar tizimi shaklida edi.
1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konsti­tutsiyasi respublikada shakllanayotgan, rivojlanayotgan yangi so­tsial-iqtisodiy tizimning mazmuni, nazariy asoslari, maqsadi, yo‘naltirilganligini yoritib berdi.
1989-2014 yillarda respublikaning sotsial-iqtisodiy ri­voj­­lanish iqtisodiy muammolari, iqtisodiy islohotlar va ularni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha 150 dan ortiq O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, 250 dan ortiq O’zbekiston Res­publikasi Prezidenti Farmonlari, 350 dan ortiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qilindi.
Demak, respublika iqtisodiy islohotlarining huquqiy ba­zasi barpo etildi.
Bu qabul qilingan Respublika Qonunlarida xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish, respublikada bozor munosabat­larini shakllantirish, bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ijara munosabatlari, yakka hukmron­lik faoliyatini chegaralash, birjalar faoliyati, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, auditorlik faoliyati, soliq va soliqqa tortish, sug‘urta, respublika aholisini sotsial himoyalash, korxonalarni sanatsiyaga o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish, qim­matli qog‘ozlar bozori, respublika xalqaro shartnomalari, kichik va o‘rta tarbirkorlikni rivojlantirish, respublika banklari va banklar faoliyati, respublika Markaziy bankining faoliyati, iste’molchilar huquqini himoya qilish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, xorijiy investitsiyalarni respub­likaga jalb qilishni rag‘batlantirish, aksiyadorlar jamiyat­larini tashkil qilish va aksiyadorlar huquqini himoya qilish, yerlar va ulardan foydalanish, suv resurslari va ulardan foyda­lanish, korxona­lararo raqobatbardoshlik va uni tashkil etish va boshqa muammolar o‘z yechimini topdi.
Respublika mustaqilligi e’lon qilinmasdan oldin qabul qilingan qonunlar respublika mustaqillikka erishgandan keyin qaytadan ko‘rib chiqildi, bir guruh keyin qabul qilingan qonunlar bozor munosabatlariga o‘tish davrida mavjud bo‘lgan shart-sharoit­larni etiborga olib, ular ham o‘zgartirilib, qaytadan qabul qilindi.
Qabul qilingan Respublika Qonunlarini amalga oshirish maq­sadida Respublika Prezidentining tegishli Farmonlari qabul qilindi. Bu qabul qilingan Farmonlarda xalq xo‘jaligida bosh­qaruv tizimini takomillashtirish, respublika bank tizimi­ni shakllantirish, respublika aholisi hayotiy darajasini qo‘llab-quvvatlash, bozor munosabatlari infratuzilmasi element­larini barpo etish, fermer, dehqon (tomorqa) xo‘jaliklarini rivojlan­tirish, narx-navo tizimini takomillashtirish, bozor munosabat­lariga moslab soliq tizimini shakllantirish, har xil xuqumatdan tashqari fondlarni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni barpo etish va ularni chuqurlashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, milliy valyutani barpo etish va uning konverta­tsiyasini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va uni rivojlantirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, xorijiy investorlar bilan aloqador korxonalar faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xalq xo‘jali­gida o‘zaro hisob-kitoblarni yax­shilab, to‘lov intizomini kuchay­tirish, tadbirkorlik faoliyati­ni rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa­rishi­ni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, pul-kredit munosabatlarini tako­millashtirish, aholining pul jamg‘armalarini va davlat sug‘urta­sini indeksatsiya qilish, davlat to­monidan fan va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning yakka hukmronlik faoliyatini chegaralash, ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya dara­jasini oshirib turish, davlat buyurtmasi bo‘yicha topshiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xarid qilish narxlarni ko‘ta­rish, korxona, tashkilotlar ustidan nazorat qilishni tartiblash, nazorat olib boruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, respublikada chet el naqd pullari muomalasini tartibga solish, bank tizimini yanada erkinlashtirish, mehnat va aholini sotsial himoya qilishni kuchaytirish, davlat tassarufidan chiqarish va xu­su­siy­lash­tirishni yanada takomillashtirish, tashqi iqtisodiy aloqa­lar­ni kuchaytirish, xalq ta’limi sohasida islohotlarni chu­qur­lash­tirish, iqtisodiyotda xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va boshqa muammolarni yechish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.
Ko‘rinib turibdiki, bozor munosabatlariga o‘tish davrining iqtisodiy muammolari yo‘qki, ular qabul qilingan Farmonlarda o‘z ifodasini topmagan bo‘lsa.
Prezident Farmonlarida qo‘yilgan muammolarni, ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlari qabul qilindi. Bu qarorlarda respublika xalq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlan­tirish masalalari yoritilgan, respublika iste’mol tovarlar bozo­rini himoya qilish, narx-navoni erkinlashtirish, respublikada kassa operatsiyalarini tartibga solish, davlat mulkini davlat tasarru­fidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil qilish, xalq xo‘ja­ligining alohida tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va chuqurlashtirish, respublikaning kelgusidagi eksport salohiyatini rag‘batlantirish, milliy valyutaning ichki konverta­tsiyasini ta’minlash, kichik va o‘rta tadbirkorlikni ri­vojlantirish davlat dasturi, dehqon bozorlar faoliyatini, unga boshqaruvlikni tartibga solish, respublikaning sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti nati­jalari va xalq xo‘jaligida iqtisodiy islohot­larni chuqurlash­tirish, qo‘shma korxonalarning samarali faoliyati­ni ta’minlash, bozor munosabatlari infratuzilmasini rivojlan­tirish davlat dasturi, respublika xalq xo‘jaligida pul muomala­sini tartibga solish va respublika iste’mol tovarlar bozorini mahsulotlar bilan ta’minlash, paxta tolasini eksport qilishni rag‘­batlantirish, respublikada savdo tizimini erkinlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni yanada ri­vojlantirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘l­lab-quvvatlash, xalq xo‘jali­gida veksel tizimidan foydalanish, naqd pullarni konvertatsiyaga ega bo‘lgan valyutaga almashtirishga bosh­qaruvlik qilish, boshqaruv organlarining faoliyatini tashkil qilish, respublika bank tizimi­ni, uning alohida tarkibiy qism­larini shakllantirish, aholini sotsial himoyalanishini kuchayti­rish, naqd pullarni emissiya qilish­ni qisqartirish, respublika hududida aksiz markalarni tatbiq etish, respublika soliq tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari, markazlashtirilgan valyuta zaxiralaridan foydalanish samarador­ligini ko‘tarish, budjetga to‘lovlar intizomini kuchaytirish, barterga asoslangan eksport-import operatsiyalarni qisqartirish, tomorqa xo‘jalikla­rini kelgusida yanada rivojlantirish, kichik va o‘rta tadbirkor­likka beriladigan xorijiy kreditlarni tashkil qilish, birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish, tijo­rat banklarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ta’sirini kuchaytirish, audi­torlik faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiya­larni jalb etishni kengaytirish, valyuta bozo­rini erkinlash­tirish, iqtisodiyotni kreditlashtirishni yanada takomillashtirish, davlat mulkiga boshqaruvlikni takomillashti­rish, pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish, qimmatli qog‘oz­lar ikkilamchi bozorini rivojlantirish, bojxona tariflarini tartibga solish, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalaridan samara­li foydalanish, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish va boshqa masalalar o‘z ifodasini topgan.
Ko‘rinib turibdiki, respublikada ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasi kompleks ravishda, har tomonlama yaratilgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etishning yana bir xususiyati, shundan iboratki, ishlab chi­qilayotgan huquqiy baza bozor munosabatlariga o‘tishdagi asosiy iqtisodiy muammolarni o‘ziga jalb etib, ular quyidagilardan iborat:
– bozor munosabatlariga moslashgan yangi iqtisodiy munosa­batlarni barpo etish;
– ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini qurish;
– aholini sotsial himoyalash;
– bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini barpo etish;
– yangi boshqaruv tizimni shakllantirish.
Ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda yerga nis­batan iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Shu sababli respublikada bozor munosa­batlariga o‘tish davrida yer muammolarini yechishga tegishli e’tibor qaratildi.
Bu muammoni yechishga bag‘ishlangan Mulk to‘g‘risida, Ijara to‘g‘risida, Yer to‘g‘risida Respublika Qonunlari, Yer kodeksi qabul qilindi.
Bu qonunlarni amalga oshirish maqsadida bozor munosabat­lariga moslangan yer muammolarining yechilish yo‘nalishlari, ular­ni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha Respublika Prezi­denti tomonidan tegishli Farmonlar va Respublika Vazirlar Mahka­masi tomonidan tegishli Qarorlar qabul qilindi.
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga binoan respublikada yer munosabatlarining quyidagi tizimi tasdiqlandi:
– respublikada qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan res­publikada yerlar umummilliy boylik, mulk hisoblanadi va bu yerlar davlat tomonidan himoya qilinib, oqilona foydalanish lozim;
– qishloq xo‘jaligida yerlar 5-10 yil va undan uzoq muhlatga ijaraga berilib, yerlarni ijaraga olgan jismoniy shaxslar yerlar­ni kelgusi avlodlariga merosga qoldirish huquqiga ega;
– 1994 yil 24 noyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respubli­kasi Prezidenti «Yerlardan foydalanish samaradorligini oshi­rish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan:
1. Shahar va tuman hokimiyatlariga shaxsiy uy qurish uchun 0,04 gektar, shaxsiy tomorqa tashkil etish uchun 0,06 gektar chegarasida yerlarni auksionda sotish huquqi berilgan.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tajriba sifatida sug‘ori­ladigan yerlardan 5 gektargacha, lalmikor yerlardan 15 gektargacha, foydalanilmayotgan yerlarni va zarar ko‘rib faoliyat yuritayotgan, past rentabellikka ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari yerla­rini auksion yoki konkurs tashkil qilish yo‘li bilan sotish tar­tibi aniqlangan.
– 1994 yili 4 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respub­li­kasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga binoan umuman qabul qilingan tartibga istisno sifatida savdo, maishiy xizmat ob’ekt­lari joy­lashgan yerlar bilan auksionda xususiy mulkka sotilishi mumkin.
– 1994 yili 24 fevralda qabul qilingan Vazirlar Mahkama­sining Qaroriga binoan kichik yer uchastkalarida joylashgan bog‘ va uzumzorlar xususiy mulkka sotilishi mumkin.
– Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida yer solig‘i tatbiq etildi. Bu soliqni yerdan foydalanuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari to‘laydi. Agarda yerlar ijaraga berilgan bo‘lsa, ija­raga olganlar ijara haqi to‘laydi.
Shunday qilib respublikada yerlarga egalik qilish, yerlardan foydalanish to‘lovli bo‘lib, u yerlarni xususiy mulkka sotish, ija­raga berish, yer solig‘i to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Respublikada qabul qilingan yer munosabatlarini tashkil qilish tartibi bir qancha muammolarni yechishga imkoniyat ber­moqda. Bu:
– ilgari o‘zlashtirilgan yerlarni saqlash, ulardan oqilona foydalanish bilan birga yangi yerlarni o‘zlashtirish davom etmoqda, ularning meliorativ holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 1990-1995 yillarda, ya’ni iqtisodiy inqiroz davridagi qiyinchiliklarga qaramasdan 50 ming gektar yangi yer o‘zlashtirildi, ilgari o‘zlashtirilgan yerlarning 200 ming gekta­rida ularning meliorativ holati yaxshilandi;
– qishloq xo‘jaligida paxtaning yakka hukmronligi bartaraf etildi. Uning maydoni 340 ming gektarga kamaytirildi, don mah­sulotlari uchun ekin maydonlar kengaytirilib, respublika don bo‘yicha mustaqillikka erishdi;
– Respublikada keng miqyosda tomorqa-dehqon xo‘jaliklari rivojlantirilmoqda. Ilgari tomorqa xo‘jaliklari uchun ajratib berilgan 200 ming gektarga qo‘shimcha 1990-1993 yillarda 500 ming gektar ajratildi, tormorqa xo‘jaliklari uchun bo‘lib berildi.
Demak, respublikada tashkil qilinayotgan, amalga oshirilayot­gan yer munosabatlari umuman ijobiy natijalarga ega.
Respublika bozor munosabatlariga o‘tar ekan, demak respubli­kada ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti shakillanishi lozim. Bu muammo doimo mamlakatimiz rahbariyati diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Bu borada avvalambor, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etishning huquqiy bazasi tashkil etildi.
Ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotining muammolariga bag‘ishlan­gan korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish, monopoliya faoliyatini chegaralash, ochiq iqtisodiy zonalarni tash­kil qilish, korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, tabiiy monopo­liya korxonalar, kooperativlar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish va hokazo mu­ammolar to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilindi.
Bu Qonunlarni amalga oshirish maqsadida Respublika Prezi­dentining 20 tadan ortiq Farmonlari, O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 80 dan ortiq Qarorlari qabul qilindi.
Barpo etilgan huquqiy bazaga asoslanib respublikada ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti shakllandi.
Korxona va tashkilotlarning 90 foizi davlat tasarrufidan chiqarildi, xususiylashtirildi.
Respublika aholisining 75 foizi nodavlat sotsial-iqtisodiy ukladlarda band, bu ukladlar respublika yalpi mahsulotining 65 foizini ishlab chiqarmoqda.
Ma’lumki, respublikada sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtiso­diyoti barpo etilmoqda. Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsa­tishi mumkin. Chunki bu davrda narx-navo ko‘tariladi va ishsizlar soni ko‘payadi.
Respublikada sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qu­rish, rivojlantirish va respublika aholisini bozor munosabatla­rining salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida respublika iqtisodiy islohotlarining asosiy tamoyillaridan biri sifa­tida mamlakatda kuchli sotsial siyosatni amalga oshirish qabul qi­lingan.
Demak, kuchli sotsial siyosatning mohiyati, mazmuni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ham huquqiy bazani barpo etish lozim edi. Bu muammo ham respublikada o‘z vaqtida kun tartibiga qo‘yildi va yechildi.
Kuchli sotsial siyosatning muammolari-respublika aho­li­si­ning mehnat bilan bandligi, davlat uy-joy fondini xu­su­siy­lashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivoj­lan­tirish, respub­lika budjet tizimi, aholi salomatligi, mehnatini himoya qilish, soliq siyosati, aholi jamg‘armalari himoyasini kafolatlash, iste’­molchilar huquqini himoyalash, nogironlarni sotsial himoyalash, kadrlar tayyorlash va boshqa muammolar bo‘yicha O’zbekiston Respub­likasi Qonunlari qabul qilindi.
Bu qonunlarni amalga oshirish maqsadida Respublika Prezi­dentining 35 tadan ortiq Farmonlari, Respublika Vazirlar Mah­qamasining 30 dan oshiq Qarorlari qabul qilindi.
Barpo etilgan huquqiy bazaga asoslanib, respublikada ko‘p qirrali kuchli sotsial siyosat amalga oshirilmoqda, sotsial yo‘nal­tirilgan bozor iqtisodiyoti shakllantirilmoqda va respublika iqtisodiyoti imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda respublika aholisi bozor munosabatlarining salbiy ta’siridan himoya qi­linmoqda.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining samaradorligi uning infra­tuzilmasiga bog‘liq.
Infratuzilma – bu bozor munosabatlari shakllanishiga, ri­vojlanishiga kerakli shart-sharoitlarni barpo etuvchi sohalar, tashkilot va muassasalardir. Shu sababli bozor iqtisodiyotining infratuzilmasini barpo etishning huquqiy bazasini ishlab chi­qish ham respublika rahbariyatining diqqat markazida bo‘lgan.
Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining elementlari bo‘lmish bank, moliya, soliq, sug‘urta, bojxona organlari, birjalar, audi­torlik kompaniyalari, valyuta bozori, depozitariya tizimi, qim­matli qog‘ozlar bozori, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi va boshqa muammolar bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Qonunlari qabul qilindi.
Bu qonunlarni bajarish maqsadida 50 dan oshiq Respublika Prezidenti Farmonlari, 55 dan oshiq Respublika Vazirlar Mah­kamasining Qarorlari qabul qilindi.
Qabul qilingan Qonun, Farmon va Qarorlarga binoan respub­likada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllanmoqda va u milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga so‘zsiz ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar kam emas.
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasi bozor munosabat­lariga moslangan yangi boshqaruv tizimni shakllantirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yi­cha ham barpo etilgan.
Shunday qilib bozor munosabatlariga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi yo‘nalishi bo‘­lib islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi va ular respublikada bozor munosabatlari shakllanishini jadallashtirishda asosiy omillar­dan biri bo‘lmoqda.
I.A. Karimov ta’kidlaydilarki: «Isloh qilishning birinchi bosqichida biz huquqiy asoslarni yaratishda o‘zimizga xos yondashuv­larni, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha o‘z mexanizmimizni vujudga keltirdik…
Hozirgi vaqtda islohotlar jarayonini davlat – huquqiy jihat­dan boshqarishning yaxlit tizimi tarkib topdi…
Islohotlar jarayoni rivojlanib va chuqurlashib borgan sari, ularning huquqiy negizi sayqallanib va takomillashib boradi, qabul qilingan qonun hujjatlariga o‘z vaqtida zarur o‘zgartirish­lar kiritiladi»25.
Shunday qilib:
Birinchidan, respublikada bozor munosabatlariga o‘tish bora­sidagi «o‘zbek modeli» ishlab chiqish, barpo etish uning huquqiy asoslarini ishlab chiqishdan boshlandi, amalga oshirildi.
Ikkinchidan, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslarini avvalambor ishlab chiqish «o‘zbek modeli»ning tamoyillaridan biri bo‘lmish qonun ustuvorligini ta’minlashdan kelib chiqib, u bilan chambarchas bog‘liq.
Uchinchidan, «o‘zbek modeli»ning huquqiy asoslarini avvalam­bor ishlab chiqilishi respublika iqtisodiy islohotlarini ilmiy, qonuniy va tashkiliy asoslanganligini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslarini o‘z vaqtida ishlab chiqilganligi respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yuqori samaradorligini ta’minladi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish