Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.
yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi
Qonunning 5-moddasiga ko‘ra sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurveyerlari, shuningdek assistanslar hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urtalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 27 ta sug‘urta kompaniyalari mavjud. Shulardan 23 tasi umumiy sug‘urta sohasida qolgan 4 tasi hayot sug‘urta sohasida faoliyat yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |