“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-71-
2. Zakladka - Matnning shu joyini bitta nom berib belgilab qo‘yish.
3. Dobavit perekrestnuyu ssilku – Sahifadagi matnning bir qismidan boshqa matn
qismiga tez o‘tishni o‘rnatish.
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-72-
7-Mavzu: ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH
TEXNOLOGIYALARI
Reja:
1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha
2. MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish
3. MS Excelda diagrammalar hosil qilish
Tayanch so‘z va iboralar: Jadval, Elektron , Excel, ishchi varaq, ustun, satr,
katakcha, diapazon, formula, murakkab formula,massivli formula, funksiya,
diagramma, summa, guruhlash, tartiblash, filtrlash.
1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha
Excel – bugungi kunda eng ommaviylashgan elektron jadvalli dasturdir.
Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar.
Uning yordamida turli ro„yxatlar, kataloglar va jadvallar yuritiladi, moliyaviy
va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so„rash natija-lari va savdo korxonasi
holati haqida ma‟lumotlar hisob-kitob qilinadi, ilmiy tadqiqotlar natijalari qayta
ishlanadi, uchyotlar yuritiladi.
Excel jadval ustunlari va satrlari bo„yicha yig„indini hisoblaydi, foizlarni, o„rta
arifmetiklarni hisoblaydi, unda turli standart funksiyalar - moliyaviy, matematik,
mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin.
Jadval – har bir element boshqa elementlarga nisbatan tutgan o„rni bilan
aniqlanadigan ma‟lumotlar majmuasidir.
Jadval bir necha ustunlar va qatorlardan iborat bo„lib, ular kesishgan joy
kataklardan iborat. Kataklarga, jadvalning bir katagini boshqa katakga bog„liqligini
aniqlaydigan belgilar , matnlar va formular yoziladi.
Elektron jadval – jadval shaklida ifodalangan ma‟lumotlarga ishlov berishga
mo„ljallangan amaliy dasturlar majmuasi. Elektron jadval bilan ishlash quyidagilarga
imkon beradi:
- xilma xil ma‟lumotlarni qulay shaklda taqdim qilish;
- jadval kataklaridagi yozuvlarni o„zgartirish;
- Vertikal va gorizontal yo„nalish bo„yicha raqamlar qiymatlarining yig„indisini
avtomatik tarzda hisoblash , kataklardagi yozuvlar o„zgarganda qayta
hisoblash;
- Argumentlari katakdagi yozuv bo„lgan funksiyalar qiymatini aniqlash.
Jadvallarni shakllantirish turlicha bo„lishi mumkin, ma‟lumotlarni formatlash
imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o„zgartirish,
alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma‟lumotlari
bo„yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo„shish mumkin.
Dasturning keyingi versiyalari juda keng imkoniyatlarga ega. Excel jadval
ma‟lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik
funksiyalarning o„zi ikki yuzdan ortiq.
Excel dasturida obyekt sifatida quyidagi elementlarni bilishimiz shart:
Do'stlaringiz bilan baham: |