Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati


Elektron biznes va elektron tijorat modellari



Download 13,3 Mb.
bet108/120
Sana11.07.2022
Hajmi13,3 Mb.
#774906
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari maruza matni

3. Elektron biznes va elektron tijorat modellari
Internet-texnologiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar raqiblariga nisbatan afzallikka avvalo masalalarni operativ hal qilishlari evaziga erishdilar. B2C, B2B va P2P sxemalari hozirda elektron biznesni olib borishning asosiy modellari hisoblanadi.
B2C - “biznes istemolchi” sxemasi Internet orqali xususiy kishiga mollarni va xizmatlarni chakana sotishni ifodalaydi.
B2B - “biznes-biznes” sxemasi kompaniyalarning bir biri bilan mahsus axborot texnologiyalaridan va ma’lumotlarni elektron almashish standartlaridan foydalangan holda o’zaro aloqasini ifodalaydi.
P2P – biznes munosabatning “teng-teng” sxemasi Internetda bir xil holatda bo’lgan sheriklar o’rtasidagi biznes munosabatni ifodalaydi.
B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi.
B2C tizimlariga quyidagilar taaluqli:

  • Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan Web-vitrinalar;

  • Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud;

  • Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la integrasiyalangan Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar.

Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan turli saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha.
Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida anchagina farq bor:
1. Elektron biznes –faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir.
2. Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat biznes-faoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi bitim, ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu barcha xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi.
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi.
 Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. Ta’kidlash lozimki, Web-vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik farq qilmaydi. Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar tomonidan o’zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan Amazon-Internet magazini ochilgan.
Elektron internet magazinlarning axborot texnologiyalari Internetdan foydalana oluvchi xaridorga uyidan chiqmasdan turib turli firmalarning tavar va hizmat navlari bilan tanishishga, ularning sifati va narxi bo’yicha axborot olishga, internet orqali to’lovni amalga oshirishga va uyga yetkazib berish bilan xarid qilishga imkon beradi. Umumiy holda Internet-magazinning asosiy vazifalari xaridorga-axborot xizmatini ko’rsatish, buyurtmalarni ishlash, to’lovlarni amalgam oshirish hamda turli statistik axborotlarni yig’ish va tahlillash.


Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish