ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI - tovar va xizmatlarni
ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishda qilinadigan barcha
sarflardan iborat.
ISH HAQI - ishchi va xizmatchilarning mehnati miqdori, sifati
va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan olinadigan ulushini puldagi
ifodasidir.
ISH KUCHINING XALQARO MIGRASIYASI - mehnat
resurslarining ancha qo'lay sharoitda ish bilan ta'minlanishi maqsadida bir
mamlakatdan boshqasiga ko'chib o'tishini bildiradi.
ISHSIZLIK - aholi mehnatga yaroqli qismining o'ziga ish topa
olmay qolishi, mehnat zahira armiyasiga aylanishi.
IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun
biror-bir muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga
qo'yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |