Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanining ishchi-o‘quv



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana20.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#565087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
IAKT ishchi dastur sirtqi

 
I.
 
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni 
 
Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida axborot komplekslarining o’rni, raqamli 
texnologiyalarini 
rivojlanish 
tendentsiyalari, 
tizimlashtirish 
texnologiyasi 
va 
tamoyillari, muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy paketlarni, elektron hujjat 
aylanish tizimi, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, integrallashgan 
axborot tizimlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektni masofadan boshqarish va yuritish 
tizimlari, elektron hukumat va elektron tijorat tizimlari, axborot komplekslarida 
xavfsizlikni ta’minlash texnologiyalarini, tarmoq axborot texnologiyalari asosida, real 



ob’ektlar bazasi doirasida tuzilgan ijtimoiy-iqtisodiy ta'lim hisoblanadi va zarur bo‘lgan 
bilimlar bilan qurollantiradi.
“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fani umumkasbiy fanlar 
blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. 
“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fani gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha noiqtisodiy bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va 
uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi iqtisodiy fanlar uchun 
samarali o\zganishga xizmat qiladi. 
II.
 
O‘quv fanning maqsadi va vazifasi 
 
“Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanini o’qitishdan 
maqsad - talabalarda axborot komplekslarining ob’ektlari, jumladan raqamli 
texnologiyalar va ulardan foydalanish jarayonlari, mobil platformalarining iqtisodiyotda 
tutgan o’rni, iqtisodiy sohalarda qo’llaniladigan dasturiy ta’minotlardan foydalanish, 
kommunikatsiya vositalarini iqtisodiyotda joriy etish, tizimlashtirish jarayonida o’zaro 
integratsiyalashgan dasturiy amaliy paketlardan foydalanish boyicha chuqur nazariy va 
amaliy bilimlar berishdan iborat. 
Fanning vazifalari – zamonaviy axborot kommunikatsion va raqamli 
texnologiyalarni zarurligi, iqtisodiyot sohalarida qo’llanilishiga doir qonunlari, 
raqamlashtirish va avtomatlashtirishning mohiyati va tamoyillari, tizimlashtirish 
xususiyatlari, muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy ta’minotlari, mobil 
platformalarga asoslangan tizimni tashkil qilish va tartibga solish asoslaridan nazariy va 
amaliy bilimlarni o’rgatish munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalarni hosil qilish. 
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanini o’zlashtirish 
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
 

zamonaviy axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlanish 
tendetsiyasi; 

cloud texnologiyalarini iqtisodiyotdagi o’rni; 

dasturiy ta’minotning tashkiliy asoslari; 

iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini qurish tamoyillari;

ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari;

raqamlashtirish jarayonlarida o’zaro integratsiya sabablari va shart sharoitlari; 

tizimlashtirish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari; 

ekspert tizimlarining asoslari; 

bank faoliyatida axborot komplekslarini tashkil qilish zaruriyati; 

iqtisodiyotni turli sohalarida axborot komplekslarini tashkil qilish sabablari; 

elektron hukumat asoslari; 

elektron tijorat texnoligiyalari; 

axborot komplekslarida masofaviy ta’lim tizimlari; 

iqtisodiyotni raqamlashtirish faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 




zamonaviy kommunikatsion va raqamli texnologiyalar shakllari va turlarini

axborot komplekslarida dasturiy ta’minotning o’ziga xos xususiyatlarini; 

elektron hujjat aylanish tizimlarini; 

axborot tizimining elementlari va tasniflarini; 

bulutli hisoblash texnologiyalarini; 

google docs, Office 365 va Microsoft One Drivedan samarafi foydalana 
olishni; 

SAP, BILLING, MOBIL BANKING, INTERNET BANKING, ERP, MRP I,
UzASBO, 
BIR.UZ, 
GLOBUS, 
IABS, 
on-line 
sug’urta, 1C: SUG'URTA 
KOMPANIYASINING BOSHQARUV va DMBAT tizimlarida qo’llanilayotgan 
muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturiy ta’minotlarni;

iqtisodiy axborot xavfsizligini ta’minlash chora-ta‘dbirlarini; 

kriptografik usullaridan foydalanishni,

simsiz texnologiyalarda protokollarni o‘rni va vazifasini; 

mobil platformalardan integrallashgan holda foydalanish jarayonlarini

elektron tijoratdan samali foydalanishni; 

elektron hukumat xizmatlaridan foydalanishni; 

LMS (Learning management system) va LCMS (Learning content management 
system) tizimlari mavjud masofaviy ta’lim tizimlarini; 

iqtisodiy masalalarni yechishda zamonaviy texnik va dasturiy ta’minotlardan 
foydalanish va samarali yechimlar topishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

zamonaviy kommunikatsion va raqamli texnologiyalarni o’zaro aloqadorligiga 
baho berish; 

iqtisodiyotni turli sohalarini raqamlashtirish nazariyalari va ahamiyatlarini 
anglash; 

integrallashgan axborot tizimlarini tashkil etish; 

axborot komplekslarini yaratishga bo’lgan talab va takliflarni aniqlash; 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish