Biznes mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash choralari
O`tgan 2001 yilning muhim xususiyati-bu mahalliy resurslarni qayta ishlash asosida kichik va o`rta tadbirkorlikning sur`atlari yanada tezlashgani bilan bog`liqdir. Kichik va o`rta biznesning, fermer xo`jaliklarning qonunchilik hamda huquqiy-me`yoriy asoslari ancha mustahkamlandi va takomillashdi. Kichik va o`rta biznes sub`ektlarini ro`yxatga olishning soddalashtirilgan tartiblari joriy etildi.
Mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur ishlash yo`lida imtiyozli va mikrokreditlar berish hamda boshlang`ich kapitalni shakllantirish uchun mablag` ajratish yo`li bilan respublikada kichik va o`rta biznes sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash miqyoslari kengaytirildi. Masalan, 2001yilda kichik va o`rta biznes sub`ektlariga berilgan kreditlar hajmi 2001 yilning o`zida 2,4 martadan oshdi. Bularning 70 foizga yaqini o`rta va uzoq muddatli kreditlardir. Tadbirkor va fermyerlarga berilgan mikrokreditlar hajmi esa 27mlrd. so`mdan ziyod bo`ldi.
Kichik va o`rta biznes vakillarining moddiy-xomashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tovar xomashyo birjalarida sotish hajmi oshib bormoqda Natijada kichik va o`rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi oshdi, u hozirgi 2002 yilning boshida 24,5 foizni tashkil etmoqda. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, butun mamlakat iqtisodiyotida band bo`lgan aholining 53 foizidan ko`prog`i kichik va o`rta tadbirkorlik sohasida mehnat qilmoqda.
Shuning uchun ham qishloq xo`jaligida isloxotlarni amalga oshirish shirkatlarga aylantirilgan 18 ming,55,1 ming fermer xo`jaliklari va ularga biriktirilgan 1054,7 mig gektar er, ya`ni bir xo`jalikka o`rta hisobdan 19 gektar er to`g`ri keladigan yerlarni suіorishga yaroqli suvdan tejab-tergab, samarali foydalanishga, sug`orish va irrigatsiyaning zamonaviy tizimlarini joriy qilishga, suvdan foydalanish intizomini kuchaytirishga erishayotganlarni rag`batlantirishga qaratilgan va ilmiy-tadbirkorlikni hayotga tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Respublika Prezidenti I.Karimov «har tomchi suv oltinga teng bo`lib turgan bir paytda ko`plab viloyatlarda suvdan foydalanish koeffitsienti tushib ketgan. Jumladan Buxoro Navoiy, Surxondaryo, Namangan kabi bir qator viloyatlarda sodir bo`layotgan bunday salbiy holatlarning sabablarini chuqur sinchiklab o`rganish va tegishli choralar ko`rish lozim1» dedilar.
Alohida e`tiborni talab qiladigan yana masala viloyatlar, Toshkent shahrida va boshqa aholi punktlarida ichimlik suvini tejash masalasidir. YAqin yillar ichidayoq bu masala eng keskin muammolardan biriga aylanishi, ichimlik suvi esa eng noyob va qimmatbaho tabiiy resurs bo`lib qolishi mumkin. Hozirning o`zidayoq butun-butun mintaqalarda, xususan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Хorazm, Buxoro viloyatlarida, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida suv ta`minoti bilan bog`liq muammolarga duch kelinmoqda.
Bu masala o`rganilganda aholi tomonidan suv sarflanishining amaldagi miqdori belgilangan me`yorlardan 2-3 barobar ortiq ekani ayon bo`ldi. Masalan, Toshkent shahrida korxonalarda, avtomobil yuvish shaxobchalarida ichimlik suvidan texnik maqsadlarda foydalanish kabi odatlarga hanuzgacha chek qo`yilgani yo`q. Bundan tashqari respublikaning ayrim shaharlari va tuman markazlarida sug`orish shaxobchalari yo`qligi, mavjud ariqlarning esa ko`mib tashlangani tufayli yoz mavsumida aholi vodoprovod suvidan sug`orish maqsadlari uchun foydalanilmoqda.
Ichimlik suvi sarflanishini hisobga oluvchi o`lchagichlarni o`rnatish ishlari qoniqarsiz ahvolda. Toshkent shahrining o`zida ahvol yomon «Toshviloyatsuvoqava» trestiga qarashli iste`molchilarning atigi 3 foizidagina ana shunday o`lchagichlar mavjud.
Energetika resurslaridan, birinchi galda tabiiy gazdan foydalanish ahvoli yaxshi emas. Masalan, respublika bo`yicha o`tkazilgan tekshirishlar natijasida jami 12 mingdan ortiq issiqxonalar qonunga xilof ravishda gazdan foydalanayotgani aniqlandi. Bunday issiqxonalarning soni Samarqand viloyatida 4250 ta, Toshkentda 1500 ta, Andijon viloyatida esa 1450 ta ekanligi ma`lum bo`ldi. Tahlillar shundan dalolat beradiki, ayrim aholi qatlamlarining tabiiy gazdan foydalanish darajasi me`yoridagiga nisbatan 1,5-2 barobar ortiq.
Moddiy resurslardan xo`jasizlarcha, mas`uliyatsizlik bilan foydalanish mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan material va energiya sarfining oshishiga, bu esa, o`z navbatida ana shu mahsulot tannarhining qimmatlashuviga olib keladi. Tovarning narxi oshib ketadi va oqibatda u raqobatga bardosh bera olmaydi. Shu tariqa, mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqish yo`lidagi say`i-harakatlar yo`qqa chiqadi.
Shuning uchun bunday holatlarning oldini olish, bu borada tartib o`rnatish va mahalliy resurslardan oqilona foydalanish O`zbekistonning jahon bozoriga tezroq integratsiya qilishga imkon beradi, bu imkoniyat tabiiy gazlardan oqilona foydalanishdir. Haqiqatan respublikamizda tabiiy gaz zahiralari keng tarqalgan. Shular ichida Sho`rtan gaz konlari xazinasini oqini oqqa, ko`kini ko`kka ajratib olsak, tamomila boshqacha ko`rinishdagi manzara paydo bo`lar ekan. Mutaxassislarning aytishlaricha, mana shu gaz tarkibidan 148 turdan ziyod polietilin ishlab chiqarish imkoniyati bor. Bu imkoniyat Sho`rtan gaz kimyo majmuasida ro`yobga chiqarilmoqda. Cho`l bag`rida bunyod etilgan ushbu maskanni 450 gektarga yaqin yashil o`rmon qurshab turibdi. Bu erda qariyb 1 million tup ko`chat o`tkazildi.
Ko`rib turibmizki, istiqlol tufayli O`zbekiston mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi marralarni zabt etmoqda, mamlakatlaru qit`alar bilan mustahkam aloqa o`rnatmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |