14-mavzu. Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati
2. Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
3. Axborotni himoyalashning kriptografik usullaridan foydalanish
4. Tarmoqdagi axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish usullari
Tayanch so’z va iboralar: Axborot xavfsizligi, raqamli iqtisodiyotda, kriptografik usullar, kommutatsiya, axborot tizimlari, axborot texnologiyalari.
Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakajatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan, meyor va talablarni bajarishdir. Axborot xavfsizligi – bu axborot foydalanuvchilariga va ko’plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim obyektlarining himoyalahganidir.
Axborot texnologiyalari va internet axborot texnologiyalari va internet
Ta’lim jarayonida talabalarni har tomonlama bilimini mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi va vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida kompyuter va axborot texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash nafaqat talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini, balki ta’lim samaradorligining ham yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir oliy o‘quv yurti yoki kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilari yuqori malakali va zamon talablariga mos keladigan mutaxassis bo‘lib yetishishlari lozim.Shunday ekan, har bir mutaxassis o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan birga hozirgi kunda barcha sohalarni keng qamrab olayotgan kompyuter bilan bevosita muloqot qila oladigan, zamonaviy axborot texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq eta olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun dastlab o‘qitish jarayonida har bir fanni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatish zarur bo‘ladi. Ushbu qo‘llanmada kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalar va ularni ishlatish jarayonlari, ya’ni xalqaro Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha ma’lumotlar kiritilgan
Axborot – bu jarayon, xodisa, belgilar va xolatlarni ifodalovchi kattalikdir. Umuman olganda axborot juda keng tushuncha bo’lib u tabiatdagi xar qanday jarayon va xodisalrni misol qilib keltirish mumkin. Kommutatsiya soxasida axborotni qabul qiluvchiga kelayotgan turli kurinishdagi ma`lumotlar deb ta`rif berildi. Bunday ta`riflardan ya`na bittasi qo’yidagicha: Axborot-bu o’zatish, taqsimlash, xosil qilish, saqlash va foydalanish ob`ekti xisoblanuvchi ma`lumotlardir. Ma`lumot-bu uzatish va qabul qilib olish uchun muljallangan axborotning bir kurinishidir. Shu bilan birga axborotning bunday kurinishi yordamida axborotni saqlash, qayta ishlash va shu kabi amallarni bajarish mumkin. Demak axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq tushuncha hisoblanadi.
Tizim – bu o’zaro bog’liq va maqsadga erishish uchun ma’lum qoidalar asosida o’zaro munosabada bo’ldigan qoidalar yig’indisidir. Axborot tizimi- axborot resuslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va indan foydalanish imkoniyatini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui. Axborot tizimi tegishli iqtisodiy ob’yektlarda faoliyat ko’rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmuining axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi—barcha resurslarni samarali boshqarish uchun iqtisodiy ob’yektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, iqtisodiy ob’yektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Axborot texnologiyasi – axborotga ishlov berish, uzatish, izlash, saqlash hamda yig’ishning usul va uslublari tizimidir u ilmiy fan sifatida informatikaning predmetidir. Axborot texnologiyasinig maqsadi – inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydir xatti-harakatni bajarish buyicha qaror qabul qilish uchun axborot ishlab chiqarish hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi.
«Axborot» so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, informatio tushuntirish, bildirish, ish mazmunini bayon etish tushunchalarini beradi. Axborot moddiy olamning axborotlar asosidagi aksidir. Axborot yani ma’lumot - axborotni tasavvur etishning so‘z, matn, tasvir, raqamli ma’lumotlar, grafiklar, jadvallar orqali ifodalanish shaklidir. Axborot - atrof-muhit obyektlari va ro‘y berayotgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning parametrlari, xossalari va holatlari xususidagi axborotdir. Axborotning xossa va holatlari uning aniqlik darajasini, bilimlarining to‘laligini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |