Iqtisodiyotda soliq yukini kamaytirishning samarali usullari


Byudjet – soliq siyosatining mohiyati va usullari



Download 74,06 Kb.
bet3/6
Sana14.07.2022
Hajmi74,06 Kb.
#800983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTISODIYOTDA SOLIQ YUKINI KAMAYTIRISHNING SAMARALI USULLARI

2.Byudjet – soliq siyosatining mohiyati va usullari
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro'y beradi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotini barcha sohalaridagi ro’lining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi.
Byudjet taqchilligining o'zgarishi xo'jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag'lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlatahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda investilsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo'ladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko'rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda - davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli — bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi,banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.
Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin.Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bog'liq bo'lmagan qo'shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyatsion ta’sir ko'rsatadi. Pul massasining o'sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to'xtovsiz ko'payib borishi, milliy daromadni foiz to'lovlari shaklida, tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to'lovlari o'sish sharoitida, davlat qarzlarini to'lash vaqtini imkon darajada cho'zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan, davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o'rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo'yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bundayturdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o'sishi bilan bog'liq.
Xo'jalik hayoti baynalmilallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo'sh pul mablag'larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Shunday qilib, davlat o'z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. Xalqaro kreditning tez o'sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o'zaro bog’liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi.Shu bilan birga tashqi qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o'rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog'liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo'lmay qoladi.
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lganmoliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to’lovlarni undirish shaklidir.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tarkib topish shakli va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uch muhim vazifani bajaradi: — davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
— ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
— iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatida soliqlarning o'sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo'lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o'sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi:
1. Aholi sonining o‘sishi.Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o'zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o'sgan qismini ijtimoiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo'shimcha mablag'larni zarur qilib qo'yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o'sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o'sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko'p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo'shimcha xarajatlarning o'sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy ro’l davlat zimmasiga tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan, ijtimoiy sug'urtani rivojlantirish, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o'sishi.Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va uning joylardagi (viloyat. shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to'lovlari soliq undirishning obyektlari, soliq to'lash tartibi, soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar, soliq to'lash bilan bog'liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O'zbekiston Respublikasining soliq to'g'risidagi qonunlari bilan aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
— barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo'lmagan holda, soliq undirishning majburiyligi;
— soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati:
— samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning ilg'or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag'batlantiruvchi ro’lini ta'minlash;
— soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1.Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D)nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R') deyiladi:




Download 74,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish