21.2-rasm. gov.uz Fuqarolar uchun oynasi
21.3-rasm. gov.uz tadbirkor va sarmoyadorlarga mo’ljallangan oynasi
21.4-rasm. gov.uz xorijliklarga mo’ljallangan oynasi
Shuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas’ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus sayti (asosiy sayt www.soliq.uz) – www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma’lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi iste’molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-layn taqdim etishni birinchilardan bo’lib, O’zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo’lga qo’ydi. Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro’yxatdan o’tkazish tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy veb-saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo’lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko’rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi kerak edi. Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning faol emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi. Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon etuvchi Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |