Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma'lumotlar bazasi tamoyili bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotlar va hisobot shakllarini berishga yo’natirilgan bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborot-ma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi. Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. Shuning boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona rahbariyatiga turli ma’lumotlar va hisobot shakllarini berishga yo’natirilgan bo’ladi. Demak, boshqaruv tizimlari bir vaqtning o’zida axborot-ma’lumot tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimda so’rovlar odatda doimiy va reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam ravishda (har kuni har hafta va h.k) ishlov berish natijasida ma’lumot shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham xizmat ko’rsatadi. Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash operatsiyalari bilan bog'liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash (kasalliklarga tashhis qo'yish, uskunalarning nosozliklari sabablarini aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari asbobsozlik va mashinasozlik, radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |