PUL TIZIMI - tovar muomilasining rivojlanishining natijasi
bo'lib, davlatlar tomonidan qonunchilik asosida mamlakatda pul
muomalasini tashkil etish.
PUL MUOMALASI - naqd pul bo'lib, tovarlar aylanishi va
notovarlar harakati, to'lov va hisoblar uchun xizmat qiladi. Aynan bir
jarayoning doimo bir xilda takrorlanishidir.
PENSIYA - fuqarolar keksalik yoshiga yetganda yoki mehnat
qilish qobiliyatini yo'qotgan taqdirda, oladigan pul ta'minoti.
PRIVATIZASIYA - q. xususiylashtirish.
PROTEKSIONIZM - milliy iqtisodiyotni boshqa davlatlar bilan
bo'ladigan raqobatdan bojxona to'siqlarini joriy qilish, mamlakatga chet el
tovarlari, xizmat turlari va kapitallarini kirib kelishini cheklash yo'li bilan
himoya qilish va saqlashga yo'naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |