TOVARLASHGAN XIZMAT - tovar sifatida oldi-sotti
qilinuvchi xizmatlar, ya'ni pulli xizmatlardir.
TURMUSH DARAJASI - odatda aholi iste'mol qiladigan hayotiy
ne'matlarning miqdori va sifatiga asoslanadi. Bu moddiy ne'matlar
tarkibi juda ham xilma-xil. TD ko'rsatkichlari yaxlit tizimi shaklangan
bo'lib, unga tug'ilish, o'lish va boshqa demografik ko'rsatkichlar,
hayotning sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari, oziq-ovqat tovarlarini
iste'mol qilish darajasi, sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, ish bilan
bandlik, mehnat sharoiti, aholining daromadlari va xarajatlari, narx- navo
darajasi, transport vositalari, dam olishni tashkil etilishi, ijtimoiy
ta'minlanganligi, inson erkinligi kabi ko'rsatkich bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |