13.2-rasm. Bulutli hisoblashning tuzilishi
Xususiy bulut ham ommaviy model kabi barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. SHu bilan birga yana bir muhim jihati – bulutni o‘rnatish va quvvatlab turish bilan tashkilotning o‘zi shug‘ullanadi. Ichki bulutni bahosi va murakkabligi juda ham yuqori bo‘lishi, undan foydalanish xarajatlari ommaviy bulutdan foydalanish xarajatlaridan oshib ketishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, xususiy bulut xususiy bulutga nisbatan ustunliklari mavjud bulutdan turli resurslarni kuchli nazorat qilish kompaniyasiga har qanday mumkin bo‘lgan konfiguratsiya variantlarini ta’minlab beradi. Bundan tashqari, xavfsizlik nuqtai-nazaridan ommaviy bulutga ishonish mumkin bo‘lmaydigan ishlarni bajarish zarur bo‘lganda xususiy bulut ideal bulut hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |