Yacheykalarni formatlash yacheykalarga ma’lumotlar kiritilmasdan avval
bajariliadi.
Yacheykalrni formatlash asosan «Формат ячеек» buyrug’I
yordamida ochiladigan
«Формат ячеек» nomli muloqat oyna yordamida amalga oshiriladi.
Yacheykalar formatlashdan avval ular belgilab olinadi. Belgilash sichqoncha
yordamida yoki Shift va kursorni yo’naltiruvchi tugmalar kombinatsiyasi orqali amalga
oshirish mumkin. Bunda asosan bir qator bir biriga qo’shni yacheykalr belgilanadi.
O’zaro qo’shni bo’lmagan yacheykalarni belgilash uchun “Ctrl” tugmasini bosib turgan
holda sichqoncha orqali belgilanadi.
«Формат ячеек» muloqat oynasi «Число», «Выравнивание» «Шрифт»,
«Рамка», «Вид» ва «Защита» nomli bandlardan iborat. Bu bo’limlar faollashtirilganda
ularga doir tanlanma muloqat oynalar ochiladi.
“Число” bandi tanlanganda yacheykaga kiritiladigan
quymatlar turlarini
ko’rasatuvchi tanlash maydoni ochiladi. Excelda yacheykalarga quyidagi turli
ma’lumotlarni kiritish mumkin: Umumiy (Общий), Sonli (Числовой), pul birligi bilan
aniqlanadigan (Денежный), moliyaviy (Финансовый), sana (Дата), vaqt (Время), foiz
(Процентый), matnli (Текстовый)va boshqalar. Bu
tanlanmalarni tanlash bilan
ajratilgan yacheykalar shu formatga ega bo’lib qoladi.
«Выравнивание» bandi ma’lumotlarni yacheykada joylashish o`rnini
belgilaydi. Uning oynasida yacheykadagi ma’lumotlarni gorizontal va vertikal
joylashtiruvchi, yacheykaga sig’magan so`zlarni ni keyingi qatorga avtomatik ko`chirish,
yacheykalarni
birlashtirish, yozuv yo`nalishini belgilash kabi bir qancha parametrlar
mavjud. Bu parametrlarni o’rnatish orqali elektron jadval ma’lumotlarini
jadvalda
joylashuvi format qilinadi.
«Шрифт» bo`limi yordamida yacheykadagi ma’lumotlar shrift turi, o’lchami,
ko’rinishi, rangi va boshqa parametrlarini o`zgartirish mumkin.
«Рамка» bo`limi yacheykalarni ramkaga olish uchun xizmat qiladi. Bu
oynada ikkita ichki maydon mavjud bo`lib, ular ramkaga olish turlarini va ramkaga olish
chiziqlarining qalinligini belgilaydi.
«Вид» bo`limi ajratilgan yacheykalarni foni rangini o`zgartirish uchun xizmat
qiladi.
«Защита» bo`limi yordamida ajratilgan yacheykadagè yozuvlarni
o`zgarishdan qimoyalab qo`yish mumkin. Bu amalni bajarishdan
oldin joriy listni
qimoyalash zarur, buning uchun “Рецензирование” lentasida joylashgan «Защитить
листь» buyrug’ini berish va kerakli parolni kiritish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: