Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari



Download 394,78 Kb.
bet16/21
Sana09.07.2021
Hajmi394,78 Kb.
#113586
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Ma'ruza №1

121-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog`ida tarqatish.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog`idagi o’z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:

O’zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo’rlik bilan o’zgartirishga da’vat etish;

urush, zo’ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g`oyalarini targ`ib qilish;

davlat siri bo’lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo’zg`atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo’l qo’yuvchi axborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ`ib qilish;

pornografiyani targ`ib qilish;

qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo’ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yo’l qo’ymasligi shart.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog`idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to’g`riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto’g`riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o’chirib tashlashi shart.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.

Elektron raqamli imzo to’g`risida”gi qonunning 6-moddasi O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O’RQ-391-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to’ldirilgan — (O’R QHТ, 2015 y., 33-son, 439-modda):

“O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi ro’yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega bo’lgan shaxslar davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko’rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi”.

Keyingi yillarda Respublika rahbariyati bu qonunlarning amalda ishlashi masalasiga katta e’tibor bilan qaramoqda. Ayniqsa, bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-sonli "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi, 2005 yil 5 sentabrdagi PQ-167 sonli "Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlari e`tiborga loyiqdir. Ularda elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunni amalda tatbiq etishga oid, kompyuter xavfsizligiga bo’ladigan zamonaviy tahdidlar, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi xalqaro tajribalarni o’rganish, kompyuter insidentlariga tezkor munosabat bildiruvchi xizmat bo’linmasi faoliyati to’g’risidagi masalalar hal etilgan. O’z navbatida 2005 yil 22 noyabrda №256 sonli «Axborotlashtirish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to’g’risida»gi , 28 dekabrda №282 sonli ««ZIYONET» axborot tarmog’ini yanada rivojlantirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Qabul qilingan ushbu qarorlar Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo’lgan davlat organlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, davlat organining rasmiy saytiga qo’yiladigan asosiy talablar, davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartiblari va axborot tizimlariga qo’yiladigan asosiy talablar, axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o’tkazish va «ZIYONET» tarmog’ining texnologik maydonchasidan foydalanish tartiblarini belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi 181- sonli «Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to’g’risidagi Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan.

Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Тoshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish va ko’rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash yo’li bilan davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko’rishlari belgilab o’tilgan.

Bugungi kunda axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlaridan ommaviy ravishda foydalanish jarayonlarida jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustda qabul qilgan «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g`risida»gi 677-sonli Qarorining 2-ilovasida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g`risidagi Nizom «Davlat soliq xizmati to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarningyig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 18 iyuldagi PQ-5116-sonli Farmoniga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Хususan, Davlat soliq qo’mitasining funksiyalari sirasiga quyidagilar kiritilgan:


  • axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq to’lovchilar va soliq tushumlari bo’yicha ma’lumotlarning yagona elektron bazasini tashkil qiladi;

  • soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini ko’radi;

  • davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;

  • davlat soliq xizmati organlari ishiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi.

O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’grisida»gi Qonuniga muvofiq hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli Qarori qabul qilindi.

Soliq va boshqa majburiy to’lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo’shimcha manbalarini aniqlash va soliq to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to’lovchilar uchun ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo’naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012 yil 30 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1843-sonli Qarori qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choralari to’g’risida”gi PQ-1989-son qarori bilan tasdiqlangan “2013-2020 yillarda O’zbekistonda telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa infrastrukturasi va tarmog’ini rivojlantirish dasturi”da aholiga davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda muloqot o’rnatish uchun imkoniyat yaratish, davlat boshqaruvida “yagona oyna” tamoyilini joriy etish kabi vazifalar belgilangan. Dasturda, shuningdek, kompleks axborot tizimlari va “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar bazasini yaratish ham ko’zda tutilgan. Dastur mamlakatimiz iqtisodiyoti va jamiyatning barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish, axborot resurslari, tizim va tarmoqlar tezkor rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko’rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari ko’lami va sifatini oshirishni rag’batlantirish singari maqsadlarda qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ishonchli ko’rsatkichlarini tizimli to’plash va shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini joriy etish maqsadida 2013 yil 30 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko`ra Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish samaradorligi reytingli baholash tizimi va uni amalga oshirish tartibi, Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo’yiladigan asosiy talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 18-iyulda imzolangan «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5116-sonli Farmoni muhim ahamiyatga ega. Ushbu Farmonda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanishi ta’kidlangan. Shu bilan birga soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish belgilab qo’yildi. Farmonda real ish o‘rinlarini legallashtirish uchun davlat soliq xizmati organlariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda jahon miqyosida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Nufuzli xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 9 foizdan oshadi.

Masalan, Koreya Respublikasining yalpi ichki mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariningulushi 11,8 foizdan ziyodni, Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning mazkur tarmog‘i jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga qaramasdan, hozirgi vaqtda biz bu borada dastlabki bosqichda turganimizni tan olishimiz darkor. Ya’ni, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.



5. MA’LUMOTLAR, AXBOROT VA BILIMLAR


Download 394,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish