Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati



Download 13,3 Mb.
bet63/120
Sana11.07.2022
Hajmi13,3 Mb.
#774906
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari maruza matni

Xususiyatlar – bu ob’ektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir o’lchamga ega ob’ektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi.
Ob’ektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o’zgarishi mumkin.
Aloqalar ob’ektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o’rtasida aloqa bo’lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o’rtasida aloqaning mavjud bo’lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo’lmagan element ko’rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to’plamidan tashkil topadi. ¡z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo’lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, xujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o’z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi - ob’ektning, xodisa yoki jarayonining (axborot mahsulotining) ahvoli haqida yangicha ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasi (boshlang’ich ma’lumotlar) dan foydalanish jarayonidir.
Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni tahlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.
Shunday qilib, tizim - bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan unsurlar to’plami. Bu unsurlar to’plami oddiy unsurlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir unsur ham o’z navbatida tizim bo’lishi mumkin.
Tizimlar tuzilishi bo’yicha oddiy yoki murakkab bo’lishi mumkin.
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi unsurlar soni kam bo’lib, sodda tuzilishga ega bo’ladi.
Murakkab tizimlar esa, bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo’lib bu unsurlar ham o’z navbatida aloxida tizimlarga bo’linishi mumkin.
Vaqn davomida o’zgarishga qarab tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o’zgarish bo’lmaydi. Dinamik tizimda esa, vaqt o’tishi bilan xolat o’zgarib boradi.
Tashqi muxit bilan bo’ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo’lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muxit bilan aktiv aloqada bo’ladi. Yopiq tizimlarning unsurlari esa tashqi muxitdan ta’sirlanmaydi.
Iqtisodiy ob’ekt tizim sifatida, boshqarish tizimi.
Iqtisodiy obektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u xam quyidagi unsurlardan tashkil topgan bo’ladi(1.1-rasm).

  1. Boshqaruvchi sub’ekt

  2. Boshqariluvchi ob’ekt

Bu unsurlar o’rtasidagi aloqa xam katta axamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari, ularning bo’linmalari va xokazo). Boshqariluvchi ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga borsa, bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko’rsatmalar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga borsa, «teskari aloqa» deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va hakozo misol bo’la oladi.

Error: Reference source not foundError: Reference source not found

Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish