13.1 -rasm. Bulutli hisoblashning ishlash tamoylli
Bulutli hisoblash kontseptsiyasi o’z-o’zidan paydo bo’lgani yo’q, balki axborot texnologiyalarining so’nggi bir necha yillardagi rivolanishi va zamonaviy tijorat chaqirig’iga javob tariqasida natijasida paydo bo’ldi. Gartner (Gartner Group) tahlilchilari guruhi bulutli hisoblashni kelajakning eng istiqbolli strategik texnologiyasi deb atashdi va so’nggi 5-7 yillarda axborot texnologiyalarining katta qismi bulutga o’tishini bashorat qilishmoqda. Ularning baholashlaricha, 2015 yilda bulutli hisoblash bozorining hajmi 200 milliard dollarga yetgan.
Nisbatan yaqin davrlarda paydo bo‘lib, kompyuter tizimlari klassik modellaridan etarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim lahzalarda aynan o‘xshash tamoyillarda ish yuritadi. Oddiy holda tushuntirilganda, bunday texnologik echimlar o‘zining asosida axborotlar, dasturiy ta’minot yoki boshqa maxsus serverlardan foydalanishi va saqlanishi kompyuter xotirasidagi harakatlarni hamda yuklanishlarni yuzaga keltirmasdan amalga oshirishga imkon beradi. kompyuter xotirasidagi bulut xizmatlariga kirishni ta’minlovchi boshlang‘ich o‘rnatish mijoz dasturiy ta’minotidan foydalanadi.
Bulutli ma’lumotlar ombori (ingl. cloud computing shuningdek, “ma’lumotlarga bulutli (tarqoq) ishlov berish” atamasi ham qo‘llaniladi) deganda odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat ko‘rinishida taqdim etilishi tushuniladi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof” ko‘rinishda hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi uning masalalariga qanday kompyuter ishlov beryotganligi, bu qanday OT boshqaruvida amalga oshirayotganganligi kabi boshqa savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida ularga javob topish unga zarur bo‘lmaydi.
Ko‘p hollarda “bulut”ni ish yuritishida o‘xshashlik va umumiylikni topib “meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslashadi. Ammo “bulut”ni “meynfrem” tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqi mavjud, masalan, “bulut”ning hisoblash quvvatlari nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Ikkinchi tamoyiliy farqi, oddiy holda aytganda, meynfrem texnologiyasida terminallar ishga tushirilgan masala bilan foydalanuvchi o‘rtasida o‘zaro interfaol hamkorlik uchun xizmat qiladi, ”bulut”da esa terminalni o‘zi katta quvvatli hisoblash qurilmasi hisoblanadi va nafaqat oraliq axborotlarni to‘plab boruvchi vosita bo‘lib qolmasdan bevosita global tizimdagi hisoblash resurslarni boshqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Avval paydo bo‘lgan (jumladan, 1990 yillarda) ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-hisoblash bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega bo‘ldi. Dastlab bu yo‘nalish texnik vositadagi protsessorning foydalanilmay turgan resurslaridan unumli foydalanish uchun va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraldi. Bir qator loyihalar (GIMPS, distributed.net, SETI@home) hisoblashning bunday modeli etarlicha samarali ekanligini isbotlab berdi. Hozirgi kunda bunday texnologiyalar ahamiyatli hisoblash resurslari talab qilinadigan ilmiy, matematik masalalarni echish uchun keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, grid-hisoblashni tijorat maqsadlari uchun ham keng qo‘llash mumkin. Masalan, ular yordamida iqtisodiy prognozlash, seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish, vaksina va yangi dori-darmonlarni ishlab chiqish hamda o‘rganish bilan bog‘liq ba’zi bir mashshaqatli mehnat talab etuvchi masalalarda samarali qo‘llanilmoqda.
Haqiqatan ham, grid-hisoblash va bulut-hisoblash arxitekturasi hamda qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra ko‘pgina o‘xshash qirralarga ega. SHu bilan birga, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun etarlicha egiluvchan platformaga egaligi hisobiga bulutli hisolash modeli eng istiqbolli texnologiya hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir vaыtni щzida millinlab foydalanuvchi foydalanayotgan щng minglab ilova resurlarini ta’minlab beradi 6. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim7 yoki qo‘shimcha qurilmalarni sotib olish va sozlashni talab etuvchi boshqa serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushadigan korxonalar uchun qulay vosita hisoblanadi.
Xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra ko‘plab bulut xizmatlari (masalan, Google kompaniyasi taqdim etayotgan “Dokumentы”, “Kalendar” va boshqalar) o‘z navbatida keng tarqalish munosavbatiga ega hisoblanadi.
Bulutli texnologiyalarini foydalanishda uzluksiz mashhurlikka erishib boryotganligini sababi oddiy: ularni qo‘llashni turli-tumanligi va infratuzilishga, xizmat ko‘rsatish va xodimlarga qilinadigan xarajatlarni tejaydi. Apparat ta’minoti uzoqdagi ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va ma’lumotlarga ishlov berishni etarli darajada soddalashtirishi mumkin. Bunday muammolarning barchasi xizmatlar provayderi ziimasiga to‘liq tashlab qo‘yiladi.
Shuning bilan birga, bunday yondashuv korxona kompyuterlariga turli operatsion tazimlari (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham barcha operatsioe tizimlarni standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli texnologiya ofisda bo‘lmagan, ammo Internet orqali ulanish imkoniga ega xodimlar va mijoozlar uchun ham birdek kompaniya ma’lumotlariga kirishni ta’minlashni osonlashtirib beradi.
Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, foydalanish uchun ko‘plab qulayliklarga ega. Shu bilan birga, qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, mushohada qilib aniqlash mumkinki, uning bosh kamchiligi foydalanuvchining bu xizmatlarni etkazib beruvchiga to‘liq bog‘lanib qolish hisoblanadi. Haqiqatan ham, bulutli xizmatni yaratish tamoyiliga ko‘ra korxona (foydalanuvchi) faoliyati xizmatlar provayderi va Internet provayderining qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Bulutli hisoblashni etkazib beruvchilarning ishonchlilik darajasi ortib borayotgan bo‘lsada, ma’lumotlarni ishonchliligi va xavfsizlikni ta’minlash uchun kattagina harakat, masalan, dubllovchi alaqa kanallari, ularga o‘tish o‘tish uchun quvvatlovchiga ega bo‘lish va albatta, ma’lumotlarga kirish rad etib qolmasligi va xavfsizligi to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. SHuningdek, xizmatlar etkazib beruvchining serverlari qaysi davlatda joylashganligi ham katta ahamiyatga ega. Chunki barcha resurslarga kirish imkoniyati o‘sha davlatda yuritilayotgan tartib va siyosatga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat siri hisoblanadigan va xarbiy sohalarga taalluqli mahfiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biron-bir vakolatli tashkilot yoki muassasa tarqatilishi mumkin bo‘lmagan axborotlar bilan ishlashda mutlaq xavfsizlik ta’minlangan tizim sifatida sertifikat yoki guvohnoma bermaydi. Bu hozirgi kungacha echilmagan va har doim dolzarbligicha qoladigan muammo hisoblanadi.
Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalarida, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jad’al kirib bormoqda8. Ichki qurilgan tizimlarni joriy etish kompyuter protsessorlarini resurslar sarflanishini ro‘yxatga olish, intellektual datchiklar, avtomobil, maishiy texnika va shu kabi boshqa vositalarda joylashtirishga olib keldi. Bu qurilmalar ishlashi, ma’lumotlar to‘planishini boshqarish va kompyuter tarmog‘iga bog‘lanish vositasida interfaol imkoniyatlarni taqdim etishga imkon beradi.
Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulanish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Inter-net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows Embedded bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilishi uchun birgina bo‘g‘in – bulut texnologiyasining yaratilmaganligi edi 9.
Protsessor narxlarini tushib borishi natijasida foydalanishdagi umumiy kompyuterlar soni ortib bormoqda va shuningdek, o‘z navbatida ishlov beriladigan uzatilayotgan ma’lumotlar (ko‘p hollarda ayni damda) hajmi Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonini ortib borishiga parallel holda ortib bormoqda. Demak, yaqin istiqbolda buyumlar interneti va bulutli hisoblashlar ahamiyati yanada ortib boradi va ijtimoiy hamda iqtisodiy faoliyatga to‘liq kirib boradi deb mushoxada qilish isbot talab qilmaydigan fikr hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |