19.21-rasm. Hisob raqamlari bilan ishlash oynasi
Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar va aylanma qaydnomalar rejimi orqali kirilib, asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar va aylanma qaydnomalar ma’lumotlari tizimga kiritiladi. Inventar kartochkalarda qayd etiladigan inventar raqamlarning dastlabki uchta raqami subschet raqamini ifodalashi va oxirgi uchta raqam tartib nomerini ifodalashi lozim (2169-sonli yo‘riqnomaga asosan).
Dasturda tegishli moliya bo‘limidan yagona ijtimoiy to‘lov summasini o‘tkazish uchun to‘lovnomalarni yangidan tayyorlash uchun uning Hujjatlar (Dokument) rejimiga kirib, uning ichidagi To‘lovnoma rejimini tanlash kerak va berilgan tartibda keraklik bo‘limlarni hisob raqam va boshqa axborotlar bilan to‘ldirish lozim.
«UzASBO» -Byudjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi dasturiy majmuasida to‘lovnomalarni tezkor kiritish uchun uning ichki menyusidagi «kopiya» rejimini tanlash va u orqali mavjud to‘lovnomadagi ma’lumotlarni o‘zgartirish orqali ma’lumotlarni tez kiritish mumkin. To‘lovnomani kiritib bo‘lgach unga o‘zgartirish kiritish, uni tasdiqlash yoki o‘chirib yuborish imkoniyalari mavjud. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil etishda va yuritishda natijaviy hisobotlarni tayyorlash jarayoni ham muhim amaliy ahamiyatga ega.
Shu tufayli byudjet tashkilotlarida, shu jumladan moliya bo‘limlarida “UzASBO” dasturiy ta’minotini korporativ tarmoq orqali mehnat va vaqtni tejash shaklida samara keltiradi. Chunki, dasturning hisobotlar menyusi aktivlashtirilganda quyidagilar namoyon bo‘ladi:
1. Barcha memorial orderlar;
2. Bosh jurnal kitobi;
3. Asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar va aylanma qaydnoma;
4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash;
5. Material zahiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma va miqdor qiymat hisob daftari;
6. Joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (292 forma);
7. Kassa va xaqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftari (294 forma);
8. Balans va balansga ilovalar;
9. Shakl-2; 10.Oylik hisoboti 1-OX;
11.Debitor va kreditorlar qaydnomasi;
12.Hamda boshqa hisobotlarni o‘zida qamrab olgan;
Dasturning Hisobotlar rejimida Debitorlik va Kreditorlik qarzdorliklari avtomatik tarzda hosil qilinadi. UzASBO dasturiga har kuni ish vaqti tugallanishidan oldin "Казна" dasturiy majmuasidan byudjet tashkilotlari faoliyatiga oid hamma ma’lumotlar avtomatik ravishda ba’zaga kiritib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |